22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:47
Fan va taʼlim 👁 530

BIOLOGIYa FANLARI FALSAFA DOKTORI OʻZI OʻQIGAN MAKTABDA “MAHORAT DARSI” OʻTDI

BIOLOGIYa FANLARI FALSAFA DOKTORI OʻZI OʻQIGAN MAKTABDA “MAHORAT DARSI” OʻTDI

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim – tarbiya olib, oʻz orzulari yoʻlida olgʻa intilib, izlanib, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshayotganlar talaygina. Mangʻit shahrida tugʻilib voyaga yetgan Anvar Sherimbetov shularning biri. U 40-sonli maktabni tamomlab Toshkent Davlat Agrar universiteti Nukus filialiga oʻqishga kirdi. 2004-yilda ushbu oliygohning bakalavriat bosqichini tamomlab, Mangʻit shahridagi 38-sonli maktabda oʻqituvchilik faoliyatini boshladi. Oʻz sohasini chuqur egallash maqsadida magistratura bosqichida oʻqishini davom ettirdi.

 Toshkent Davlat Agrar universitetining magistratura bosqichida oʻqishi jarayonida Anvarda oʻz ixtisosligi boʻyicha chuqur bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borib, yangiliklar yaratish ishtiyoqi uygʻondi. Shu niyatda u magistraturani tamomlab, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti aspiranturasini ham tugatib, 2012-2016-yillarda institutda kichik ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritdi va dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2016-yildan hozirga qadar esa Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida ilmiy obʼekt kollektsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Oʻtgan yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida dotsent ilmiy unvonini oldi, biologiya fanlari falsafa doktori boʻldi.

 Mangʻitning ana shunday iqtidorli oʻgʻloni yaqinda tumanimizga tashrif buyurdi. Tashrifi chogʻida oʻzining doimiy odatiga koʻra taʼlim olgan 40-sonli maktabiga ham bordi. Bu yerdagi taʼlim – tarbiya jarayoni, xususan biologiya fanining oʻqitilishi ahvoli bilan qiziqdi.

 Maʼlumki, biologiya fanini yaxshi oʻrganish oʻquvchiga borliqni anglashga, oʻzini anglashga, atrofini qurshagan oʻsimliklar dunyosini anglashga yordam beradi va tabiatga oqilona munosabatda boʻlish hissini tarbiyalaydi. Yosh olim shuning uchun oʻzi oʻqigan maktab oʻquvchilariga biologiya fanidan “Mahorat darsi” oʻtdi va yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berdi. Albatta, nufuzli olim bilan boʻlgan dars oʻquvchilarga ulkan motivatsiyalar berdi.

 Ikkinchi dars – Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining biologiya fani oʻqituvchilari uchun “Mahorat darsi” boʻldi. Oʻtkazilgan dars, biologiya fani sohasidagi yangiliklar, fanni oʻquvchilarga oʻqitishda qoʻshimcha tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar oʻqituvchilar uchun ham juda qiziqarli boʻldi.Ular yosh olimning kasallangan qishloq xoʻjaligi ekinlariga tashhis qoʻyish, oʻsimliklarda kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar turlari tarkibini aniqlash, ularning tuzilishini, xususiyatlarini oʻrganish, kollektsiyada saqlash va ularni optimizatsiya qilish yoʻnalishida olib borayotgan ishlari haqida ham qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻldilar. Hindiston, Isroil, Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirib, olimlari bilan mustahkam ijodiy hamkorlik oʻrnatgan mangʻitlik olim bilan suhbat oʻquvchilarda ham, oʻqituvchilarda ham ulkan taassurotlar qoldirdi.

 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026