EKSPORTBOP ANOR VA UZUM MAHSULOTLARINI YeTIŞTIRIŞGA BAĞIŞLANGAN KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Prezidentimizning 2021-yil 15-iyuldagi Qarori bilan tasdiqlangan 2021-2024-yillarda ösimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantiriş böyiça “Yöl-xaritasi”ning 25-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan joriy yilning 20-sentyabridan 5-oktyabriga qadar “Dolzarb ön beş kunlik” deb belgilandi.
Bundan respublika hududlarida yetiştirilgan anor va xurmo mevalari tez kunlarda pişib yetilişini hamda eksport jarayonlari boşlanişini inobatga olib, uruğ hamda danakli meva boğlariga jiddiy zarar yetkazadigan, eksport hajmining kamayişiga sabab bölişi mumkin bölgan “komstok qurti” va “anor mevaxöri” zararkunandalariga qarşi uyğunlaşgan tarzda kuraşni taşkillaştiriş, şuningdek, bu haqda keng jamoatçilik orasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş kabi maqsadlar közlangan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman bölimi tomonidan mazkur “Dolzarb ön beş kunlik” doirasida fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari hamda boğbonlar iştirokida seminar taşkil etildi. Unda sözga çiqqanlar, “komstok qurti”, “anor mevaxöri” hamda qişlovga ketadigan boşqa zararkunandalar va kasalliklar manbalarini yöqotişga qarşi ötkaziladigan kuraş tadbirlari böyiça taklif va tavsiyalarini berişdi. Şuningdek, seminar davomida mevali daraxtlarga tutqiç belboğlarini boğlaş usuli körsatildi hamda uning zararkunandalarni aniqlaşdagi afzalligi tuşuntirildi.
Xususan, mahalliy şaroitda tutqiç belboğlarning foydasi kattaligi taʼkidlandi. Tutqiç belboğlar daraxtlardan yerga tuxum qöyiş va keyin daraxtlarga çiqiş uçun hararkatlanayotgan zararkunandalarni tutiş hamda ularni yöq qiliş maqsadida örnatiladi. “Komstok qurti” tut daraxtidan taşqari, şaftoli, behi, nok, olma, tok mevalarida oz bölsa ham uçrab turadi. U ösimliklarning tanasi, poyalari, şoxlari, barglari, kurtaklari, şona, ğunça, gullari, mevalariga va 5-6 santimetr çuqurlikda tuproqdagi ildizlarining yuqori qismiga zarar yetkazadi. “Komstok qurti” Özbekistonga 1939-yilda Yaponiyadan keltirilgan tut köçatlari bilan kirib kelgan.
Seminarda bu zararkunandaga qarşi kuraş çoralarining eng afzali biologik usuldir. “Komstok qurti”ning kuşandasi bölgan psevdafikusni köpaytirib, zararlangan hududlarga tarqatiş lozim böladi. Agrotexnika tadbirlarini öz vaqtida ötkaziş, begona ötlar, kuzda xazonlarni va qurigan şox-şabbalarni yiğiştirib, yoqib taşlaş, ekiladigan yangi köçatlarni maxsus xonalarda dezinfektsiya qiliş şartligi tuşuntirildi.
Hozirgi kunda butun Özbekiston Respublikasida yetiştirilayotgan anor mevalari xavfli zararkunanda hisoblangan “anor mevaxöri”dan kuçli zararlanmoqda. Bu esa mamlakatimizda, şuningdek, respublikamizning barça tumanlarida yetiştirilayotgan anor mevalarining eksportbopligini pasaytirmoqda.
“Anor mevaxöri” daraxtdagi gul, şona va mevalarni butun vegetatsiya mavsumi davomida zararlaydi. Baʼzan anor daraxtlarining pöstloqlariga ham zarar yetkazib, ularni quvvatdan ketkazib qöyadi.
Şu bois uşbu zararkunandaga qarşi kuraş usullarini darhol qöllaş tavsiya etiladi. Agrotexnik kuraş çoralarida kuzda xazon barglarini töplab, kömiş, daraxt atroflari va taglarini çopiq qiliş, tökilgan mevalarni muntazam terib oliş, daraxt taglarini oqlaş yaxşi samara beradi.
Ayni paytda tumanimizda 815 gektar mevali boğlar mavjud. Uşbu mevazor boğlarning 290 gektari tokzorlardan iborat 2021-yil bahorida tumanimizda yangidan 500 gektar maydonda yangi boğlar barpo etilib, barça mevazor boğlarda mavsumiy agrotexnik tadbirlar öz vaqtida amalga oşirildi.
“Amu anorlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda “Manğit Omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli anorzor va tokzorlarda ötkazilgan körgazmali seminarda tumanimizdagi dehqon va fermer xöjaliklari rahbarlari hamda boğbonlariga kuzgi zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraşiş, bu zararkunandalarni qişlovga ketişdan oldin yöq qiliş çoralari hamda qöllaniladigan inʼektsiya, bu inʼektsiyalar bilan boğlarga işlov beriş usullari hamda muddatlari amalda körsatilib berildi.
Öz navbatida boğdorçilik böyiça fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari hamda mevazor boğlarga masʼul boğbonlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Iştirokçilarning savollariga Qoraqalpoğiston Respublikasi ösimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bölimi mutaxassislari batafsil javob berdilar.
“Dolzarb ön beş kunlik” doirasida bölib ötgan mazkur körgazmali seminar tumanimizda boğdorçilikni rivojlantiriş, ayniqsa, sifatli, eksportbop va uzum mahsulotlarini yanada köpaytirişga yönaltirilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶