DÖSTLIK MFYNING PIR-U BADAVLAT ONAXONLARI IŞTIROKIDA “ONALAR ÖGITI” TADBIRI ÖTKAZILDI
Mahalla – qadriyatlar beşigi. Insonlarning özaro mehr-oqibatlari, muomala-munosabatlari, maʼnaviy qiyofasi, middiy-axloqiy fazilatlari mujassam makon. Bu makonda begona yöq, hamma biri-biriga döst-u qadrdon, mehribon. qöşni-qöşnisiga qayişgan, töy-marosimlarida jam-ul jam bölişib, quvonç-u taşvişlariga yelka tutişgan ahil jamiyat.
Ana şu ahillikni yanada mustahkamlaş, özlari yaşayotgan mahalla nufuzi, oilalar obrö-eʼtiborini oşiriş maqsadida mahallalardagi işçi komissiyalari va jamoatçilik tuzilmalari aʼzolari barça muammoli masalalarda hamfikr va hamkordirlar. Ayniqsa, xotin-qizlar bilan işlaş komissiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan ibratli işlar tufayli mahallalar hududlari tobora obodonlaşib, oilaviy nizolar, özaro qöydi-çiqdilarga barham berilayotgani eʼtiborga molik. Bu kabi köngillarga manzur holatga biz Manğit şahrining Döstlik mahalla fuqarolar yiğinida joriy yilning 20-iyun sanasida bölib ötgan davra suhbatida guvoh böldik.
Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli yoşlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida ötkazilgan “Onalar ögiti” mavzusidagi davra suhbatida Döstlik mahallasining obröli, el-yurt hurmatiga sazovor onaxonlari, köçalar böyiça katxudo, köçaboşçi ayollar “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, “Oqila ayollar” harakati yetakçilari hamda yoş ayol-qizlar iştirok etdilar.
Davra suhbatini Döstlik MFY xotin-qizlar faoli Şoira Xudoyberganova boşlab berdi. U Döstlik MFYda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, oilaviy nizolarning oldini olişda jamoatçilik tuzilmalarining ahamiyati, xususan, MFY huzuridagi “Oqila ayollar” harakati, Ayollar masalahat Kengaşi aʼzolari tomonidan amalga oşirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-tarbiyaviy işlar haqida töxtalib, köpni körgan, pir-u badavlat onaxonlarimizning saʼy-harakatlari tufayli yoşlarni, turmuşga tayyorlaş, yoş oilalarning mustahkamligini taʼminlaş borasida quvonarli yutuqlarga erişilayotgani haqida söz yuritdi. Darvoqe, Döstlik MFY hududi va aholi soni jihatidan Manğit şahridagi katta mahallalardan biri sanaladi. 570 xonadon tarkibidagi 912 ta oilada 3781 nafar aholi istiqomat qiladi.
Aholining 1928 nafarini ayol-qizlar taşkil etadi va ularning asosiy qismi yoşlardir. Mahallada 12 ta köça bölib, har bir köçaga ayollardan ham köça boşçilari saylangan. 15 nafardan iborat aʼzosi bölgan Ayollar maslahat Kengaşi, 12 nafar ibratli oilalar bekalaridan iborat “Oqila ayollar” harakati aʼzolari özaro hamkorlikda iş olib borişlari tufayli sönggi bir neça yil davomida mahallada notinç oilalar, şuningdek, oilaviy ajralişlar keskin kamaydi. “Onalar ögiti” davra suhbatida iştirok etgan “Yuksak maʼnaviyatli yoşlar – kelajak poydevori” loyihasi koordinatori, “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalarining maxsus muxbiri, jurnalist Robiya Yöldoşeva bugungi davr taqozosidan kelib çiqib, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda pir-u badavlat onaxonlarning maslahat va ögitlariga amal qiliş köpdan-köp oilaviy mojarolarga yeçim topiş imkonini berayotgani, yoşlar ana şunday aziz va nuroniy onaxonlardan ibrat olişga intilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Ayniqsa, köpni körgan, hayot sinovlarini mardonavor yengib ötgan nuroniy onaxonlar hayoti yoşlar uçun haqiqiy maʼnaviyat maktabi vazifasini ötayotganini hayotiy misollar orqali tadbir iştirokçilariga sözlab berdi. Davra suhbatida “Oqila ayollar” harakati yetakçisi Şukurjon Ermatova yoş kelin va qaynonaning özaro munosabatlari, ular örtasidagi ayrim ziddiyatlar, şu barobarida bu kelişmovçiliklarning kelib çiqiş sabablari xususida öz fikrlarini bildirib, kimmatli maslahatlarini berdi. Köça boşçisi Gulbahor Örozmetova, köça boşçisi va “Oqila ayollar” harakati aʼzosi Gulnora Nurullayeva, mahalla faollaridan Örozgul Tilovmurodovalar, özlarining yoşlar tarbiyasi, oilaviy ajraşişlarning oldini oliş, bugungi yoş qizlarning özini tutişlari, kiyiniş madaniyati xususidagi fikrlari bilan örtoqlaşdilar va yoşlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş böyiça özlarining hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, zarur tavsiya va qimmatli maslahatlarini berdilar.
Mahmudjon Şomurodov, Ravşan Bahromov, Amudaryo televideniyesi muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶