XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞIDA BÖŞAB QOLGAN ÖRINGA DEPUTAT SAYLOVI BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulida 28-noyabr kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan öringa deputat saylovi bölib ötdi.
Deputat – xalq vakili! U özi saylangan hudud saylovçilari turmuşi bilan yaqindan tanişib, muammolarini aniqlab, yeçimiga jon kuydiradigan, rivojlaniş, yangilanişlarga yöl oçadigan, şu elning farzandiday ertagi kun istiqboli uçun jon kuydiradigan inson. Albatta, şu boisdan ham saylovçilar milliy saylov qonunçiligimizga köra, özlari eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz beradilar.
Deputat saylovi Özbekiston Respublikasining Saylov Kodeksiga töla muvofiq ravişda ötkazildi. Unda röyxatiga kiritilgan 4221 nafar saylovçilarning 76,8 foizi iştirok etdilar va özlari tanlagan nomzodga ovoz berdilar.
Okrugdagi mavjud 3 ta uçastka saylov komissiyalarining bayonnomalariga asosan, eng köp ovoz olişga erişgan, Özbekiston Ekologiya partiyasidan körsatilgan nomzod Yangiboyev Şavkat Islomoviç Bobur nomli saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga saylandi.
Yangiboyev Şavkat Islomoviç Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20- va 97-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi tuman saylov komissiyasining şu yil 28-noyabr kungi 31-sonli qaroriga köra, Bobur saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati qilib röyxatga olindi.
Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, saylov kunigaça aholi orasidan ziyoli, obrö-eʼtiborli kişilar uçastka saylov komissiyasi aʼzoligiga saylangani, ular saylovoldi tarğibot-taşviqot işlarini namunali olib borişgani ham muhim ahamiyatga ega böldi. Saylovdan oldin okrug hududida böyiça siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlarning bir neça marta saylovçilar bilan uçraşuvlari ötkazilib, aholi ularning hayoti, mehnat faoliyati va saylovoldi dasturi bilan yaqindan taniştirildi.
Şuningdek, saylov kunida saylovçilarning saylov uçastkalarida özlari tanlagan nomzodlarga emin-erkin, demokratik tamoyillarga töla rioya etilgan holda ovoz berişlariga töla şaroitlar yaratildi.
Saylangan deputat – Özbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi, “Manğit dehqon bozori” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Yangiboyev Şavkat Islomoviç kelgusida saylovçilarining işonçini oqlaydi, degan umiddamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶