SOFLOM VA MAʼNAN YeTUK AVLOD – YuRT KELAJAGINI YaRATADI
Yangi Özbekistonda sport-soğlomlaştiriş sohasi siyosat darajasiga kötarildi, desak aslo mubolağa bölmaydi. Ayni davrda yurtimizda soğlom turmuş tarzi böyiça boşlangan işlar, ommaviy sportni tarğib etiş çora-tadbirlari yangi bosqiçda rivojlanmoqda.
Prezidentimizning bu boradagi Qaror va Farmonlari ijrosini taʼminlaş böyiça tuman Turizm va sport bölimi tomonidan tegişli idora-taşkilotlar hamkorligida turli xil tadbirlar yölga qöyilgan.
Hozirgi kunda tumanda Bolalar-ösmirlar sport maktabi va uning Olmazor, Döstlik, Çordara mahallalaridagi sport inşootlarida 18 ta sport turi böyiça maşğulotlar ötkaziladi. Şulardan 12 tasi olimpiya sport turlari hisoblanadi. Mavjud 134 ta guruhlardagi 1386 nafar şuğullanuvçilarga 58 nafar mohir murabbiy-trenerlar sport sirlarini örgatişadi. Maxsus sertifikatga ega uşbu trenerlarning 19 nafari 1-toifali, 29 nafari 2-toifali bölib, sport ustaligiga nomzodlar 20 nafarga yetdi.
Ötgan öquv yilida barça sport turlaridan 35 ta sport musobaqalari ötkazilib, 720 nafar şuğullanuvçilar qatnaşdi hamda Özbekiston çempionati va kuboklarida jami 60 ta, şundan 12 tasi oltin, 31 tasi kumuş, 17 tasi bronza medallarni qölga kiritdilar.
Turli musobaqalarda sport inşootlaridan samarali foydalaniş, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga, harakatli öyin turlarini ommalaştirişga hamda jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga zamin yaratadi. Ertamiz egalarini sportga qiziqtiriş, ularning salohiyati, intilişlarini yuzaga çiqariş va yetarli şaroit yaratiş esa bizning eng asosiy vazifamiz.
Ğ.Kurbanbayev,
tuman Turizm va sport bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶