Amudaryo tumaniga şu kungaça jami 7 turdagi 211 ming 398 doza vaktsinalar olib kelingan
Dunyoda koronavirus bilan boğliq vaziyat yanada murakkablaşmoqda. Ayni paytda COVID-19ning yangi “omikron” ştammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarini yuzaga keltirmoqda. Yurtimizda ham koronavirusning “omikron” ştammi aniqlangani sababli şu kunlarda Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etiş ustidan nazorat kuçaytirilmoqda. Aholini COVID-19 infektsiyasiga qarşi vaktsina bilan emlaş jarayonlari butun respublikamizda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham qizğin tarzda olib borilmoqda.
Karantin qoidalariga töliq rioya etiş, vaktsina bilan emlanişning afzalliklari xususida asosan tuman Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlari keng turda taşkil etilib, tuşunçalar berilmoqda va belgilangan yoşdagi fuqarolar emlanişga jalb etilmoqda.
Bugungi kunda uşbu taşkilotning 8 ta bölinmasida 96 nafar xodim mehnat qilib kelmoqda. Bölimda vaktsinalarni saqlaş uçun omborxona mavjud bölib, sovutgiçlar va muzlatkiçlar bilan taʼminlangan. Vaktsinalarni olib keliş va emlaş punktlariga yetkaziş uçun alohida avtomaşina ajratilgan. Elektr energiyasida uzilişlar bölgan paytda taʼminotning uzluksiz işlaşi uçun maxsus generator mavjud.
Emlaş işlari asosan tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köptarmoqli markaziy poliklinkada taşkil etilgan. Şu bilan birga aholining köp qismini qamrab oliş maqsadida ovullardagi tibbiyot maskanlarida ham emlaş jarayonlari davom ettirilmoqda. Kasallikdan himoyalanişning eng samarali vositasi emlaniş ekanligini töğri anglab yetgan fuqarolar ham bu jarayonlarda faol iştirok etişmoqda.
Qangli va Qipçoq ovullaridagi aholi ham öz hududlaridagi tibbiyot maskanlariga kelib, tibbiy körikdan ötişmoqda va vaktsinalarning barça dozalarini öz vaqtda qabul qilişmoqda. Tarğibot-taşviqot işlari natijasida yetarli maʼlumotlarga ega bölgan ovul fuqarolari öz salomatligiga eʼtibor bilan qarab, koronavirusga qarşi emlaniş bilan birga karantin qoidalariga ham rioya etişmoqda.
Şu kungaça tumanimizga 7 turdagi jami 211 ming 398 doza vaktsinalar olib kelingan bölib, birinçi doza bilan 104 ming 92nafar, ikkinçi doza bilan 69 ming 836 nafar, uçinçi doza bilan 34 ming 543 nafar fuqarolar emlandi. Emlangan aholi organizmida hosil bölgan immunitet tarangligini oşiriş uçun emlanganiga 6 oy bölgan fuqarolarining 1 ming 74 nafari buster doza bilan emlandi.
Barça emlaş punktlari, oilaviy poliklinika va tuman Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari tomonidan kasallikdan himoyalanişda emlaniş, yaʼni ommaviy immunitetni hosil qiliş, şu bilan birgalikda ijtimoiy masofani saqlaş, niqobda yuriş, antiseptik vositalardan töğri foydalaniş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş kasallikdan saqlanişning asosiy usullari ekanligi töğrisida tarğibot-taşviqot işlari olib bormoqda.
Karantin qoidalariga amal qiliş orqali virusning keng tarqalişiga çek qöyiş mumkin. Ammo bu bilan koronavirus infektsiyasini töxtatib bölmaydi. COVID-19 infektsiyasiga qarşi kuraşiş va uning tarqalişining oldini olişning eng samarali yöli infektsiyaga qarşi vaktsina bilan emlanişdir.
Yurtimizning har bir fuqarosi özi va yaqinlarini koronavirus infektsiyasidan asraş uçun qayta-qayta taʼkidlanayotgan va talab etilayotgan karantin qoidalariga rioya etişi kerak. Antiseptik va gigiyenik vositalardan muntazam ravişda foydalanilsa, infektsiya yuqişidan himoyalaniş mumkin. Bu bilan har kim özi va oilasidagilarning koronavirus infektsiyasi bilan zararlanişining oldini olişga erişadi. Eng muhimi, karantin qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, şu bilan birga kasallikka qarşi töliq emlaniş zarurligini unutmaslik lozim.
G.Tajiboyeva, tuman SEOva JSB Epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶