“Mahalla“ yangiliklari
Eng namunali "Ota-onalar universiteti”
Joriy yilning 26-avgust kuni tumandagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida "Fuqarolar yiğinlari huzuridagi eng namunali "Ota-onalar universiteti” körik tanlovi bölib ötdi. Tanlovga 47 ta fuqarolar yiğinlari huzurida taşkil etilgan "Ota-onalar universiteti” aʼzolari faol iştirok etdilar.
"Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qömitasi, Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi, Örta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari, Tibbiyot birlaşmasi, Madaniyat va sport işlari bölimi, Maʼnaviyat - tarğibot markazi, "Soğlom avlod uçun” jamğarmasi mutaxassislari hamda keng jamoatçilik vakillaridan iborat taşkiliy işçi guruh tarkibi şakllantirildi va ikki bosqiçda Universitet tomonidan fuqarolar yiğinida oilalarni mustahkamlaş va barqarorligini taʼminlaş, farzand tarbiyasi ilmini egallaşda ota-onalarga yordam körsatiş, oilada psixologik muhitni taʼminlaş, oilalarda oila aʼzolarining öz soğligi töğrisida qayğuriş tuyğusini şakllantiriş hamda ota-onalarning yoş avlodni tarbiyalaş böyiça huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oşiriş borasida amalga oşirilgan işlari, erişilgan ijobiy natijalar hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Natijalarga köra "Ayoqçi” mahalla fuqarolar yiğini huzurida taşkil etilgan universitet "Eng namunali ota-onalar universiteti” deb topildi va faxrli 1-örinni, "Bosuv” mahalla fuqarolar yiğini huzuridagi universitet 2-örinni, "Toryop” mahalla fuqarolar yiğinlari huzurida taşkil etilgan universitet 3-örinni egalladi hamda "Mahalla” xayriya jamoat fondining "Faxriy yorliği” va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Eng namunali yaraştiriş komissiyasi
Joriy yilning 26-avgust kuni «Fuqarolar yiğinlarining eng namunali yaraştiriş komissiyasi» tanlovi bölib ötdi. "Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Içki işlar bölimi, Xotin-qizlar qömitasi, "Nuroniy” jamğarmasi, "Kamolot” YoIH, "Yusuf Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar vakillaridan tuzilgan tuman taşkiliy işçi guruhi tomonidan belgilangan 10 ta yönalişlar asosidagi hujjatlar örganib çiqildi va har bir yönaliş 5 ballik, jami 50 ballik tizimda baholandi. Tanlovda "Toş qalʼa” mahalla fuqarolar yiğinining Yaraştiriş komissiyasi 1-örinni, "Beştom” mahalla fuqarolar yiğinining Yaraştiriş komissiyasi 2-örinni, "Xitoy” ovul fuqarolar yiğini Yaraştiriş komissiyasi 3-örinni egalladilar hamda maxsus diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶