TOKSOPLAZMOZ – PARAZITAR KASALLIK
Toksoplazmoz – odam, hayvon va parrandalarda uçraydigan infektsion parazitar kasallik bölib, uni bir hujayrali sodda hayvon – toksoplazmalar qözğatadi. Kasallik manbai, asosan, muşuklar, itlar va toksoplazmoz bilan oğrigan bemor hisoblanadi; ularning sölagi, siydigi, najasi, suti, burun şilimşiği orqali kasallik qözğatuvçilari tarqaladi.
Toksoplazmalar odamga ovqat mahsulotlari, yaʼni xom tuxum, pişirilmagan sut, xom göşt kabilar orqali, kasal hayvonlar bilan muloqotda yuqişi mumkin. Uy şaroitida, ayniqsa, ayollar qiyma taʼmini tatib körganida ham toksoplazma yuqadi. Toksoplazma terining şilliq pardasiga tuşişi, transmissiv va boşqa yöllar bilan yuqişi mumkin. Odam tanasiga tuşgan toksoplazma qon tomirlar orqali içki aʼzolar zararlanişiga sabab böladi.
Orttirilgan va tuğma toksoplazmoz alohida belgilarga ega. Orttirilgan toksoplazmoz ötkir va surunkali keçadi. Ötkir toksoplazmozda bemor isitmalaydi, boşi, muşaklari oğriydi. Limfa bezlari, köz, teri, miya qobiqlari va içki aʼzolariga putur yetadi. Surunkali toksoplazmoz yillab çözilişi mumkin. Bunda bemorning harorati yuqori böladi, boşi oğriydi, quvvatsizlik, asabiylaşiş kuzatiladi. Köriş, xotira va iş qobiliyati pasayadi. Jigar, taloq va limfa bezlari şişadi. Miokardit, gepatit, zotiljam yuzaga kelişi mumkin. Tuğma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan qon orqali homilaga ötadi. Toksoplazmoz homilaga dastlabki oylarida yuqsa, bola tuşadi yoki ölik, majruh bölib tuğiladi.
Kasallikning oldini oliş uçun kasal uy hayvonlarini aniqlaş va ularni ajratib qöyiş, bolalarni it, muşuk bilan öynaşlariga yöl qöymaslik lozim. Isteʼmol qilinadigan tuxum, sut va göşt mahsulotlarini, albatta, yaxşilab pişiriş yoki qaynatiş kerak.
T.ATAMURODOV, tuman SEO va JSB Parazitologiya bölimi mudiri.
I.XOLMURODOVA, entomolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶