Sektor masʼullarining sayyor qabullari davom etmoqda
Bugun yurtimizdagi barça hududlar singari Amudaryo tumanida ham “Inson manfaatlari har narsadan uluğ” degan ezgu ğoyani hayotga tatbiq etiş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Şu maqsadda joylarda sektorlar rahbarlari va masʼullari, tegişli muassasa va taşkilot rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar, aholi bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda.
24-fevral kuni tumanning Uyşin hamda Olmazor mahalla fuqarolar yiğinlarida navbatdagi sayyor qabul ötkazildi. Dastlab, Uyşin madaniyat markazida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov, 1-sektor kotibi Otabek Olloyorov, hamda tegişli taşkilot vakillari 30 nafarga yaqin fuqarolarni qabul qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan 10 dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Fuqarolar asosan tomorqalarni oqar suv bilan taʼminlaş, mahalla hududidagi ayrim köçalardan yöl çiqariş, şuningdek, mahalla hududida joylaşgan 47- hamda 75-sonli umumtaʼlim maktablarga qöşimça obʼektlar quriş masalasida murojaat qilişdi.
Murojaatlar sayyor qabul davomida qayd etib borildi hamda şu yerning özida ijrosi yuzasidan tegişli taşkilot vakillariga topşiriqlar berildi.
Şundan söng, Davlat kadastrlar palatasi Amudaryo tumani filiali xodimi Şerzod Sultonov tomonidan fuqarolarga onlayn auktsionda qatnaşib, yer oliş tartibi haqida tuşunçalar berildi.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, onlayn auktsionda iştirok etiş istagida bölgan şaxs yuridik yoki jismoniy şaxs sifatida savdo maydonçasi orqali röyxatdan ötişi talab etiladi. Röyxatdan ötgandan söng, uşbu fuqaroga savdo kabineti yaratiladi hamda auktsionga qöyigan köçmas mulk obʼektlari haqida fuqarolarga 30 kun oldin xabar beriladi. Mahalla fuqarolari soha masʼul xodimi tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida onlayn auktsionda qatnaşiş va dehqon xöjaligiga söljallangan yer uçastkalarini ijaraga oliş tartibi haqida batafsil maʼlumotga ega böldilar.
Kunning ikkinçi yarmida 1-sektor kotibi hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tegişli taşkilot masʼullari iştirokida Olmazor mahalla fuqarolar yiğini binosida sayyor qabul ötkazildi. Qabulda mahalla hududida istiqomat qiluvçi 20 ga yaqin fuqarolar qatnaşib, mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilişdi. Murojaatlar mazmuni mahalla hududidagi ayrim içki yöllarga toş yotqiziş, beton simyoğoçlar örnatiş, elektr tokini barça xonadonlarga teng yetkazib beruvçi yangi transformator örnatiş kabi masalalarda böldi.

Bundan taşqari, ota-onalar tomonidan maktabgaça taʼlim taşkilotiga farzandini qabul qiliş jarayoni keçikayotganligi, navbat yetib kelişi uzoq muddatga çözilayotganligi böyiça ham murojaatlar kelib tuşdi.
Barça masalalar qabul davomida qayd etilib, umumlaştirib borildi. Qabul yakunida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov tomonidan barça murojaatlar böyiça tegişli çoralar körilişi maʼlum qilinib, murojaatlar ijrosi yuzasidan şu yerning özida tegişli taşkilot masʼullariga topşiriqlar berilidi.
Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yilida faollik körsatiş faqat mahalla hududini, infratuzulmasini obod qiliş emas, balki şu mahallada yaşovçi aholinining ötayotgan har bir kunidan rozi bölişi va jamiyatda munosib örin egallaşi uçun munosib şaroitlar yaratişdan iboratdir. Tumanimiz böylab ötkazilayotgan sayyor qabullar uşbu masalalar ijrosini taʼminlaşda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
Tuman xokimliginig axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶