Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi 45-sessiyasi töğrisida axborot
2022-yil 21-yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi 45-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Kengaşi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari masʼullari, bölimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiyani tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev kiriş sözi bilan oçdi va olib bordi.
Sessiyada dastlab tuman darajasidagi davlat organlari va taşkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qöllaş amaliyoti holatini örganiş töğrisida tuman Adliya bölimi boşliği Möminjon Matyusupovning axboroti tinglandi.
Axborotda keltirilişiça, idora va taşkilot rahbarlari fuqarolarning murojaatlari bilan işlaşda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilişda yöl qöyilgan qonunbuziliş holatlari sababli tuman Adliya bölimi tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortiş yuzasidan 2021-yilda 12 ta taklif berilgan.
Bölim tomonidan 2021-yil davomida jami 65 ta idora va taşkilotlarda 21 ta örganiş va 47 ta monitoringlar ötkazilgan. Eʼtiborlisi, ötkazilgan örganiş va monitoringlar davomida jami 7830 ta qonun buziliş holatlari aniqlangan.
Şundan söng “Sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qiliş hamda odil sudlovni amalga oşirişga doir 2021-yildagi faoliyati töğrisida”gi masala körib çiqildi. Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Örazbayev kun tartibidagi masala böyiça axborot berdi.
Axborotda ötgan yil davomida körib çiqilgan jinoyat işlari va huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Şuningdek sessiya işida “Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yil davomida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar va hududdagi taşkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan işlaş holati yuzasidan axboroti töğrisida”gi masala ham körib çiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapovning axboroti tinglandi.
Axborotda qayd etilganidek, 2021-yil davomida tuman Xalq qabulxonasiga aholidan kelib tuşgan 1 ming 10 ta murojaatlarning 834 tasi, yaʼni 82,6 foizi ijobiy hal qilingan.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tumandagi 18-sonli maktab direktorligi lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça tavsiya qilingan nomzodga kelişim beriş töğrisidagi masala körib çiqildi.
Deputatlar nomzod Yeşbayeva Surayyo Ziyatbayevaning maktabda taʼlim sifati va samaradorligini oşiriş borasida kelgusi 3-yilda amalga oşirişni rejalaştirgan dasturi bilan tanişdilar. Şundan söng oçiq ovoz beriş yöli bilan nomzodga kelişim beriş töğrisidagi masala böyiça qaror qabul qilindi va nomzod Surayyo Yeşboyeva 18-sonli maktab direktori lavozimiga tayinlandi.
Bundan taşqari, sessiya işida Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶