INŞOLAR TANLOVI YaKUNLANDI
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan şu yilning 22-sentyabrida yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, şu orqali ularni giyohvandlik, ahloqsizlik va boşqa zararli taʼsirlardan himoya qiliş maqsadida maktab öquvçilar örtasida “Men sevgan badiiy asar” mavzusida inşolar tanlovi eʼlon qilingan edi. Şu munosabat bilan taşkilotimizga 120 dan ziyod inşo namunalari kelib tuşdi. Tanlov maktab öquvçilari orasida adabiyotsevar, teran fikrlovçi, çuqur mulohaza yuritişga qodir iqtidorli öquvçilarning köp ekanligini yana bir bor isbotladi.
20-oktyabr kuni “Men sevgan badiiy asar” mavzusidagi inşolar tanlovining ğoliblari aniqlandi. Inşolar tanlovi natijalarini körib çiqqan badiiy kengaş aʼzolarining xulosasiga köra 42-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Muborak Soatboyeva Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asosida yozgan inşosi “Jek London ilgari surgan ğoyani yaxşi tuşungani, tengdoşlarida ham hayotga muhabbat uyğotişga intilganligi uçun birinçi öringa, 2-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Farida Saʼdullayeva Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar” romani asosida yozgan inşosi “Eng yaxşi milliy – nazariy yondaşuv uçun” ikkinçi öringa, 16-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Gulruh Saparboyeva Ötkir Hoşimovning “Dunyoning işlari” asari haqida yozgan inşosi “Eng yaxşi maʼnaviyat tarğiboti uçun” uçinçi öringa munosib deb topildi.
Bundan taşqari köpgina maktab öquvçilari inşo yoziş barobarida özlarining adabiyot yönalişidagi aʼlo jihatlarini namoyon qilganlar, jumladan, 62-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Şahlo Qurolova “Eng samimiy fikrlari uçun” 45-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Lobar Örozmetova “Eng yaxşi tahliliy fikrlari uçun”, 36-maktabning 10-sinf öquvçisi Kumuşoy Qöçqorova “Eng yaxşi badiiy obrazlar tahlili uçun”, “40-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Şahlo Yangiboyeva “Insonni töğri yölga yönaltiruvçi jöşqin fikrlari uçun”, 9-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Sevinç Maqsadboyeva “Vatanparvarlik tuyğusi uluğlangan asarning eng sevimli tahilili uçun”, 50-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Sarvinoz Tojiboyev Tojiboyeva “Şaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uçun”, 73-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Kumuş Gulimmatova “Murakkab syujetli asarning eng yaxşi tahlili uçun”, 32-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Guldona Töliboyeva “Eng oliyjanob, odil va oqil obraz tahlili uçun”, 30-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Sevinç Raximova “Eng yaxşi ezgulik tarğibotçiligi uçun”, 69-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Maşhura Jumiyazova, “badiiy asar haqida eng yoqimli fikrlari uçun” ana şunday eʼtirofga sazovor böldilar.
Tanlov ğoliblari va eng yaxşi inşolar ijodkorlariga “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan sovğalar va maqtov yorliqlari topşirildi.
Şuningdek, 39-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Feruza Raximova, 13-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Feruza Haytboyeva, 83-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Ruxşona Sotimova, 33-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Marjona Rajabboyevlarning bizga jönatgan inşolarini öqib körib, ularning nihoyatda ziyrak kitobxonlar ekanligiga amin böldik.
Maʼlumki, tumanimizda turli millat vakillari yaşaydilar. Şu bois tumanimizda qozoq, qoraqalpoq, turkman tillariga ixtisoslaştirilgan maktablar mavjud. Quvonarli tomoni şundaki, tanlovga qiziqiş bildirib qozoq qoraqalpoq, turkman tillarida ham yozib jönatilgan inşolarni öqib körib, tahlil qilib tumanimizda turli tillarda ijod qiliş qobiliyatiga ega yoşlarning yetişib çiqişiga katta umid boğladik. 54-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Mohidil Örozimbetova, 9-sinf öquvçisi Sevinçoy Örozimbetova, 11-sinf öquvçilari Möldir Jetkerboyeva, Aygerim Saparboyevlarning qozoq tilida, 25-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi S.Davenova, 11-sinf öquvçilari Dilşod Sapardurdiyev, Avazbek Haytboyevlar özlari sevgan badiiy asar haqida turkman tilida yozilgan inşolarini jönatganlar.
Bu maktab öquvçilari orasida ham adabiyotsevar, öz qalamiga ega, ijodiy işlarga yondaşuvçi yoşlar köpayib borayotganiligi bizni quvontirdi.
Qolaversa, 25-sonli maktabda inşolar avvalo maxsus komissiya körigidan ötkazilib keyin bizga jönatilganligining özi ham mazkur maktab maʼmuriyatining inşolar tanloviga öta masʼuliyat bilan yondoşganligidan dalolat berib turibdi.
Şu yilning aprel oyidan boşlab barça umumtaʼlim maktablarida ijodiy madaniy masalalar böyiça tarğibotçi lavozimi joriy qilindi. Tarğibotçilar qisqa muddat içida maktablarda ijodiy-madaniy işlarning yaxşi yölga qöyilişiga munosib hissa qöşa boşladilar. Mazkur inşolar tanlovida 2-sonli umumtaʼlim maktabining tarğibotçisi Ahmad Nafasov, 16-sonli umumtaʼlim maktabining tarğibotçisi Yulduz Tursunboyeva, 32-sonli maktabning tarğibotçisi Nazokat Qodirova, 50-sonli maktabning tarğibotçisi Gulnoza Raximova, 73-sonli maktabning tarğibotçisi Şohida Tajiboyevlar jonkuyarlik bilan faol iştirok etdilar. Özlari işlayotgan maktab öquvçilarining ijodiy işlarida yaqin kömakçi böldilar.
Maktab öquvçilarining iqtidorlarini sinab köriş maqsadida kelajakda yangidan yangi mavzularda inşolar tanlovini eʼlon qilib boramiz.
Maktab öquvçilaridan çiroyli husnixatda batafsil yozilgan tahliliy mulohazalarga boy holdagi inşolarni kutib qolamiz.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶