6 ming gektardan ortiq maydonda kuzgi bugʻdoy sifatli parvarish qilinmoqda
Amudaryo tumanida 2022-yil hosili uchun 344 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 6000 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekish rejalashtirilgan boʻlib, ayni paytda 1-sektor hududidagi xoʻjaliklarda 1610 ga, 2-sektor hududida 1720 ga, 3-sektor boʻyicha 1963 ga, 4-sektor hududidagi xoʻjaliklarda esa 707 ga maydonga kuzgi bugʻdoy sifatli qilib ekildi.
Gʻalla ekish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida 18 ta otryad tashkil qilinib, otryadlar rahbarligiga hududiy agronomlar biriktirildi va har bir hududning yer, suv bilan taʼminlanganlik sharoiti hisobga olingan holda navlar tanlanib, ekildi.
Xususan, tumanning iqlim sharoiti va yerlarning meliorativ holatidan kelib chiqib, 2022-yil hosili uchun sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan navlar tanlandi.
Ekish mavsumida talab etiladigan urugʻlik miqdori oldindan hisob-kitob qilindi va joriy yilda gektariga oʻrtacha 250 kg.dan jami 1500 tonna urugʻlik taxt qilib qoʻyilgani kuzgi bugʻdoyni oʻz vaqtida, sifatli ekish imkonini berdi.
Ayni paytda tumanda 2 ta gʻallachilik klasteri faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, “Qipchoq g`alla klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 312 ta fermer xoʻjaliklarida 4969 gektar maydonda, “Amu Rich Xarvest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 32 ta fermer xoʻjaliklarida 1031 gektar yerdagi kuzgi bugʻdoyzorlarni oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.
Gʻallachilik klasterlari tasarrufidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan bugʻdoyzorlarda kuzgi-qishki muhim agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yaʼni, sugʻorish uchun har besh gektarga bittadan handaqlar tayyorlash, dalalar boshiga har gektarga 3 tonnadan, 18000 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, aholi ixtiyoridagi qoramollar tushishi xavfi boʻlgan bugʻdoyzorlarning 16,7 km. qismini ihotalash ishlari sifatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tumanimiz gʻallachilik xoʻjaliklarida bugʻdoyzorlarni kuzgi qishki suv bilan sugʻorish toʻliq amalga oshirilib, bu boradagi reja 106 foizga bajarildi.
Toʻlqin ovulidagi Azamat Matkarimov rahbarlik qilayotgan “Amu sohili” fermer xoʻjaligida ham 2022-yil hosili uchun gʻalla ekish oʻz vaqtida amalga oshirildi. Xoʻjalik dalalarida unib chiqqan kuzgi bugʻdoy nihollarini azotli mineral oʻgʻitlar va biostimulyatorlar orqali bargidan oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada aynan shu usulda oziqlantirilgan bugʻdoyzorlar toʻliq tuplash pallasiga kirgan va bir tekis rivojlanmoqda.
Tajribali va omilkor dehqon Azamat Matkarimov gʻalla ekish jarayonida yerni tobida haydash, lazerli qurilma orqali tekislash, shuningdek, har gektar hisobiga kamida 400 kg.dan fosforli oʻgʻit bilan ishlov berishga alohida eʼtibor qaratib, xoʻjalik yerlarining meliorativ holatini hisobga olgan holda shoʻrlanishga va qurgʻoqchilikka chidamli “Alekseyevich” navini tanladi.
Urugʻlik sarfiga ham alohida eʼtibor qaratdi va har gektar hisobiga 170-180 kg.dan seyalka yordamida gʻalla ekdi. Puxta reja asosida bajarilgan ishlar oʻz natijasini berdi. Ayni kunlarda “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligining bugʻdoyzorlari koʻzlarni quvontirguday darajada rivojlanmoqda.
Xoʻjalik ishchilari dala boshida jamgʻarib qoʻyilgan mahalliy oʻgʻit bilan gʻallazorlarni oziqlantirish, shuningdek, har besh gektar ekin maydoni uchun bittadan xandaq qazish ishlarini yakuniga yetkazib, bugʻdoyzorlarni yana bir marta qishgi suv bilan qondirib sugʻorishga taxt qilib qoʻyishdi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶