Jayxun ilhomlari
VATAN BAYROĞI
Qizilqumdan esgan garmsel şamol,
Kuydirib tursa-da yuz-u közimni.
Vatan kengliklarin kezaman xuşhol,
Biyday dalalarga bosib yuzimni.
Dedilar: “Sahro-ku sen tuğilgan Yurt,
Şörhok dalalarda giyohlar nimjon.
Tuzlar böhronida çayqalar Ustyurt,
Qaydan közlaringda mehr, hayajon?”.
Dedim: “Yuragimda yaşaydi Vatan,
Bayroği hilpirab jahon içinda.
Daşt-u sahrolari, boğ-roği bilan,
Umrim lahzalarin tongi, keçinda”.
Tört tomon osuda, hilpirar Bayroq,
Yoruğ niyatlarning saltanatida.
Balki yöq dunyoda mendan baxtliroq,
Yaşayman Istiqlol mamlakatida.
Hilpirab turibdi Vatan Bayroği,
Totuvlik irsiyat xalqimga azal.
Mehrdan rang olgan yaqin-yiroği,
Tillardan tuşmaydi kuy, qöşiq, ğazal.
Or-nomusim mening, obröyim mening,
Dunyoga yöl oçgan HURlik mayoği.
Mardona qadamim, mohröyim mening,
O Vatan Bayroği, Vatan Bayroği!
Garmsel şamol ham, tuzli böhron ham,
Pisandmas, hilpirab turganda Bayroq.
Mehr-u oqibatni özda etib jam,
Hayotga boqaman yanada quvnoq.
Yarmi sahro yurtda unib-ösdim men,
Har bitta giyohin jonimga ekdim.
Şunçaki sevmadim. Yoniq dil bilan
Vatan Bayroğini yurakka tikdim!
Asr muammosin yelkalagan xalq –
Sahroyi özimman, menman Qizilqum!
Daryosin yöqotgan qirğoqlarda talx
Suvlar karvoniga taşna Orolqum!
Mingta Amriqoga alişmayman. Yöq!
Kindik qonim tomgan sahro giyohin.
Bayroğim hilpirar, mangu köngil töq.
Simirib yaşayman MEHR ziyosin!
Robiya YÖLDOŞEVA.
Şifokor döstimga
Bemorning köziga bir nazar taşlab,
Şu zahot sezasiz neki dardi bor.
Tomirini uşlab, asta söz boşlab,
Şifo berasiz bölib najotkor.
Malhamga teng turgay har bir sözingiz,
Diqqat-eʼtibordan qalblar çaroğon.
Tabassum-la balqib turgan yuzingiz,
Xastani yetaklar hayotga tomon.
Şifokor bölmoqlik muşkuldir ğoyat,
Burçin bajarmaslik bundan ham oğir.
Beparvo, loqaydlik doim Sizga yot,
Şuhrat quçmoqdasiz oqibat-oxir.
Kimdir tutab yaşar. Siz esa yonib,
Yaşamoq çöğidan qalbga solasiz.
Şifokorlik kasbi gaştiga qonib,
Işlaysiz, hamişa olqiş olasiz.
Nomingiz uluğlar qançalab odam.
Dardi yengillaşib, ğayrati toşar.
Xastalik dardini körgansiz baham,
Şu bois hurmati tobora oşar.
Sizga çeksiz olqiş, şon-şaraf bölsin.
Beğubor qalbingiz şodlikka tölsin!
Saʼdulla Xöjaniyozov.
“Keksalarni eʼzozlaş oyligi” munosabati bilan
Otalari uruşga ketgan
Onalari yumuşga ketgan,
Sut örniga köz yoşin yutgan
Gödakligi kulgusiz ötgan –
Töqson, yuzga kirgan otalar,
Ne kunlarni körgan onalar.
Zarba olib köp yomonlardan,
Maşriq, mağrib – har tomonlardan,
Don ajratib çöp, somonlardan,
Butun çiqqan tegirmonlardan,
Ming bir joni toşdan onalar,
Töqson, yuzdan oşgan otalar.
Oftob kuygan palla – mahallar,
Sovuq qotgan çilla mahallar,
Qayda uyqu, allamahallar,
Bunga şohid dala, paykallar,
(Qöysak arzir oltin haykallar)
Töqson, yuzga kirgan otalar,
Ne kunlarni körgan onalar.
Tilda duo, qalbi imonda,
Ardoqlandi baxtli zamonda,
Yaşagaylar yuz yil omonda,
Bugun, YaNGI Özbekistonda,
Elin baxtli körgan onalar,
Yoşday tetik turgan otalar.
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶