ÖZBEKISTON RESPUBLIKASINING ITALIYaDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELÇISI TUMANIMIZGA TAŞRIF BUYuRDI
Joriy yilning 14-dekabr kuni Özbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elçisi Otabek Akbarov Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Elçi Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev tomonidan kutib olindi va Amudaryo ustiga qurilayotgan köprik va temir yöl qurilişi işlarining borişi bilan tanişdi. Şuningdek, elçi tumanda investitsiya dasturi doirasida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişiş maqsadida “Amudaryo tomorqa xizmati” MÇJ tomonidan taşkil etilgan tomorqaçilik klasteri va “MANGIT XOLODILNIK” MÇJning muzlatgiçli omborxona loyihalarini közdan keçirdi.
Şu kuni tuman hokimligi majlislar zalida tomonlar va salohiyatli tadbirkorlar iştirokida uçraşuv ötkazildi. Unda tumanning asosiy iqtisodiy körsatkiçlari, investitsion salohiyati, amalga oşirilayotgan hamda istiqbolli loyihalar töğrisida taqdimot ötkazildi.

Taqdimotda tuman hokimi örinbosari, investtsiyalar va taşqi savdo bölimi rahbari Raşid Salayev loyihalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, tomonlar tumanda intensiv boğlar taşkil qiliş, meva-sabzavotni qayta işlaş kabi loyihalarni amalga oşiriş uçun mavjud şaroitlarni inobatga olib, investorlarni jalb qiliş masalasini ham muhokama qildilar.

Taşrif davomida elçi tumandagi tadbirkorlik subʼektlari bilan qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş orqali djem, pyure, şarbat işlab çiqariş kabi loyihalarni amalga oşiriş böyiça oğzaki kelişuvlarga erişildi.

Hozirda uşbu loyihalarni amalga oşirişda xorijiy investorlar aniqlanmoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, ötgan yilning 23-dekabr kuni ham Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan hududlarning investitsiya va eksport salohiyatini oşiriş, yangi eksport bozorlarini topiş böyiça amaliy yordam körsatiş maqsadida Özbekiston Respublikasining Singapurdagi Favqulodda va Muxtor elçisi Qaxramon Şakirov, Özbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elçisi Otabek Akbarov, Özbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi Baxtiyor Saidovlar taşrif buyurgan edi.
Uçraşuv davomida Elçilar bilan tumanning investitsion salohiyatini va eksport körsatkiçlarini oşiriş, aholiga ijtimoiy gumanitar yordamlar körsatiş va turmuş sifatini oşiriş böyiça muzokaralar olib borilgan edi.
Natijada joriy yilning mart oyida Özbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasi tomonidan tumandagi işsiz ayollar bandligini taʼminlaş va ijtimoiy yordam körsatiş maqsadida zamonaviy tikuv maşinalari yetkazib berildi.
Uşbu tikuv maşinalardan foydalangan holda tumandagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafardan ortiq işsiz xotin-qizlar kasbga örgatilib, bandligi taʼminlandi.
Öylaymizki, Özbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elçisi Otabek Akbarovning taşrifi ham tumanimiz investitsiya va eksport salohiyatini oşirişda muhim özgarişlarga asos böladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶