BAXTINGIZNI SAROBGA ALMAŞTIRMANG!
Yangi ming yillik boşida insoniyat köplab global muammolarga duç keldi. Şulardan biri aholining noqonuniy migratsiyasi bölib, u jahon siyosatçilari tomonidan dolzarb muammolardan biri sifatida baholanmoqda. Çunki aholining noqonuniy migratsiyasi ijtimoiy munosabatlarning buzilişiga, noqonuniy xatti-harakatlarning köpayişiga olib keladi.
Mamlakatimiz ham jahon iqtisodiy va siyosiy jarayonlariga integratsiyalaşayotgan yurtdir va migratsiya jarayonlari bizni ham çetlab ötmagan. Mazkur jarayonni qonuniy yölga soliş, mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlarining oldini oliş uçun yurtimizda davlat miqyosida tadbirlar körilmoqda.
Mamlakatimizda migratsiya masalalari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi "Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet ellardagi mehnat faoliyatini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.
Mazkur qarorga asosan, mamlakatimizda mehnat migratsiyasi masalalari faqatgina Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va fuqarolarni çet ellarda işga joylaştiriş böyiça Toşkent, Farğona, Nukus, Buxoro, Qarşi mintaqaviy byurolari orqali amalga oşiriladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda Özbekiston dunyodagi barça mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini örnatgan. Yurtdoşlarimiz intellektual salohiyati, tadbirkorligi bilan çet ellarda munosib örin egallaşga intilişi tabiiy hol. Halol mehnati, kasb-kori bilan qöşimça daromad orttirmoqçi bölganlar Özbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga murojaat qilişlari lozim.
Belgilangan tartibda çet elga işlaş uçun ketayotgan fuqarolarimiz nafaqat özimizning, balki xorijiy davlatning ham qonun hujjatlarida belgilab qöyilgan keng imkoniyat va şaroitlardan foydalana oladi. Yaʼni:
Birinçidan, fuqaro davlatimizning bu boradagi qonunlarini buzmagan holda çet elda işlaş huquqidan töğri foydalangan hisoblanadi.
Ikkinçidan, fuqaroning çet eldagi haq-huquqlari, himoyasi taʼminlanadi.
Uçinçidan, fuqaroning xorijiy iş beruvçi bilan böladigan mehnat munosabatlari hamda uning ijtimoiy himoyasi kafolatlanadi.
Törtinçidan, mehnat şartnomasini muvaffaqiyatli bajarib, Özbekistonga qaytib kelgan fuqaro tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasiga suğurta badallari tölangan taqdirda, agentlik tomonidan uning mehnat daftarçasiga xorijdagi iş staji tasdiqlab beriladi.
Afsuski, oramizda pul topişga mukkasidan ketgan ayrim toifadagi yurtdoşlarimiz ham borki, ular mömay daromad orttiriş ilinjida çet davlatlariga ketib, noqonuniy migratsiyani amalga oşirmoqdalar.
Noqonuniy migratsiyaga şaroit yaratib berayotgan omillarning biri - köpgina mamlakatlar, jumladan, rivojlangan davlatlarda ham hali töla izga tuşmagan iqtisodiyot tarmoqlari mavjudligidir. Ular arzon işçi kuçidan foydalaniş maqsadida çetdan noqonuniy kirib kelgan şaxslarni heç qanday ijtimoiy himoyasiz yollab, ularni eng kam iş haqi evaziga va oğir şaroitlarda işlatadilar.
Ularning bu kabi noqonuniy xatti-harakatlari davlat va jamiyat uçun öta zararlidir. Sababi, birinçidan noqonuniy migratsiya oqibatidagi norasmiy mehnat natijasida mamlakat iqtisodiyoti katta zarar köradi.
Ikkinçidan, çet davlatga iş izlab ketganlarning aksariyati 30-40 yoşlardagi kişilar bölib, ularning köpçiligi voyaga yetmagan farzandlarning ota-onasidir. Ota yoki onaning, baʼzi hollarda ularning har ikkalasining ham xorijga iş izlab ketişi yaqin qarindoşlarga taşlab ketilgan farzandlar tarbiyasida böşliqlar paydo bölişiga, bolalarning ota-ona mehridan bebahra ulğayişiga sabab böladi. Bunday ota-onalar köpinça öz mehrlarini pul bilan, qimmatbaho sovğalar bilan ifodalaşga harakat qiladi. Oqibatda bolada pulga hirs uyğonib, hali oq-qorani, yaxşi-yomonni ajrata olmaydigan bola osongina qölga kiritgan pulini öylamay sovuradi, manmanlikka beriladi. Xorijga "bola-çaqamning farovon kun keçirişi uçun ketyapman” degan bahona bilan otlangan ota-onalar aslida farzand tarbiyasidagi bebaho damlarni qöldan boy berib, yoş niholning kelajagiga bolta urayotganini nahotki anglamaydilar?
Uzoq muddat işlaş uçun çet elga ketganlarning öz oilasidan yiroqda bölişi oilaviy munosabatlarning buzilişiga, köp hollarda esa özaro işonçning barham topişiga olib kelişi mumkin. Bu esa oilaviy ajrimlar, farzandlarning tiriklay yetim qolişi kabi salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi.
Uçinçidan, xorij mamlakatiga noqonuniy ravişda işga borgan mehnat migranti öz yurtidagi kabi şaroitlarga ega bölmaydi. Jumladan, inson haq-huquqlarini, xavfsizligini himoyalaş, işçini normal iş şaroiti, sifatli tibbiy xizmat, sanitariya talablariga javob beradigan boşpana bilan taʼminlaş kabi huquqiy-ijtimoiy munosabatlarda köpçilik hollarda noqonuniy migrantlarning manfaatlari himoya qilinmaydi.
Hatto, özga yurtda munosib iş topa olmaganlarning ayrimlari mayda bezorilik, firibgarlik sodir etib, çet davlatlarning huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan hibsga olinişi kabi holatlar ham uçraydi.
Törtinçidan, sir emaski, özga yurtga borgan şaxs albatta özga muhitga tuşadi. Xorijda musofirçilikda yurib, çorasiz qolgan kişilarni öziga oğdirişga urinadigan buzğunçi oqimlar ham yöq emas. Xorijga iş izlab ketib, öz yurtiga yot ğoyalar, buzğunçi qaraşlar bilan kelayotgan yurtdoşlarimiz ham uçrab turadi. Bu esa davlat va jamiyat uçun xavf, demakdir.
Beşinçidan, çetga norasmiy tarzda iş izlab ketuvçilarning odam savdosi qurboniga aylaniş ehtimoli juda yuqori. Bugungi kunda global muammolardan biri bölgan odam savdosi asosan noqonuniy mehnat bilan boğliq. Bu oğir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilişi bilan naqadar jirkanç körinişga ega ekanligini alohida taʼkidlaş lozim.
Qolaversa, noqonuniy yöl bilan çet davlatlarga iş izlab borganlarning aksariyati oğir iş şaroitlari, antisanitariya holatidagi turmuş tarziga duç keladilar. Natijada migrantlar orasida sil, OIV infektsiyasi, S, V virusli gepatiti kabi yuqumli kasalliklarning qayd qilinayotganligi açinarlidir. Bundan ham açinarlisi, ular öz yurtiga qaytib kelganlaridan keyin uşbu kasallikni oila aʼzolariga, yaqinlariga yuqtiradilar.
Yuqoridagi misollardan körinib turibdiki, noqonuniy migratsiya evaziga kişi har qança moddiy manfaatdor bölmasin, bu holat uning oilaviy hayotiga, maʼnaviyatiga, xavfsizligi va salomatligiga keltirilgan salbiy taʼsir oldida arzimas sariq çaqadir. Şularni taroziga solib körganimizda, noqonuniy migratsiyaning foydasidan zarari köproq ekanligini anglaş qiyin emas.
Şunday ekan, fuqarolarimiz bu masalada ogoh va xuşyor bölişlari kerak.
Iş izlaş, işsizlikdan himoyalaniş har kimning qonuniy huquqi. Biz fuqarolarning çet elda işlaşiga tösqinlik qilmoqçi emasmiz. Lekin, xorijda iş taklif qilayotganlar avvalo quyidagi savollarga javob berişi kerak:
Birinçidan: Çet elga ketuvçi migrant qayerda, kim bölib işlaydi, iş örni kafolatlanganmi?
Ikkinçidan: Çet elga borganidan keyin yaşaş şaroitlariga ega boşpana bilan taʼminlanadimi? Huquqlari kafolatlanadimi?
Uçinçidan: Uning maoşi xuddi şu soha böyiça işlayotgan mahalliy kadrlarning maoşi bilan tengmi?
Törtinçidan: Iş izlovçining xavfsizligi taʼminlanadimi?
Beşinçidan: Iş izlovçi tibbiy xizmat bilan taʼminlanadimi?
Iş beruvçi tomonidan şu savollarning barçasiga ijobiy javob olgan yurtdoşlarimiz çet elga ketib işlasa, öz manfaatlarini taʼminlab, haq-huquqlarini himoya qilgan böladi.
Ming afsuski, aksariyat hollarda yurtdoşlarimiz iş beruvçiga bu talablarni qöyib, xorijda qonuniy yöl bilan işlaş örniga çet ellarda iş bilan taʼminlaymiz deb, odamlarning işonçiga kirib, qabih niyatini amalga oşirişga urinayotgan nopok kimsalar va ayrim qöştirnoq içidagi firmalarning aldovi qurboniga aylanmoqdalar.
"Yot ellarning boği bilan boğçasi
Öz yurtimning yantoğiça körinmas”,
-deyiladi xalq qöşiqlarida. Bu – şunçaki öxşatiş emas, asrlar sinovidan ötgan haqiqat, minglab taqdirlar iqrori.Bu iqror zamirida "özga elda totgan boldan öz uyingda - farzandlaring qurşovida tanovul qilingan non totli”, degan ramziy maʼno ham bor.
Şukurki, bugun yurtimiz har jihatdan taraqqiy etib, barça sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erişilmoqda. Şaharu qişloqlarimizda böy tiklayotgan zamonaviy körinişdagi uy-joylar, muhtaşam inşootlar, qurilayotgan yangi-yangi korxonalar – bularning barçasi yurtimizdagi taraqqiyot ifodasi, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş hamda turmuş farovonligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli çora tadbirlar samarasidir.
Bunday çora-tadbirlar natijasida köplab yangi iş örinlari yaratilmoqda. Uşbu iş örinlarida halol va fidoyi mehnat qilib, tinç va osoyişta yurtda, oila bağrida, el-yurtga naf keltirib, Vatan taraqqiyotiga hissa qöşib yaşaş esa har bir inson uçun çinakam baxtdir. Baxtingizni sarobga almaştirmang, azizlar!
Rajabboy YÖLDOŞEV,
tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Jöqorği Kengesi deputati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶