ÖzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça işonçli vakili Abatbay Daniyarov saylovçilar bilan uçraşdi
Mamlakatimizda joriy yil 24-oktyabr sanasida ötkaziladigan muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga keng kölamli tayyorgarlik körilmoqda. Saylov tizimini isloh qiliş va yanada demokratlaştiriş, uning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, milliy qonunçiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uyğunlaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar natijasida bu galgi saylovlar yuksak saviyada ötişi kutilmoqda.
Ayni kunlarda tobora yaqinlaşayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik işlari qizğin pallaga kirgan. Saylovçi sifatida mazkur jarayonlarni kuzatar ekanmiz, nomzodlarning saylovçilar bilan faol tarğibot-taşviqot tadbirlarini samarali taşkil qilayotganiga guvoh bölamiz. Tarğibot-taşviqot tadbirlarining mazmun-mohiyati jihatdan bir-biridan farq qilişi, nomzodlar saylovoldi dasturlarining mazmun jihatdan boyligi hamda ular saylovçilarning faol iştiroki bilan ötkazilayotganini alohida qayd etiş lozim.
16-oktyabr kuni Amudaryo tumani Qiliçboy ovulida Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi işonçli vakili, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Abatbay Daniyarov iştirokida saylovoldi tarğibot-taşviqot tadbiri ötkazildi.
Tarğibot-taşviqot tadbirida partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi raisi Şarap Utemisov, tuman kengaşi masʼullari, boşlanğiç partiya taşkiloti aʼzolari, saylovçilar, fuqarolar yiğinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Tadbir mobaynida işonçli vakil Abatbay Daniyarov eng asosiy eʼtiborini nomzodning saylovoldi dasturi maʼno-mazmunini saylovçilarga yangiça yondaşuv asosida yetkazişga qaratdi.
Işonli vakil taʼkidlaşiça, prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatni yangi taraqqiyot bosqiçiga olib çiquvçi qator yönalişlar böyiça aniq strategik maqsadlar hamda ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, dasturda uzluksiz taʼlim tizimi uçun milliy öquv dasturini joriy etiş, taʼlim sifatini oşiriş va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, soğliqni saqlaş tizimida yuksak natijadorlikka erişiş, aholi örtasida kasalliklarni kamaytiriş, soğlom turmuş tarzini faol tarğib etiş va örtaça umr köriş darajasini oşiriş eng muhim vazifalar sifatida belgilanganini alohida qayd etdi.

Şuningdek, nomzodning saylovoldi dasturida hududlarni mutanosib rivojlantiriş eng ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilanib, tuman va şaharlar kesimida 14 ta beş yillik hududiy dasturlarni amalga oşiriş çoralari körilişi, bunda har bir tuman va şaharning muammo va imkoniyatlari örganilib, “ösiş nuqtalari” belgilab olinişi, şuningdek, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqiçida ixçam, professional, xalqimiz talablariga javob beradigan, adolatli, yuqori natijadorlikka yönaltirilgan davlat boşqaruvi tizimini şakllantiriş borasida ham ustuvor vazifalar belgilangani xususida maʼlumotlar keltirildi.
Tadbirda mehnat faxriysi Amina Yusupova hamda tuman nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekmon Allaberganovlar Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Saylovçilar şonçli vakil Abatbay Daniyarovga nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan qator savollar bilan murojaat qildilar hamda tegişli javoblarni oldilar.
Madamin Kazakov, ÖzLiDeP Amudaryo tuman kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶