14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:56
Iqtisodiyot 👁 216

OʻzLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

OʻzLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Amudaryo tumani Kengashi tomonidan partiya elektoratini qoʻllab-quvvatlash, partiyaning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ayni kundagi olib borayotgan faoliyati haqida xabardor qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 2-fevralida partiya tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakov Qilichboy ovulida boʻldi va ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov bilan hududdagi tadbirkorlik subʼektlari bilan uchrashdi, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

Dastlab masʼullar tadbirkor Joʻshqin Jumamurodovning ishlari bilan tanishdilar. U shifer, tunukafon mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga maishiy texnikalar bilan savdo qiluvchi doʻkon faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan, yaʼni oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni oʻz doʻkonlarida sotadilar. Bu bilan tadbirkor 8 nafar hamqishlogʻini ish bilan taʼminladi.

Hududdagi yana bir tadbirkor Dilbar Begmurodova non va non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan  shugʻullanadi. Ovuldagi barcha oshxonalar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, aholini issiq va xushtaʼm non, buxanka, patir kabi nonlar va non mahsulotlari bilan taʼminlayotgan tadbirkorning ham, u jalb etgan yordamchilarning ham qoʻli-qoʻliga tegmaydi. Buyurtmalar ham shunga yarasha boʻlayapti.

Nonvoyxona faoliyati bilan tanishgan masʼullar tadbirkorga faoliyatini kengaytirishi mumkinligi, buning uchun imtiyozli kreditlar mavjudligi, tadbirkorlik qilib xalqimizning koriga yarab kelayotganlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirdilar, partiyaning tuman Kengashi ularni doimo qoʻllab-quvvatlashini bildirdilar.

Hududdagi yana bir tadbirkor Qoʻchqorboy Norimov oʻz tomorqasida issiqxona tashkil etib, qishda ham yoz neʼmatlarini yetishtirayapti. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakov, ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirovlar issiqxonada ayni kunda barra piyoz yetishtirilib, bozorlarimizga  chiqarilayotgani, bu bilan tomorqachi el dasturxoni toʻkinligiga munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidlashdi.

Yetishtirilgan hosil sotib boʻlingach, oʻrniga hozirda uy sharoitida ekib qoʻyilgan ertagi sabzavotlar koʻchirib oʻtqaziladi va parvarish qilinadi. Issiqxona faoliyati bilan tanishgan odam agar xohish boʻlsa, mehnat qilinsa, issiqxona ulkan daromad manba ekanligini anglaydi. Chunki issiqxonada yetishtiriladigan bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri kabi ertagi ekinlar koʻchatlariga doimo xaridor topiladi. Bu bilan tadbirkor oʻz oilasi farovonligini taʼminlabgina qolmay, bozorlarimiz toʻkinligiga ham munosib hissa qoʻshadi.

Tadbirkor – yurtimizga madadkor, degan ibora bejiz aytilmagan. Oʻz mehnatlari bilan oʻzlarining turmushini obod etib, yurtimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qoʻshayotgan ishbilarmonlar tumanimizda koʻp. Ularga munosib sharoitlar yaratish, qoʻllab-quvvatlash, yanada ulkan marralarga ragʻbatlantirishda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi doimo bosh-qosh boʻlmoqda.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019