NAVBATDAGI SIYoSIY-MAʼRIFAT SOATI BÖLIB ÖTDI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi hamda Davlat boşqaruvi akademiyasi hamkorligida har haftaning juma kuni Respublikamizdagi barça Vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahri, şuningdek, barça tuman, şahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlariga onlayn tarzda ciyosiy-maʼrifat soati ötkazib kelinmoqda.
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida 11-fevral kuni hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, tumanimizda faoliyat yuritayotgan korxona, taşkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham navbatdagi siyosiy-maʼrifat soatida iştirok etişdi.
Kun tartibida buyuk şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boşqaruvi sohasidagi islohotlari, şuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan, mahallalarda iş örinlari yaratiş va oilalar daromadini köpaytirişning yangi tizimi haqida söz yuritilib hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Siyosiy-maʼrifat soatida dastlab yurtimizda va xorijda röy berayotgan voqealar bilan taniştirib ötildi.
Şundan söng Davlat boşqaruv akademiyasi professori Mansur Bekmuradovning Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boşqaruvi sohasidagi islohotlariga bağişlangan maʼruzasi tinglandi.
Maʼruzada Zahiriddan Muhammad Bobur dunyo tarixida öziga xos iz qoldirgan va buyuk imperiyalar tuza olgan 7 ta uluğ hukumdorlar qatoriga kirişi, Bobur imperiyasi 350-yildan ortiq vaqt davom etganligi bilan insoniyat tarixida eng uzoq hukum surgan davlat sifatida ajralib turişi qayd etildi.
Şuningdek, Boburning hind xalqini birlaştiriş yölidagi harakatlari, qaraşlari va etiqodlari turliça bölgan fuqarolar örtasida tinçlikni saqlaş va mustahkamlaş, soliq böyiça ötkazgan islohatlari, harbiy yurişlari, bugungi kun rahbarlariga örnak böla oluvçi fazilatlari haqida maʼlumot berildi.
Şundan söng mahallalarda iş örinlarini yaratiş va oilalar daromadini köpaytirişning yangi tizimi böyiça, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi interaktiv xizmatlarini rivojlantiriş şöbasi mudiri Şerzod Atajanovning taqdimoti namoyiş etildi.
Taqdimotda 2022-yil mobaynida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholining iş bilan taʼminlanişi, hunarmandçilikni rivojlantiriş dasturlari hamda hokim yordamçilarining mahallabay va xonadonbay işlaşda eʼtibor qaratişi lozim bölgan jihatlar yoritib berildi.
Şuningdek, siyosiy-maʼrifat soatida Adliya vazirligi boş mutaxassisi Dilmurod Rajapov tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida keng tarzda maʼlumotlar berildi.
Har hafta ötkaziladigan siyosiy-maʼrifat soatlarida tumanimizdagi rahbar xodimlar, tegişli taşkilot vakillari ham qatnaşib haftaning eng dolzarb yangiliklari, yangi qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan muntazam ravişda tanişib boradilar.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶