«BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ!»
Farzand Ollox bergan eng buyuk neʼmat! Bu neʼmatga kim qanday qaraydi? Afsuski, vaqtlar oʻtib ota-onaning farzand ulgʻaygani sari unga munosabati baʼzan salbiy tomonga oʻzgarib qoladi. Hayron qolaman: Goʻdakligida farishtam, deya bagʻringizga bosgan edingiz, endichi? Nega unga nafratlanib qarayapsiz? Undan koʻra bolangizga mehr bering, bir chimdim mehr!
Qaniydi bu dunyoda zoʻravonlikning oʻrnini mehr egallasa!
Ha azizlar, dunyoda shunday bir illat borki, bu illat hali hamon insonlar orasida uchrab turadi. Sizga gapirmoqchi boʻlganim bu illat “zoʻravonlik” deb ataladi. Ming afsuski farzandga nisbatan ham bunday illatlarning sodir etilishi - koʻpgina oilalarda mehr-muhabbatning darz ketishiga sabab boʻlmoqda. Fazandni tarbiya qilish eng maʼsuliyatli vazifa ekanligini anglab yetishimiz kerak. Biz bergan tarbiya kelajakda jamiyatni har qanday yomon illatlardan asrab-avaylashi va ularga qarshi kurashishga zamin boʻlmogʻi darkor. Shuning uchun ham farzand tarbiyasida oʻta ehtiyotkor boʻlmogʻimiz kerak.
Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabriga qadar Respublika tashxis markazi tomonidan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” mavzusida 16 kunlik aktsiya tashkil qilindi. Bu aktsiyada umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, pedagoglar, ota-onalar ishtirokida maktab psixologlari tomonidan bolalarga oqilona munosabatda boʻlish mavzusida seminar-treninglar, yigʻilishlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Zoʻravonlik - jismoniy yoki aqliy bosim oʻtkazish, bolaga yoki bolalarga doim tanqid nazari bilan qarash va shunday munosabatda boʻlishdir, uni urib tan jarohati yetkazishgina emas.
Maktab psixologi esa zoʻravonlikka uchragan bolalarga jiddiy yondoshib, ularga yordam berib borish, uchun avvalo haqiqatni bilish boladan boʻlib oʻtgan voqeani toʻlaligicha oʻrganib chiqish zarur. Bola bilan birgalikda vaziyatdan kanday chiqish yoʻllarini izlab topish, vaziyatga toʻgʻri yondoshib, ijobiy hal kilishi lozim.
Maktab oʻquvchilari orasida xam zoʻravonlik qurboniga aylanib qolayotganlari, ming afsuski, topiladi. Shuning uchun xam xar bir pedogog oʻquvchilar bilan yaxshi muomilada boʻlib, ularning doʻstona munosabatini yanada mustahkamlashi kerak
Aziz ota-onalar! Farzandingizdan mehringizni ayamang. Zoʻravonlik illatiga chek qoʻyaylik! Farzandimizni siquvga olavermasdan, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlaylik. Ular uchun sirdoshga aylanaylik. Chunki farzand aks-sadoga oʻxshaydi. Aks sado esa oʻzimizga qaytib keladi! Mehr olgan qalblargina mehr ulashishga qodirdir!
Muhayyo Oʻrinboyeva, 70-sonli maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶