Qoraqalpoğistonda Hosil bayrami keng nişonlandi
19-dekabr kuni Nukus şahridagi Otçopar maydonida Qişloq xöjaligi xodimlari kuni keng nişonlanib, Hosil bayrami ötkazildi. Bayram tadbirida qoraqalpoğistonlik dehqon va fermerlar, qişloq xöjaligi sohasi faollari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov iştirok etib, el dasturxoni tökinligiga hissa qöşayotgan soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Hosil bayrami ötkazilgan Otçopar maydonining kiriş qismida har bir şahar va tumanlarning, vazirliklarning maxsus qora uylari tiklanib, dehqonlarimiz yetiştirgan mahsulotlar körgazmasi taşkil etildi.
Bayram tadbirida amudaryolik qişloq xöjaligi sohasi xodimlari ham faol iştirok etdilar.
Tumanimiz dehqon va fermerlari bu yil ham barça qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil olib, yuksak xirmonlar bunyod etdilar. Joriy qişloq xöjaligi yilini ham amudaryolik paxtakor va ğallakorlar, pillakor-u çorvadorlar, qöyingki, qişloq xöjaligining barça tarmoqlari vakillari mehnatdagi yutuqlari sababli yoruğ yuz bilan yakunlab, kelgusi yilgi möl hosil uçun puxta taraddud körmoqdalar.
Bu yilgi ilk hosil xirmonini kötargan pillakorlarimiz şartnomaviy rejadagi 221 tonna örniga 223,7 tonna yuqori sifatli hosil olib, bu boradagi rejani 101,2 foizga ortiği bilan ado etdilar.
Ğallakorlarimiz esa 3800 gektar maydonda boşoqli don yetiştirib, 9 500 tonnadan ortiq "qirmizi don" hosilini davlat omborlariga topşirdilar.
Paxtakorlarimiz rejadagi 45 750 tonna örniga 45 800 tonnaga yaqin paxta hosilini yiğib-terib olib, mehnat zafariga erişdilar.
Tumanimizda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi eng salmoqli “oq oltin” xirmoni birinçilar qatorida böy tiklab, dehqon va fermerlarimiz masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri bilan tuzilgan şartnoma şartlarini ortiği bilan bajardilar.
Qolaversa, amudaryolik fidoyi dehqon va fermerlar, tomorqaçilar meva-sabzavot hamda poliz ekinlaridan ham möl hosil olib, xalqimiz dasturxonining tökinligi va bozorlarimizda narx-navoning barqaror bölişiga zamin yaratdilar.
Şuningdek, çorvaçilik va parrandaçilik, asalariçilik hamda boşqa sohalarda ham yirik loyihalar amalga oşirilib, xalqimizni göşt, sut, tuxum, asal va boşqa zarur kundalik isteʼmol mollari bilan taʼminlaşda ham soha xodimlari fidoyilik namunalarini körsatib, mehnat qildilar.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumani qişloq xöjaligi sohasi jonkuyarlari özlarining halol va barakali mehnati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosida yuksak natijalarga erişdilar.
Bayramning asosiy tomoşa maydonida arqon tortiş, ot çoptiriş, kuraş musobaqalari bölib ötdi. Arqon tortişda Çimboy tumani vakillari 1-örinni qölga kiritgan bölsa, kuraş bahslarida şumanaylik Zarapat polvonning qöli baland kelib, boş sovrin - Gentra avtomobili bilan taqdirlandi. Çavandozlar esa Otçopar maydonini 5, 7, 10 aylaniş böyiça kuç sinaşdilar. Murosasiz keçgan musobaqalarda toşkentlik çavandoz ğolib çiqdi.
Tadbir davomida qişloq xöjaligida yuqori natijalarga erişgan dehqon va fermerlar, boğbonlar, çorvador va pillakorlar, suvçilar va irrigatorlar, agronom va mexanizatorlar, agroklasterlar rahbarlari hamda işçi-xodimlariga qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶