BAXTLI KUNLAR ÖZ-ÖZIDAN KELMAGAN
Mustaqillik… sen bulutlarni yorib çiqqan quyoşsan, qança-qança bobokalonlarimizning könglidagi asriy armon, asriy orzusan!
Haqiqatan, mustaqillik bizning qadr-qimmatimizni, milliyligimizni va muxtasar qilib aytganda, özligimizni qaytarib bergan uluğ neʼmatdir.
Mustaqillik töğrisida söz ketganida: mustaqillik bizga nima berdi? keça kim edig-u bugun kim böldik? kabi savollar xayolimizni çulğab oladi. Beşak, mustaqillik bizga erkin nafas va yangi farovon hayot ato yetdi. Yaqin ötmişga nazar soladigan bölsak, bizning xalqimiz tahqirlangan, insoniy şaʼni va qadr-qimmati toptalgan, Respublikamiz agrar va qoloq hudud edi. Bugun esa har tomonlama rivojlangan, har bir soha taraqqiy topgan, barkamol farzandlari iqtidorlari bilan dunyoni lol qoldirayotgan, yuksak maʼnaviyatli, hur millatga aylandik. Istiqlolga erişişimiz natijasi ölaroq, asrlar silsilasida öz mahobatini yöqotmay kelayotgan muqaddas qadamjolarimiz, masjid-u madrasalarimiz qayta böy tikladi. Yurtimizga kelayotgan sayyohlarning soni kundan-kunga ortib borayotganligi buning yorqin misolidir.
Bugun Özbekistonimiz mustaqilligi yigirma uç yoşda. Mana şu qisqa fursat içida ona xalqimizning moddiy va maʼnaviy ahvoli tubdan özgarib ketdi. Yurtimiz jamoli tanib bölmas darajada çiroy oçib, bugun dunyo ahli havas qilgulik darajada yuksalib bormoqda. Albatta, bu özgarişlar, bu yuksalişlar zamirida istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar yotadi.
Ayniqsa biz yoşlarga qaratilayotgan eʼtiborni körib, qalblarimiz faxru-iftixorga töladi. Çunki istiqlolning ilk kunlaridan boşlab yoşlarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarildi. Öquv maskanlarimizdagi zamon talablariga töliq javob beradigan, yoruğ va şinam xonalarimiz, barça talablarga javob beradigan qançadan-qança öquv laboratoriya xonalari va sport zallari, biz yoşlarning ilm olişga qançalik ğamxörliklar qilinayotganini körsatib turibdi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning Özbekiston respublikasi mustaqilligining yigirma uç yilligiga bağişlangan tantanali marosimidagi tabrigini tinglab, töğrisini aytsam, közimdan yoş çiqib ketdi. Davlatimiz rahbari biz yoşlarga şunday bir işonç bilan, şunday bir ğurur bilan murojaat qilayaptilarki, mening ham könglimda mana şunday ozod elning farzandi ekanligimdan faxrlaniş, iftixor tuyğulari jöş urdi.
Prezidentimizning:
-Aziz bolalarim!
Mening farzandlarim bölmiş butun Özbekiston yoşlariga qalbimda, yuragimda bölgan fikrni aytmoqçiman: har qaçon sizlar bilan uçraşganda, sizlarning yonib turgan közlaringizni, navqiron qaddi-qomatingizni, sizlar erişayotgan yutuqlarni kuzatganda, köpçilik qatori men ham özimda xuddiki qanot paydo bölgandek his qilaman.
Sizlar qayerda, qaysi sohada bölmasin-bilim oliş, ilmu-hunar çöqqilarini egallaş, eng zamonaviy kasb-hunarlarni özlaştiriş, biznes sohasini rivojlantirişda, sport maydonlarida Özbekistonning şuhratini tarannum yetişda barçaga namuna bölayotganingiz, sözsiz hammamizni quvontiradi, - dyeya işonç bildirgani hurmat va ehtirom bilan, işonç va samimiyat bilan alqaganliklarini körib qalbim yorişib ketdi. Mana şunday öylar mendan boşqa yana neça-neça özbekistonlik yoşlarning könglidan ötgan bölsa ajab yemas. Sobiq ittifoq hukmron bölgan öşa yillarda, hali ona suti oğzidan ketmagan gödaklarning qahraton qişda sovuq qorlarni keçib paxta terganliklarini, ularning ayni öqib ilm oladigan pallalari mana şunday qora mehnatda, paykallarda keçganini öylasam,bugungi kunimizning qadrini teranroq anglaganday bölaman. Har qadamimda, har nafasimda. Va şu barobarida farzandlik burçimni, bunday dorilomon kunlar öz-özidan kelmaganini ham. Bizga ana şunday uluğ baxtni ato etgan eng uluğ, eng aziz bayramimiz muborak bölsin, azizlar!
Aziza MADRAHIMOVA,
Manğit şahridagi Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-bosqiç öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶