Jayxun ilhomlari
Mirziyoyev uçun ovoz beraman
Çinakam xalqparvar bölgani bois,
El-yurtning dardini bilgani bois,
Söz ila işin bir qilgani bois,
Mirziyoyev uçun ovoz beraman!
U sabab har yonda özgariş bordir,
Qöşni, qardoş yurtlar döst hamda yordir.
Şuning-çun jahonda zör bayroqdordir,
Mirziyoyev uçun ovoz beraman!
Xalqimiz könglini topaoldi-yey,
Kelajakka işonç ruhin soldi-yey.
Barça vatanparvar bölib qoldi-yey,
Mirziyoyev uçun ovoz beraman!
Yangi Özbekiston uçun yöl oçdi,
Olamga ezgulik uruğin soçdi.
Yölimizdan qabih illatlar qoçdi,
Mirziyoyev uçun ovoz beraman!
Işonç zör, ğayrati yanada toşar,
Unga “Oq yöl!” tilar jumlai başar.
Xalqimiz yanada farovon yaşar,
Mirziyoyev uçun ovoz beraman!
Saʼdulla Xöjaniyozov,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.
Prezident saylovi
Saylov bu xalq uçun unutilmas,
Siyosiy jarayon – kelajakka yöl.
Tarixda qoluvçi tarixiy sana –
Prezident saylovi – uluğ voqea.
Xalq bir kuçdir, köp millat qudrat,
Yagona istagi – sinmas adolat.
Xalq baxti ustun yuraklarda –
Prezident saylovi – uluğ voqea.
Yangi umid-orzular bilan,
Kelajakka qadam qöyamiz.
Çin ixlos va işonçlar bilan,
Yangi Kunga ovoz beramiz!
Kel, ey döst, baxtingga parvoz,
Sobit fikring uçun ovoz ber.
Bugun yangi Özbekistonda
Prezident saylovi – uluğ voqea.
Zuhra Ahmedova.
Sabr tilayman
(Bir neça kun içida uç jigarban-didan ayrilgan, ammo sabr bilan yaşayotgan opamga).
Köngilga sabrdan saroy qurdingiz,
Hayot sinovlarin mardona yengib.
Vo dariğ, uç farzand doğin kördingiz,
Qaddingiz dol kabi bukildi, sözsiz.
Hayot çarxpalagi uçoqlarida,
Devona, dalidek pir-pir uçdingiz.
Kun-tunning farqini anglamay giryon,
Farzandlar hajrida tuğyon urdingiz.
Farzandlar umrini sörab Allohdan,
Duoga qöl oçib, jon talaşdingiz.
Ammo ne körgulik, taqdir ekan-da,
Ona yer bağriga bir-bir qöydingiz.
(Bolalarning darddan maʼyus közlari,
Jovdirab qaraydi, najot söraydi.
“Bolamning dardini menga ber”, – deya,
Haqqa yolvoradi telbavor ona).
Biri olti yoşda, biri tört yoşda,
Sönggi bor nafasin oldi tong sahar.
Nega jim turibsan qulamay osmon?
Nega ostin-ustin bölmadi dunyo?
Hur qiz bölib ketgan jon singilginam,
Böyimga böylaşgan közmunçoqqinam.
Seni eslab, har kun jigarlaringning,
Hamon qurimagan közlarida nam.
“Toş emas, boş qattiq”, degan naqlga,
Bugun özim guvoh böldim, yaxşilar.
Sabr tönlarini kiyib uşbu kun,
Yaşayapti yana qança Onalar.
Endi qolgan farzandlar umrini tilab,
Şukur-la boşingiz kötarib yaşang.
Ğam ila anduhga, aslo böy bermay,
Barça alamlarni orqaga taşlang.
Men sizga çin dildan sabrni sörab,
Opa, qarşingizda taʼzim qilaman.
Hayot taşvişlarin quvonçga ulab,
Olam şodliklarin tilab qolaman.
Gözalxon SAPARBOYeVA,
13-sonli maktab öqituvçisi.
Qarilik gaşti
(“Keksalar haftaligi”ga)
Qarilikning nima aybi bor,
Qarilikning gaşti boşqaça.
Faqat buni bilib bölmaydi,
Yaşamasdan qutluğ yoşgaça.
Bir kun yetib kelib hammaga,
Har xil taʼsir qilar odamga.
Bu bir gözal umrning fasli,
Umid bilan boqsang olamga.
Umr ötgani barobarida,
Sezib-sezmay borarsan boyib.
Soçda kumuş,tişlarda oltin,
Qarang – bari qanday ajoyib.
Buyragingda qimmatbaho toş,
Qand aralaş oqar tanda qon.
Har tomçisi boydir temirga,
Butun jisming xuddi şaxsiy kon.
Qayga borsang hurmat-u eʼzoz,
Uy töridan körsatişar joy.
Oldinlari bu eʼtiborni
Körmagansan heçam, hoynahoy.
Bizga bugun berilgan imkon,
Şaroitdan köngillar töldi.
Kunlarimiz ötar mazmundor,
Ğamxörimiz “Mahalla” böldi.
Böş vaqtimiz ötkazmoq uçun,
Tayyor turar bezalgan xona.
Qilmoq bölsa birov şikoyat,
Topa olmas heç bir bahona.
Mayli, şaxmat öyna, mayliga,
Yursang, mana “Çopiş yölagi”.
Çiniqtirib tursang agarda,
Heç bezovta qilmas yuraging.
Har tomondan taʼminot butun,
Kelajakdan dilda yöq hadik.
Davlat şunday eʼtibor bersa,
Boylik erur bizga keksalik.
Köp tengqurlar kelar kökrakda,
Orden hamda medal şodasi.
Bu bizlarga yangi avlodning,
Hurmatining bir ifodasi.
Qarilikdir gumrohlar uçun,
Kötarişga juda oğir yuk.
Johil uçun rutubatli qiş,
Tezroq ötib ketgani tuzuk.
Dono uçun esa umr böyi,
Qilgan mehnat hosilin termak.
Hamda ilm-u tajribasini,
Ösayotgan yoşlarga bermak.
Köp narsani yöqotsak hamki,
Topganimiz haddan ziyoda.
Örnimizni topdik hayotda,
Niyatlar pok, köngil ozoda.
Oila tinç, el-yurt farovon,
Bölsa bizning köngil doim töq.
Bugun Yangi Özbekistonda,
Qarilikdan heç şikoyat yöq!
Ahmad Nafasov.
SEN JANNATDAN YaRALGANSAN, ÖZBEKISTON!
Beşigingda yotar qança Alpomişlar,
Bahodirlar, Vatan, degan mard botirlar.
Yurt dovruğin şu botirlar oşirmişlar,
Alp Vatanga, Vatan Alpga suyanmişlar –
Sen mardlikdan yaralgansan, Özbekiston!
Qizlaring-çi, taʼrifi teng Zuhrolarga,
Barçinlaring doston böldi dunyolarga.
Tömarisni alişmasman Osiyolarga,
Momolarim öxşar mehrigiyolarga –
Sen mehrdan yaralgansan, Özbekiston!
Toğlaringda burgut doim mağrur turar,
Loçinlaring har tomonda kezib yurar.
Çavandoz-u polvonlaring dovruğ surar,
Sening noming aytib, har bir yurak urar –
Şu yurakdan yaralgansan, Özbekiston!
Qora qumğon qaynab tursin öçoğingda,
Bolajonlar yayrab yursin quçoğingda.
Jannat hidi anqib tursin tuproğingda,
Obi-hayot toşib tursin buloğingda –
Sen soflikdan yaralgansan Özbekiston!
Sabr bilan qança sinovlardan ötding,
Zahmat çekib, dorilomon kunga yetding.
Yetimlarning boşin silab, tuzing tutding,
Şular baxti butun bölsin, deya kutding,
Sen sabrdan yaralgansan, Özbekiston!
Bugun öttiz yoşga kirgan öğlondirsan,
Devorlari mustahkam bir qörğondirsan.
Har tarafi jannat bölgan makondirsan,
Yoşlar uçun yaratilgan imkondirsan –
Sen jannatdan yaralgansan, Özbekiston!
M.Örinboyeva,
70-sonli maktab psixologi.
Yomğir...
Yoğavergin, töxtamasdan yoğ,
Ğuborlarim yerga unsiz tökilsin.
Yuragim ezilsa, yiğlaganda goh,
Men uçun osmonlar tinmay yiğlasin.
Hasratdan yuvilsa bu qalbim mening,
Boşimdan haydalsa zimiston osmon.
Balki ovunardi bu könglim mening,
Afsuski... dardlarim içimda hamon.
Ovutgin meni ham, ketsin azobim,
Qorişay sen ila, yomğir bölayin.
Közim namlanganin körmasin heç kim,
Yomğir, sen bilan men birga qolayin.
Yomğir, yoğ, yoğaver, töxtamasdan yoğ,
Aççiq öylarimga nuqta qöyilsin.
Yomğir, yoğavergin, töxtamasdan yoğ,
Dilginamga porloq nurlar quyilsin.
Yomğir, yoğ, yoğaver, töxtamasdan yoğ...
Sunnatulla Ahmadjon.
Amudaryo
Akammiding va yoki inim,
Bir öylamay ötmaydi kunim.
Qadimiy Oks, Köhna Jayhunim –
Sen onamsan, ey Amudaryo!
Quçoğingda esimni tanib,
Yiroqlaşdim hunar örganib.
(Ot qoziğin topar aylanib)
Sen onamsan, ey Amudaryo!
Şum taqdirning şarobi taxir
Olisdaman – örtanar bağir.
Xom suvingni soğindim axir,
Sen onamsan, ey Amudaryo!
Gaplarimni bilmanggiz öyin,
Musofirning soğinçi qiyin.
Şaharlarning qadri bir tiyin,
Sen onamsan, ey Amudaryo!
Öylar sursam, közlarim namdir,
Suving misli “obi-zamzam”dir.
Taʼrifingga mingta şeʼr kamdir,
Sen onamsan, ey Amudaryo!
Komronbek Kamol.
Ona tilim
Ona tilim, jon-u dilim,
Sening bilan biyron tilim.
Ming yillarki, jahon böylab,
Öz dovruğin yoygan tilim.
Alla bölib jaranglagan,
Jonim aro jonsan tilim.
Aslo sendan keçmagayman,
Tomirimda qonim tilim.
Sevinç TÖLIBOYeVA,
2-sonli maktab öquvçisi.
Çiroq
Xonadonlar şiftida,
Yoruğlik tarataman.
Odamlarning könglini,
Şundayin yoritaman.
Çiroqlarning içida,
Elektrni sarflab kam.
Çöğlanma lampalardan,
Tejamkorman, yorqin ham.
Yorqinoy KENJABOYeVA,
11-maktab öquvçisi.
Men sevgan fan
Yulduzlarga tölgan olam,
Xaritaga tölgan xonam.
Astronomiyani körib,
“Qaysi fan?” – deb sörar onam.
Beruniy bobomdan meros,
Xorazmiydan son – asos.
Farğoniy qöygan ixlos,
Sehrli astronomiya.
Yulduzlarning sanoği yöq,
Zuhrodan gözalroği yöq.
Siriusdan-da yoruği yöq,
Sehrli astronomiya.
Belboği bor somon yöli,
Odamzodning yetmas qöli.
Juda issiq Marsning çöli,
Sehrli astronomiya.
Amirxon Tursunboyev,
73-sonli maktab öquvçisi.
Armonim yöq
Armonim yöq dilimda,
Ğovlar yöqdir yölimda.
Ota-onam yonimda,
Baxtga töliq har kunim.
Öqib, bilim olaman,
Yayrab kuçga tölaman.
Jannatmakon Vatanda,
Erkin nafas olaman.
Kuylab baxt qöşiğin,
Tutib hurlik mayoğin.
Şaxdam qadamlar bilan,
Kelajak tomon yurgum.
Vatan boşim silaydi,
Baxt-iqbolim tilaydi.
Imkonimni, kuçimni,
Butun dunyo biladi.
Raʼno Ismoilova.
Oila
Oila – muqaddas, deb,
Aytişadi xalqimiz.
Oiladan boşlanar,
Rizqqa eltar yölimiz.
Oila fariştasi,
Bobo, buvi – keksalar.
Ular mehr riştasi,
Ular bor, baxt yuksalar.
Oila polaponi –
Biz – şirintoy bolalar.
Baxtimizning posboni –
Aziz ota-onalar.
Madina TOJIMURODOVA,
6-maktab öquvçisi.
Maktabim
Bilimga kon özingsan,
Eng muqaddas dargohsan.
Şöxliklarim kötarib,
Qöllaguvçi panohsan.
Bağringda olib taʼlim,
Senda ötar har kunim,
Ota uyimday aziz,
Jonajonim maktabim.
Rayhon Tojiboyeva,
50-maktab öquvçisi.
Kuz
Keçagina yoz edi,
Bugun boğ-u roğda kuz.
Yaşil barglar tökildi,
Tiniqlaşdi suv, hovuz.
Asta boğlar oralab,
Esadi daydi şamol.
Gullar tersam saralab,
Sovuq uribdi. Behol.
Samoda quşlar lak-lak,
Janub tomon uçadi.
Mayin nur elar falak -
Kuzak yerni quçadi.
Malika NORBOYeVA,
42-sonli maktab öquvçisi.
Hunarni sev
Hunarni sev, hunarni,
Hunar senga asqotar.
Hunar bölsa qölingda,
Non topilar yölingda.
Hunarli böl, ilm ol,
Har ikkisi ham zarur.
Ilm-u hunar – baxt-iqbol,
Heç körmassan sen zavol.
Sabina TÖLIBOYeVA,
2-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶