PAXTAÇILIK – TÖQIMAÇILIK KLASTERI FAOLIYaTI KENGAYMOQDA
1. Mamlakatimizda Özbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining “Paxta töqimaçilik işlab çiqarişlarini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq fermer xöjaliklari, qişloq xöjaligining boşqa sanoat korxonalari örtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega zamonaviy töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etişni rağbatlantiriş va qişloq aholisining bandligini oşiriş maqsadida hududlarda paxta töqimaçilik işlab çiqarişlarini taşkil etişning klaster şakllarini keng joriy etiş belgilangan edi. Şunga muvofiq Amudaryo tumanida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida 2019-yilda paxtaçilik-töqimaçilik klasteri taşkil etildi. Ötgan uç yil mobaynida klaster bilan şartnoma tuzgan fermer xöjaliklarida paxta xomaşyosini yetiştiriş xarajatlari öz vaqtida taʼminlanayotgani tufayli barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilib, natijada paxta dalalaridan möl hosil töplanib, konraktatsiya şartnomalari ortiği bilan bajarilmoqda. Hosildorlik ortişiga erişilmoqda.
Ayni kunda uşbu korxonada 900 nafarga yaqin odam doimiy iş bilan band.
Korxonada 2020-yilda paxta tolasini qayta işlaşdan 7,1 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. 2021-yilda esa eksport hajmini 8 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan edi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentyabrdagi Qaroriga muvofiq Oq oltin ovulida faoliyat yuritib turgan “Amudaryo paxta tozalaş zavodi” ham beş yil muddatda bölib tölaş şarti bilan klaster tomonidan sotib olindi va bu loyiha böyiça 82,5 milliard sömlik modernizatsiyalaş işlarini olib boriş, 40 ming tonna paxtani 60 kunda qayta işlaş quvvatiga yetkaziş rejalaştirilgan. Ayni kunlarda bu borada taşkiliy va amaliy işlar olib borilmoqda.
Paxtaçilik-töqimaçilik klasteri fermer xöjaliklarida işlarni taşkil etişning ilğor agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qiliş, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalaniş böyiça ijobiy natijalarni taʼminlaşga intiladi. Yerlarni ekişga tayyorlaşdan tortib, yetiştirilgan hosilni yiğib-terib topşirişgaça bölgan barça işlar uçun öz vaqtida mablağ yetkazib beradi. Fermer xöjaliklaridan qabul qilib olingan paxta xomaşyosi Oq oltin ovulidagi paxta tozalaş zavodida qayta işlanib, Manğit şahridagi korxonada ipga aylantiriladi. Hozirgi kunda paxta tolasidan tayyorlanayotgan kalava ip mahsulotining asosiy qismi Xitoyga eksport qilinayapti.
Korxonada işçilarning unumli işlaşlari, mahsulot sifatli bölişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Xususan iş dastgohlari, barça texnologiyalar soz işlaşiga erişilayapti. Iş uç smenada taşkil etilgan bölib, barça smenadagi işçilar ham issiq ovqat bilan taʼminlangan, oylik maoşlari öz vaqtida hisob-kitob qilib borilayapti. Ustoz-şogird anʼanasi asosida yangi işga kelganlar tajribali işçilarga biriktirilib qöyiladi va malakasi oşiriladi.
Masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxtaçilik-töqimaçilik klasteri paxtani ekişdan tortib, to yetiştirilgan hosilni qayta işlaş, qayta işlangan toladan kalava ip yigiriş kabi jarayonlarni töliq qamrab olgani va bu jarayonda mingga yaqin yurtdoşlarimizning bandligini taʼminlab, iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qöşayotgani bilan ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶