14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:53
Siyosat 👁 292

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2024-yil 27-oktyabr kuni mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar oʻtkaziladi. Bu saylovlar demokratik jarayonlarining muhim bosqichi boʻlib, mamlakatda siyosiy hokimiyatning xalqchilligi va shaffofligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ayni kunlarda joylarda siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida ham saylovoldi tashviqoti doirasida Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan koʻrsatilgan nomzodlar, ularning ishonchli vakillari va partiya faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda nomzodlar oʻz saylovoldi dasturlari haqida maʼlumotlar berib, mamlakatning barqaror rivojlanishi yoʻlida bugungi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish, xavfsiz va samarali yashil iqtisodiyotga oʻtish, inson va tabiat uygʻunligi ustuvor boʻlgan barqaror jamiyat barpo etish gʻoyasi ilgari surilgan partiyaning saylovoldi dasturi bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirdilar.

Taʼkidlanganidek, iqlim oʻzgarishi, tabiat muvozanatining izdan chiqishi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solib turgan hozirgi vaziyatni anglagan holda, partiya atrof-muhit barqarorligiga erishish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir inson, oila va mahallaning birlamchi ustuvor vazifasi boʻlishiga erishish uchun harakat qiladi. Partiya sogʻlom kelajakni tizimli ekologik muammolarga yechim topmasdan qurib boʻlmasligiga qatʼiy eʼtibor qaratadi.

Har bir insonning sogʻlom atrof-muhitga ega boʻlishi, musaffo havodan nafas olishi, toza ichimlik suvi, xavfsiz va ekologik toza oziq-ovqat isteʼmol qilishi, kelajak avlodlar uchun munosib Vatan qoldirish uchun bugundan, hozirdan aniq amaliy choralar koʻrish – partiyaning asosiy talabidir.

Bugun dunyoda ekologik xavfsizlik masalasi eng ustuvor vazifaga aylanib ulgurdi. Shu sababli partiya mamlakatimizda iqlim oʻzgarishiga moslashish, suv taqchilligining oldini olish, choʻllanishga qarshi kurashish, oziq-ovqat taʼminotida barqarorlikka erishish, atmosfera havosining sifatini yaxshilash kabi masalalarni ekologik xavfsizlikning asosi deb biladi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi “Tabiat uchun birlashaylik” shiorini ilgari suradi va tabiatning bugungi ovoziga quloq tutishga chaqiradi. Barchani sogʻlom va barqaror kelajak sari, koʻz oldimizda namoyon boʻlib turgan tizimli ekologik muammolarga qarshi hayotiy yechimlarga erishish tomon boshlaydi.

Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan partiya masʼullari va deputatlikka nomzodlarga murojaat qilib, javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019