16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 21:16
Jamiyat 👁 462

ChORDARA MAHALLASI ONAXONLARI SUMALAK SAYLIDA JAM BOʻLDILAR

ChORDARA MAHALLASI ONAXONLARI SUMALAK SAYLIDA JAM BOʻLDILAR

Bahor. Bu faslni qish boʻyi orziqib kutamiz. Oilaviy hayotimizga oid ezgu ishlarni aynan shu fasl bilan bogʻlagimiz keladi. Yaqinlarimizga bildiradigan samimiy tilaklarimizning ham mazmun-mohiyatiga bahoriy istaklar singdiriladi. Boisi bu faslning inson yuragiga orzu, quvvat, umid bagʻishlovchi qudrati bor. Bu – uning yashilligida, unib-oʻsishida namoyon! Hali ariqlarda suvlar jildiramay, yerga oftobning tafti tushmay turib, bahorga intiq koʻngillar biri-biriga  talpinadi, dillar yaxshilik yoʻliga chogʻlanadi. Martning izgʻirin shamollarini mensimagan koʻngillar jamlashadi. Axir yerdan namxush hid taralayotir, quyosh bilan ona zamin oraligʻida ajib hovur koʻtarilayotir. Sumalak payti keldi!

Amuning donishmand momolari ana shunday paytda bahorning ilk taomi – Sumalak sayliga taraddudni boshlaydilar. Sumalakka intiq koʻngillar dahsar qozonlar boshida jam boʻlib, azaliy qadriyatlar ogʻushida yashnab-yasharib ketgan  kelinposhshalar esa ishga shaylanadilar. Mart oyining ilk kunlaridanoq Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasida boshlangan sumalak sayli mahalladan-mahallaga oʻtib, naq 10 kun davom etdi.

13-mart kuni Chordaralik onaxonlar ham jam boʻlishib, dahsar qozonlarga olov qalashdi. Shu kuni katta umid, ezgu niyatlar bilan bugʻdoy undirgan onaxon Gulandom ena Yangiboyeva va onaxonning umr yoʻldoshi Rahmatulla ogʻalar mahallaning chaqqon, saranjom-sarishta kelinlarini sumalak sayliga chorlashdi. Mahallaning pir-u badavlat onaxoni, 80 yoshli Momojon enaning fotihasi bilan jamul-jamlikda bu taomning tadorigi boshlab yuborildi.

Fotihadan soʻng, qozon tagiga olov qalandi. Biri-biridan chaqqon va orasta kelinlar Rohatoy, Gulchehraxon, Dilnozaxon, Feruzaxon va Sayyoraxonlar Jumagul momo boshchiligida bugʻdoy maysalarini kelida tuydilar. Dilshodaxon, Zulfiyaxon va Manzuraxonlar yanchilgan bugʻdoy maysalarining  sutini siqib olib, dokadan oʻtkazdilar. Bugʻdoy sutiga bugʻdoy uni chayildi. Rahmatulla ogʻa boshchiligidagi yigitlar Bahodirjon, Muzaffar, Shavkat va Azimjonlar peshma-pesh oʻtin yorib, kelinposhshalarga koʻmakdosh boʻldilar. Gurillab yonayotgan olov taftida qaynagan qozon yuzasi avval oppoq koʻpiklandi, soʻng tiniqlashdi. Qaynagan sari yuzi ochilishib borayotgan sumalak toʻla qozonni kovlayotgan kelin-u qizlarning quvonchi yanada ortdi.
Sumalak sayli bahona, chordaralik onaxonlar, kelin-u qizaloqlar, jajji bolajonlar rosa yayradilar. Chillak, qocharmon, chakma-chak kabi xalq oʻyinlari qizigandan-qizidi. Koʻngillarni oʻstirgan laparlar, oʻlanlar, sumalak taomi bilan bogʻliq rivoyat-u afsonalar yana xotiralarda boʻy tikladi.

Sumalak saylining gashti ham shunda. Biri oʻlan aytgan, biri lapar kuylab, yosh-yalanglarni oʻyinga chorlagan lahzalar bahorning oʻziga xos jilvalariga, sumalakning xushboʻyi va kurtak yozayotgan dov-daraxtlarning, maysalarning  ajib iforiga qorishib ketadi.

Chordaralik onaxonlar bosh boʻlgan sumalak sayli ana shunday totli lahzalarga boy boʻldi. Chor-tarafga xushboʻy taratib pishgan sumalak dasturxonlarga tortilmasdan avval mahallaning eng keksa onaxoni Momojon enaga, qoʻni-qoʻshnilarga tortiq qilindi. Sumalak barchaga yetdi, shirin taʼmi bolajonlarga quvonch bagʻishladi.

Koʻngillarni birlashtirgan sumalak sayli chordaraliklar qalbida bobomeros urf-odat va anʼanalarga nisbatan cheksiz mehr uygʻotdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019