24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 23:41
Jamiyat 👁 175

ShIFOKORLAR OILASI

ShIFOKORLAR OILASI

Inson zoti jamiki mavjudotlar ichida eng aqllisi, farosatlisi, moʻʼtabari. U yaratuvchanlik qobiliyatiga ega, hayotni, jamiyatni oʻzgartirishga qodir. Turmushimizdagi jamiki qulayliklar, obodlik, farovonlik insonlar zakosi, fidoyi mehnati mahsulidir. Biroq, shunday bir soha xodimlari borki, ularning mehnatlarining hech bir qiyosi yoʻq, ular – odamlar dardiga darmon boʻluvchi tibbiyot xodimlaridir.

Issiq jon isitmasiz boʻlmaydi, deydi xalqimiz. Ha, sogʻligida muammo boʻlmagan, shifokorlar huzuriga najot istab bormagan odamni topish mushkul. Joni azobdagi odamga yordam bera olish, uni dard iskanjasidan qutqarish – chinakam fidoyilikdir.

Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida qariyb oʻn yildan beri jarroh-shifokor boʻlib ishlab kelayotgan, shu davr mobaynida  ulkan tajriba toʻplab, murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham muvaffaqiyatli ado etib, el olqishini olayotgan Sanjar Ollaberganov ham butun salohiyatini, iqtidorini kasbiga bagʻishlaganlarning biri.

 U oʻrta maktabni tugatgach, Toshkent Pediatriya tibbiyot oliygohining Nukus filialiga oʻqishga kirdi. Oliygohni tugatib, 1-yil muddat onkolog-shifokor boʻlib ishladi va sohasi boʻyicha chuqurroq bilim olish maqsadida Toshkent Tibbiyot oliygohida ordinaturada jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldi. 2011-yildan beri tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida jarroh-shifokor. Kasbiga sidqidildan ixlos qoʻygan yigit oʻz ustida ishlashdan, oʻqib-oʻrganishdan erinmaydi. Shu tariqa sohaga joriy etilayotgan ilgʻor texnologiyalarni ham puxta oʻrgandi, nufuzli oliygohlarda malaka oshirdi va hozirgi kunda jarrohlik amaliyotlarida yangi texnologiyalarni muvaffaqiyatli qoʻllamoqda.

Bunday amaliyotlar bemorning tez va asoratsiz sogʻayib ketishida muhim rol oʻynaydi.

S.Ollaberganovning bu kasbga ixlos qoʻyishi bejiz emas. U butun umrini tibbiyot sohasiga bagʻishlagan tajribali jarroh Farhod Ollaberganovning ikki oʻgʻlining kattasi. Oilada ota-ona kasbining  nechogʻlik masʼuliyatli, mashaqqatli  va ayni damda sharafli ekanligini ham chuqur his qilib ulgʻaygan Sanjar otasiga munosib izdosh boʻlishga intildi.

Ularning oilasini shifokorlar oilasi, deb ham atash mumkin. Chunki Farhod Ollaberganovning Sanjardan tashqari uch nafar qizi oliy maʼlumotli shifokor boʻlib yetishishgan.

– Men otamdagi oʻta bosiqlik, mulohazalilik va kasbga ixlos kabi xislatlarni oʻzimda shakllantirishga doim harakat qilaman. Chunki bemorning ahvoliga qarab muomala qilish, uning koʻngliga yoʻl topa olish juda muhim. Bemorning injiqliklarini ham koʻtarishga, sogʻayib ketishiga ishontirib muolaja qilishga toʻgʻri keladi, – deydi Sanjar kulib.

– Shifokorlikni tanlaganingizdan afsuslangan vaqtlaringiz ham boʻladimi?

– Afsuslanmayman. Biroq bizning boʻlimga asosan, ogʻir ahvoldagi, shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar olib kelinadi. Ularni qisqa muddatda oyoqqa turgʻizish qiyin. Ularning nega dorilaring kor qilmayapti, nega ogʻriqlarim qolmayapti, kabi savollari baʼzan dilimni ogʻritadi.

Shunday vaqtlarda hatto keksalikka qadam qoʻyganlarida ham kasbini ardoqlab, ishlab kelayotgan otamni oʻylayman. Bu menga dalda beradi.

Ha, hech kim qay makonda, qay manzilda, qanday oilada dunyoga kelishini oʻzi belgilamaydi.

S.Ollaberganovning tolei kulgani shuki, shifokorlar oilasida dunyoga keldi va oʻzining hayot yoʻllari ham qipchoqlik shifokor qiz Guljahon  Obdalova bilan bogʻlandi. Ular 2012-yilda ezgu orzu-umidlar bilan oila qurishdi. Hozir biri-biridan shirin uch nafar farzandlarning ota-onalari boʻlishdi.

– Ham oila, yosh bolalar bilan ish qiyinlik qilmaydimi? – qiziqib soʻrayman Guljahondan.

– Yaqin koʻmakchim – qaynonam bor, shuning uchun bamaylixotir ishlayman. Xudoga shukur, oilamiz tinch, ahil, – deydi quvonib Guljahon.

Tumanimizda sogʻlikni saqlash sohasi rivojiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan oilaviy shifokorlarni kasb bayramlari bilan qutlab, ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026