Imkoniyati çeklangan yoşlar örtasida şaxmat-şaşka sport musobaqasi ötkazildi
Mamlakatimizda nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilib, bu masala davlat siyosati darajasiga kötarildi.
Aholining uşbu qatlamini manzilli ijtimoiy himoya qiliş, keksalar, pentsionerlar, nogironligi bölgan bolalar va kattalarga tibbiy-ijtimoiy yordamning barqaror tizimini yaratiş işlari jadal davom etmoqda. Özbekiston Respublikasining «Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida»gi yangi Qonun nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştirişda muhim huquqiy asos böldi.
2021-yil 8-oktyabr kuni Amudaryo tumani muhandislik texnikumida Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi taşabbusi bilan imkoniyati çeklangan, individual taʼlim olayotgan 12-17 yoş öquvçilar örtasida ularning sport va jismoniy tarbiyaga qiziqişlarini yanada oşiriş, hayotda öz örnini topişlariga kömaklaşiş maqsadida tadbir hamda sportning şaxmat-şaşka turlari böyiça sport musobaqasi ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengaşi raisi Maqsud Saʼdullayev, tuman hokimligining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça mutaxassisi Dilmurod Rahimov, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletov, tuman Xalq taʼlimi bölimi psixolog-metodisti Jasorat Atajonov, şaxmat-şaşka sport öyinlarini kuzatib boruvçi sport murabbiysi Zafarbek Qurbonov, tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyevalar hamda jamiyat aʼzolari iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqan tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyeva mamlakatimizda imkoniyati çeklangan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga, ularga jamiyatda öz örinlarini topişlariga kömaklaşişga alohida eʼtibor qaratilayotgani hamda bu borada keng imkoniyatlar va şart-şaroitlar yaratilayotgani xususida söz yuritdi.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqanlar sportning inson salomatligi uçun, ayniqsa, şaxmat-şaşka sport turi inson aqliy faoliyatini mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, öquvçilarni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam şuğullanib borişlariga daʼvat qildilar hamda oldindagi şaxmat-şaşka musobaqasida öquvçilarga omad tiladilar.
Şaxmat-şaşka sport öyinlari baxs-munozara boy hamda murosasiz tarzda ötdi. Öquvçilar ğoliblikni qölga kiritiş uçun astoydil intildilar. Musobaqalar yakunida iştirokçilar hamda ğoliblar masʼullar tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Taʼkidlaş kerakki, bu kabi uçraşuvlar hamda sport öyinlarning taşkil etilişi, imkoniyati çeklangan yoşlarning individual qobiliyatlarini yuzaga çiqarişlariga, öziga bölgan işonçlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi, şubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶