14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 01:00
Salomatlik 👁 261

KASB ShARAFI

KASB ShARAFI

Bir donishmanddan:

– Inson qadr-qimmati nimada? – deb soʻrashganida u:

– Izlagan narsasida, – deb javob bergan ekan.

Bundan xulosa shuki, kimki umrini yaxshilik yoʻlida mehnat qilib, odamlarga manfaat yetkazishga sarflasa, eldan unga olqish qaytadi.

Bunday odamlar turli kasb egalari orasida bisyor. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada patronaj hamshirasi boʻlib ishlayotgan Dilafroʻz Tojimurodova ham kasbiga fidoyiligi, oʻz hududidagi  aholi sogʻlom yashashi yoʻlida qilayotgan halol mehnatlari tufayli obroʻ-eʼtibor qozongan.

U Mangʻit shahridagi 31-sonli maktabda, keyinchalik Nukus shahridagi 1-sonli Tibbiyot kollejida oʻqidi. 2004-yildan beri  tumanimizning Amir Temur nomli ovulidagi “Toza chorvoq” aholi punktida patronaj hamshirasi boʻlib ishlab kelayapti. Hudud aholisining sogʻligini nazorat qilib borish, zarur hollarda shifokor tavsiyasiga koʻra, davo muolajalarini qilish, sogʻlom turmush tarzi afzalliklarini targʻib etish, keksa yoshdagi nuroniylar holidan xabar olib turish, bolalarni kasalliklarga qarshi emlashga jalb etish kabi biri-biridan masʼuliyatli ishlarni u vaqt bilan hisoblashmay, ogʻrinmay ado etadi. Har gal kirib borgan xonadonida uni xuddi oʻzlarining yaqin odamidek quvonib, ochiq chehra bilan kutib olishadi.

Ayni kunlarda Dilafroʻzning xizmat masʼuliyati yana ham ortgan. Mavsumiy kasallik – gripp tarqalishining oldini olish, kasallikka chalinganda qanday yoʻl tutishi lozimligi xususida uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini olib borayapti. Shuningdek, keksa yoshdagi otaxon-onaxonlarga davlat tomonidan profilaktika maqsadida beriladigan dori vositalarini ham oʻz vaqtida tarqatishning uddasidan chiqayapti.

Mangʻitda tugʻilib-oʻsgan qiz Amir Temur nomli ovulning 950 nafar aholisiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatayotgani uchun ham ularning mehrini qozondi.

D.Tojimurodovaning faoliyatiga nazar solgan odam elga manfaat yetkazish uchun mansab, lavozim shart emasligini, oddiy kasb ham kifoya qilishi mumkinligini anglaydi.

D.Tojimurodova ana shunday masʼuliyatli, mashaqqatli kasbda ishlash bilan birga turmush oʻrtogʻi Alisher Sobirov bilan uch nafar farzandni voyaga yetkazishayapti. Kattasi oliygoh talabasi, qolganlari hali maktab oʻquvchilari.

Namunali patronaj hamshirasi D.Tojimurodovani Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabriklab, kasbingizdan kamol topavergaysiz, deymiz.

 

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026