12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:56
Adabiyot 👁 335

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Virusni yengamiz

Butun jahon ahli, yana hayratda,

Dunyoda nimalar, nelar bölmoqda?

Quloq eşitmagan, közlar körmagan,

Bizga yana qanday sinov kelmoqda?

 

Öz kuçin körsatib “koronavirus“,

Uçinçi yildirki, yer yuzin oldi.

Niqoblarni endi taşladik desak,

“Omikron” degan balo çang soldi.

 

Kimlar amal qilmay qoidalarga,

Köplar har xil joyda bemalol yurdi,

Yaratganning qahri keldimikan yo,

Bizga bu kunlarni nega köp kördi?

 

Öttiz kişilik töy uç yuzta böldi,

Bayram, bazm, töylar öşa-öşa hol.

Bozorda, köçada, gavjum joylarda,

Parvo qilmay yurdi barça bemalol.

 

Maktablar oçildi, boğça oçildi,

U kun unutildi, hamma köngli töq.

“Kovid” yonimizda kezib yuribdi,

Birorta insonda lekin niqob yöq.

 

Kimlar çetga ketib, kimlardir keldi,

Tirikçilik ğami, hammada axir.

Xom sut emgan banda, bilmaydi buni,

“Virus” kimga, qaçon qiladi qahr.

 

Mehr-oqibat yöq joylarga asli,

Alloh yuborarkan kulfat-balosin.

Insofli, iymonli bandasi qator,

Doim saqlar emiş yaxşi – aʼlosin.

 

Odamlar, uyğoning! Ğaflatda qolmang,

Kimning avlodimiz, barin bilamiz.

Barçamiz bir bölib, kuraşsak albat,

Ğalaba qilamiz, ğolib bölamiz.

Şomurod Xöjanov, Dörman ovuli.

 

YIGITLARGA TABRIK

Haqiqiy er yigit bölmoqlik uçun,

Kamdir öğil bola bölib tuğilmoq.

Kerak sinovlarga doş berib avval,

Söng Vatan xizmatin burçim deb bilmoq.

 

Bugun yurtimiz tinç, köngil xotirjam,

Dilda şukrimizning yöq nihoyasi.

Bularning bariga garovdir şaksiz,

Sarhadlarda mard öğlonlar himoyasi.

 

Yigit bor joylarda boğlar gullaydi,

Yigit bor uylarda yangraydi kulgu.

Şu sabab keksalar könglida muqim,

Yigitlar soğ bölsin degan bir tuyğu.

 

Qut va barakaning sababi ular,

Mehnati tufayli dasturxon tökin.

Kamolin tilagan ota-onaga,

Ularning mardligi beradi taskin.

 

Bayramingiz qutluğ bölsin, yigitlar,

Eng ezgu tilaklar armuğon sizga.

Elning baxti uçun qöşilsin doim,

Bilimga bilim-u, kuç kuçingizga!

Ahmad Nafasov.

 

Ota-onam

Otam bor, deb quvonaman,

Otam bilan dunyo gözal.

Onam bor deb dilim yayrar,

Onam bilan qalbim gözal.

 

Ğam çekmayman, ökinmayman,

Suyançiğim – otam bor.

Mehr izlab, yöl yurmayman,

Mehri daryo onam bor.

 

Gar yiqilsam, qoyaday,

Otam meni suyaydi,

Goho könglim singanda,

Onajonim siylaydi.

 

Şu tabarruk dunyoda,

Ota-onam soğ bölsin.

Umrin qilgin ziyoda,

Allohim, Hoji bölsin!

Elyorbek Erkinov,

57-maktab öquvçisi.

 

ŞAMOL

Şamolning dardi yöq, dardi yöq,

Odammas u, heç kimni soğinmaydi.

Şamolning ğami yöq, zavqi köp,

U hissiz, baxtli va mangu yaşaydi!

 

“Şamol, kel, meni ham olib ket,

Men ham sendek bölgim keladi”.

Şunday desam, unga yuzlanib,

Tuşunganday yuzim siladi.

 

Şamol bölmoq baxt va zavqli,

Yer-u osmon va olam kezasan!

Na çegara bor, na bir tösiq bor.

Ey şamol, istagim qaçon sezasan?!

 

Men sevaman seni, sevaman behad,

Men bilan qolsang gar, keladi ilhom.

Öşal dam bölgança özimça xursand,

Oppoq qoğoz uzra aşʼor bölar jam.

Raʼno ISMOILOVA.

 

Birinçi qor

Osmondan tuşar ukpar,

Kumuşrang kapalak qor.

Hamma yoq oppoq rangda,

Boğ-roğlarga qarang-a!

 

Hamma xursand, hamma şod,

Bolalar qor bilan band.

Ularni körgan hamma,

Köngli toşar şu damda.

 

Qor zavqi boşqaçadir,

Öynab-öynab töymaysan.

Qiş yasar kumuşrang taxt,

Har dilga yor quvonç, baxt.

Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-maktab öquvçisi.

 

Qiş

Sovuq ayoz bölmoqda,

Qor ham yoğar erkalab.

Ariqlar ham muzlagan,

Ayt, bu nimadan darak?

 

Bölsa-da sovuq havo,

Bolajonlar köçada.

Kimdir uçar çanada,

Kimdir yasar Qorbobo.

 

Ayozli kunlar keldi,

Derazaga gul çizdi.

Dalalar oppoq tusda,

Öynaymiz, mazza qişda.

Ruhşona Saidmambetova, 61-sonli maktab öquvçisi.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026