ELIMIZNING PIR-U BADAVLAT ONAXONLARI EʼZOZLANDI
Amudaryo tumanida Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida “Keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom” ğoyasi ostida 4-10-oktyabr kunlari “Keksalar haftaligi” ötkazildi.
Haftalik doirasida tumanda istiqomat qilayotgan nuroniylarning holidan xabar oliş, ularni maʼnaviy va jismoniy qöllab-quvvatlaş, hurmat-ehtirom körsatiş va eʼzozlaş böyiça qator tadbirlar ötkazildi.
Jumladan, haftalik doirasida Tölqin ovul fuqarolar yiğinining yangi binosi oçiliş marosimi ötkazilib, ovul hududida istiqomat qiluvçi ikkinçi jahon uruşi front ortida mehnat qilgan nuroniylar holidan xabar olinib, “Bir piyola çoy ustida dilkaş suhbatlar” tadbiri taşkil etildi. Şuningdek, Qiliçboy mavzesidagi Xizr eli mahallasida, Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida va tumanimizning köplab ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida “Diydor şirin” mavzusida adabiy-musiqiy va maʼrifiy tadbirlar taşkil etilib, nuroniylar bilan fayzli dasturxon atrofida davra suhbatlari bölib ötdi.
Haftalik doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi Iqtidorli bolalar maktabida keksalar örtasida turli sport musobaqalari, xususan, şaxmat-şaşka, stol tennisi musobaqalari, “Keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş – xalqimizga xos ezgu fazilat” ğoyasini özida mujassam etgan “Yangi Özbekistonni barpo etişda nuroniylarning örni” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilib, tumanimiz mahallalarida yaşovçi 90 va 100 yoşdan oşgan, ikkinçi jahon uruşi fronti orqasida mehnat qilgan nuroniylar bilan suhbatlar uyuştirildi.
Tumandagi Çoyköl hamda Xizr eli mahallalarida istiqomat qiluvçi 100 yoşdan oşgan momolar holidan xabar olindi, ularga sovğa-salomlar beriş bilan birga salomatligi közdan keçirilib, tibbiy körikdan ötkazildi.
Çoyköl ovulidagi Xadiça momo Bekanova ötgan asrning 1915-yilida tavallud topganlar. Hayotining asosiy qismini qişloq xöjaligi sohasiga bağişlangan momo sobiq ittifoq davrida kolxozlaştiriş yillarining faqat qöl mehnati bilan bajariladigan barça yumuşlarida jasorat va matonat bilan mehnat qildi. Ariq-zovurlarni qaziş, paxtani qölda ekiş, qöş haydaş kabi oğir qöl mehnatlarida toblangan momo bugungi kunda nevara-çevaralari, el-yurt ardoğida. Prezident Farmoni bilan 2020-yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan Xadiça momo Bekanova 106 yoşni qarşilamoqda.
Xizr eli mahallasida istiqomat qiluvçi, pir-u badavlat onaxon Parda momo Bekniyozova ham ikki asr yuzini körgan nuroniy onaxonlardan 106 yoşga tölgan Parda momo Bekniyozova hamon bardam va tetik.
Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi xodimlari “Keksalar haftaligi” doirasida “Elimizning pir-u badavlatlari” şiori ostida Çoyköl ovuli va Xizr eli mahallalarida bölişib, Xadiça momo va Pardaxon momolar holidan xabar olişdi.
Köpni körgan, pir-u badavlat onaxonlar bilan dildan, samimiy suhbat qurişib, ularning ibratli umr hikoyalaridan bahramand bölişdi hamda onaxonlarga sovğalar hadya etişdi. Şu bilan birga nuroniy onaxonlarni tibbiy körikdan ötkazişdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶