Tuman hokimi – 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev tomonidan sayyor qabul ötkazildi
Tuman hokimi – 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev aholi bilan yaqindan muloqotda böliş, mavjud muammolarni örganiş va ularning hal etilişiga kömaklaşiş maqsadida 18-fevral kuni Çoyköl ovul fuqarolar yiğini binosida sayyor qabul ötkazdi.
Sayyor qabulda 1-sektor hududiga biriktirilgan işçi guruhi aʼzolari, tuman Xalq qabulxonasi vakillari, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari hamda hududda istiqomat qiluvçi 20 nafardan ortiq fuqarolar iştirok etdi.
Yiğilişni tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov oçib berdi hamda joriy yil boşidan tuman Xalq qabulxonasiga 1-sektor hududida yaşovçi fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar va ularning ijrosi haqida söz yuritdi.
Şundan söng, sektor rahbari aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, bandligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar va 2022-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar haqida maʼlumotlar berdi. Bundan taşqari, mahalladagi hokim yordamçilari va yoşlar yetakçilariga yuklatilgan vazifalar haqida söz yuritib, bundan buyoğiga mahallalarda işlaş tizimi butunlay boşqaça bölişini, uşbu ikki lavozim egasi özlari biriktirilgan mahalladagi aholining yaşaş şaroitini yaxşilaşga, tadbirkorlik va işbilarmonlik qobiliyatlarini qöllab-quvvatlaşga birdek masʼul ekanligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohot va yangilanişlar avvalo aholi manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan.
Sayyor qabulda Davlat kadastrlar palatasi Amudaryo tumani filiali boşliği Şokirjon Davlatov tomonidan ye-auksion elektron savdo platformasi orqali dehqon xöjaligi, uy-joy hamda tadbirkorlik yerlarini sotib oliş tartibi haqida tuşunçalar berildi.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, onlayn auktsionda iştirok etiş istagida bölgan şaxs yuridik yoki jismoniy şaxs sifatida savdo maydonçasi orqali röyxatdan ötişi talab etiladi. Röyxatdan ötgandan söng, uşbu fuqaroga savdo kabineti yaratiladi. Auktsionga qöyilgan har bir köçmas mulk haqida 30 kun oldin habar beriladi.
Fuqarolarga imtiyozli kredit oliş tartibi haqida Mikrokreditbank tuman bölimi masʼullari tomonidan keng tarzda maʼlumot berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi qaroriga asosan 2022−2024-yillarda maxsus öquv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qölga kiritgan yoşlarga 540 mln sömgaça kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasida, 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga ajratiladi.
Yoşlar keltirilgan maʼlumotlar asosida imtiyozli kredit oliş şartlari bilan yaqindan tanişdilar.
Şundan söng sektor rahbariga fuqarolardan bir qança murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlar mazmuni ovul hududidagi baʼzi köçalarga toş yotqiziş, elektr kuçlanişi past bölganligi uçun yangi transformator va beton simyoğoçlar örnatiş, kantrakt tölovining bir qismini tölab berilişida amaliy yordam hamda Çoyköl ovuli hududidan yangi yöl çiqariş kabi masalalarda böldi.
Sektor rahbari barça masalalarni birma bir örgandi. Yangi yöl çiqariş masalasi böyiça masʼul taşkilot vakillariga topşiriqlar berildi.
Muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan esa tegişli soha mutasaddilariga körsatmalar berilib, tez kunda hal etilişiga kelişib olindi.
Tumanimiz böylab ötkazilayotgan sayyor qabullar davlat organlari va fuqarolar örtasida mustahkam köprik bölibgina qolmasdan, aholining hukumat rahbarlariga va davlat idoralariga bölgan işoçining yanada mustahkamlanişiga sabab bölmoqda.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶