Iqtidorli qiz
Koʻrinishidan kichkintoygina, dunyoga hayrat ila boqib turgan koʻzlari qop-qora maʼsuma qizaloqning nimalarga qodir ekanligini bilsangiz, beixtiyor "iloyim, yomon koʻzdan asrasin”, deb yuborasiz.
Ha, u odamni hayratga soluvchi, havasini kelti-ruvchi iqtidorga ega.
Yosh boʻlishiga qaramay, u oʻzi tarbiyalangan 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ingliz tili toʻgaragiga faol qatnashib, til oʻrganishga sidqidildan harakat qilgani uchun ingliz tilida muomalaga kirisha oladi, oilasi, tarbiyalangan bogʻchasi, dugonalari haqida hikoya qilib bera oladi.
Shuningdek rasm chizishga ham qiziqadi. Chizgan rasmlarida oʻziga xos maʼno mujassam. Dunyo ranglarini murgʻak qalb ila anglab, anglaganlarini badiiy ifoda etishga intilishini sezish qiyin emas. Maralning bu qobiliyati 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tumanimizdagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida oʻtkazilgan asfaltga rasm chizish musobaqasida ham yaqqol namoyon boʻldi - u birinchi oʻrinni yengib oldi.
Iqtidorli qiz Maral Oʻktamova maktabgacha taʼlim muassasalari orasida sportning shaxmat turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada qoraqalpogʻistonlik tengdoshlari orasida uchinchi oʻrin sohibasi ham boʻlgan edi.
U ayni kunlarda 16-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga qabul qilindi. Qobiliyatli, tirishqoq qiz ilm sirlarini egallashda ham tengdoshlariga namuna boʻlishiga tilakdoshmiz.
Oygul RAJABOVA
Suratda: Maral Oʻktamova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶