107 YoŞNING OSTONASIDA EL-U XALQ KELAJAGI UÇUN OVOZ BERAMAN!
Parda Bekniyozova, 1915-yilda tuğilgan, tumanimizdagi eng keksa, 106 yoşli saylovçi: - Men öz hayotim davomida juda köp saylovlarda iştirok etdim. Bir paytlar “Saylov böladi, saylov böladi”, deyişardi-yu, saylov qaçon böladi, qanday saylov, deputatni saylaymizmi yoki hukumat odaminimi, bilmasdik. Bilganimiz, saylovning bölişi va saylovning ötişi edi. Saylovdan söng “falonçi deputat yo falonçi hukumatga boşliq bölibdi”, - degan xabarni eşitardik. Sovetning saylovlari şunaqa edi. Saylov uçastkasi bor-yöqligini ham xalq bilavermasdi. Xalqda erk, huquq bölmagan-da, deyman hozirgi saylovlarni körib.
Mustaqillik xalqimizning qadr-qimmatini, haq-huquqi, erkini joyiga qöydi. Yaqinda 106 yoşga tölaman. Özbekiston Respublikasi Prezidentini saylaşga men ham tayyorgarlik kördim. Har kuni televizorda prezidentlikka nomzodlarning “men saylansam, unday qilaman, bunday qilaman”, degan vaʼdalarini eşitib, köraverib, allaqaçon bir xulosaga kelib böldim. Qolaversa, qişloğimizdagi saylov uçastkasidan yigit-qizlar kelişib, tuşunçalar berişayotganining özi aniq töxtamga kelişim uçun katta ahamiyat kasb etdi. Yana, saylov kuni ovora bölib yurişimga ham hojat yöq.
“Momo, uyingizga saylov qutisini olib kelamiz, sizni urintirmaymiz”, deyişyapti baraka topgurlar. Ana şunday imkoniyat yaratib berilayotgani, emin-erkin özi tanlagan nomzodga ovoz berişim uçun uyimga köçma saylov qutisini olib kelişni taşkil etişayotganidan mamnunman.
24-oktyabr – men uçun haqiqiy bayram. 107 yoşning ostonasida xalqimiz, nevara-çevaralarim kelajagi uçun özim eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz beraman!
Robiya YÖLDOŞEVA yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶