14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:47
Siyosat 👁 843

TUMAN PROKURORI “DOʻSTLIK” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARINI TINGLADI

TUMAN PROKURORI “DOʻSTLIK” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARINI TINGLADI

Inson manfaatlarini taʼminlash, xalq bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolariga tezkor yechim topish — bugungi kunning asosiy talabidir. Rahbarlarning xizmat xonalaridan chiqib, bevosita mahallalarga kirib borishi aholining roziligini olish va qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda. Amudaryo tumani Prokurori tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham ana shunday amaliy tadbirlardan biri sifatida xalq va davlat organi oʻrtasidagi ishonch koʻprigi vazifasini bajardi.

Tumanning “Doʻstlik” mahallasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tuman prokurori Bahrom Masharipov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabulda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etib, oʻzlarini qiynayotgan muammo va takliflarini toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga yetkazish imkoniga ega boʻldilar.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan qabul davomida fuqarolardan turli mavzu va yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning salmoqli qismini mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalari tashkil etdi. Xususan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiyasi taʼminotidagi barqarorlik va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash boʻyicha haqli talablar ilgari surildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami tomonidan mehnat va bandlik masalalari, xususan, ishga joylashish, ijtimoiy yordam olish hamda turmush sharoitini yaxshilash, yaʼni uy-joy taʼmiri yoki moddiy koʻmak masalalari yuzasidan qilingan murojaatlar ham diqqat bilan tinglandi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan har bir masalaga tuman prokurori tomonidan alohida yondashilib, ularning yechimi boʻyicha qatʼiy choralar koʻrildi.

Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish va mablagʻ talab qiluvchi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va idora rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi. Barcha topshiriqlarning ijrosi prokuratura organlari tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Tadbir faqat muammolarni tinglash bilan cheklanib qolmadi. Unda huquqiy targʻibot ishlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Prokuror tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, yangi qabul qilingan farmon va qarorlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Fuqarolarni qiziqtirgan savollar yuzasidan joyida huquqiy maslahatlar koʻrsatildi.

Prokuratura organlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida qonun ustuvorligini taʼminlovchi muhim institut sifatida faol ishtirok etadi. Ushbu organlar davlat dasturlari, investitsiya loyihalari hamda mahalliy byudjet mablagʻlarining qonuniy va samarali sarflanishini doimiy nazorat qilib boradi. Natijada moliyaviy intizom mustahkamlanib, korruptsiya holatlarining oldi olinadi.

Prokuratura tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Asossiz tekshiruvlarni cheklash, maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish orqali ishbilarmonlik muhiti yaxshilanadi, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga sharoit tugʻiladi. Bu esa aholi bandligi va daromadlarining oshishiga xizmat qiladi.

“Doʻstlik” mahallasida oʻtgan sayyor qabul davomida prokuratura organlarining ushbu qonuniy vakolatlarini amalga oshirish doirasida qilinayotgan ishlar haqida ham keng turda maʼlumotlar berildi. Mazkur sayyor qabul aholi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashga, eng muhimi, odamlarning ogʻirini yengil qilishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019