MANĞIT DEHQON BOZORIDAGI DÖKONLAR, BAYRAM YaRMARKASIDAGI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI NAZORAT QILINDI
Mamlakatimizda aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida hukumatimiz tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtinçalik asosda faoliyat körsatadigan hamda savdo rastalari, savdo örinlari va turğun savdo şoxobçalaridan foydalangan holda keng turdagi qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta işlaşdan olinadigan mahsulotlarining çakana savdosi uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Bozorda savdo qiluvçi xususiy tadbirkorlik subʼektlari, yakka tadbirkorlar zimmasiga soğlomligi xususida tibiiy maʼlumotga ega böliş şuningdek, öz savdo hududini ozoda, sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq tutiş, yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlarni savdoga çiqarmaslik, xaridorlar bilan xuşmuomalalik bilan savdo qiliş majburiyati yuklangan.
Bu qoidalarga rioya etilişi esa tegişli taşkilotlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Boisi orastalik bölmagan hududda oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlari sotilişi yoxud yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlarning sotilişi aholi orasida turli ovqatdan zaharlaniş holatlarini keltirib çiqişi mumkin.
Joriy yilning 27-dekabrida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining bir guruh xodimlari tuman Dehqon bozori hududidagi Yangi yil bayrami munobabati bilan taşkil etilgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududidagi savdo örinlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qildilar.
Qayd etiş lozimki, Yangi yil bayrami munosabati bilan aholini xavfsiz va arzon oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaş uçun taşkil etilgan yarmarka iş boşlaganidan to faoliyati yakunlangunça uşbu savdo örinlarida, bozor hududida sifatsiz mahsulotlar savdoga çiqarilişining oldini oliş uçun tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlaridan uç nafarining har kuni doimiy ravişda nazorat olib borişi belgilangan.
Mazkur nazorat tadbirida bölim oliy toifali şifokori Munavvar Kaşkarova, şifokor yordamçilari Bahodir Xolmurodov, Komil Bozorboyevlar Manğit dehqon bozori hududi veterinariya-sanitariya laboratoriyasi laboranti Olimjon Naʼmatullayev hamrohligida qatnaşdilar.
Tadbir davomida bozor hududidagi dökonlarda va bayram yarmarkasidagi savdo örinlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddatiga amal qilinişi közdan keçirildi. Uşbu jarayonda sifatsiz, muddati ötgan mahsulot sotilişi natijasida uni isteʼmol qilganlar botulizm kasalligiga çalinişi va turli darajada ovqatdan zaharlanişi mumkinligi keng tuşuntirildi. Şuningdek, savdo qilayotgan xaridorlarga ham mahsulotni yaroqlilik muddatini öqib, sifatli ekanligiga işonç hosil qilgaç, xarid qiliş lozimligi tarğib etildi.
Hammamiz intiqib kutgan Yangi yil bayrami yaqinlaşmoqda. Xalqimiz quvonçli damlarini, bayramlarni yaqinlari, döst-birodarlari bilan birga nişonlaşga odatlangan. Taşrif buyuruvçilarga dasturxon yozib, borimizni tökamiz, totli neʼmatlar qöyamiz. Albatta, bunday vaqtlarda ovqatdan zaharlaniş kabi köngilsiz hodisalar sodir bölmasligi uçun masʼul taşkilotlar xodimlari xizmatda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶