Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi
Joriy yilning 20-sentyabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari, "Adolat" sotsial demokrtik partiyasi fraktsiyasi rahbari, deputat Zuhra Ibragimova, Soğliqni saqlaş masalalari qömitasi deputatlari Mavluda Adhamjonova, Nuriya Aytjanovalar, şuningdek, tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tumani kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, korxona va taşkilotlar rahbarlari, siyosiy partiya rahbarlari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, imom-xatiblar, şifokorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Yiğilişni tuman hokimining 1-örinbosari Maʼmur Temirboyev olib bordi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi “Inson aʼzolari va töqimalarining transplatatsiyasi töğrisida”gi qonuni loyihasining mazmun-mohiyati hamda sohada olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadlari xususida söz yuritildi.
Majlisda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari, "Adolat" sotsial demokrtik partiyasi fraktsiyasi rahbari, deputat Zuhra Ibragimova sözga çiqib, 2021-yil 16-sentyabr kuni Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilimiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari va Xalmuratov nomidagi respublika köp tarmoqli tibbiyot markazi mutahassislari iştirokida Qoraqalpoğiston Respublikasi tibbiyoti tarixida birinçi marotaba buyrak köçirib ötkaziş operatsiyasi muvofaqqiyatli amalga oşirilganligi taʼkidlab ötdi. Uşbu murakkab jarrohlik amaliyotida Amudaryo tumani Kuyuk köpir ovulida yaşovçi 23 yoşli Öktam Tursunbayevga akasi Davron Mamirovning bir buyragi muvaffaqiyatli köçirib ötkazilgan bölib, hozirda har ikkalasi yurtdoşimizning ham ahvoli yaxşi. Deputat öz sözida “Inson aʼzolari va töqimalarining transplatatsiyasi töğrisida”gi qonun loyihasi 25 ta moddadan iborat bölib, ularda nazarda tutilgan asosiy tamoyillar, belgilangan vazifalar haqida söz yuritdi.
Aytiş kerakki, bugungi kunda mamlakatimizdagi köplab davolaş muassasalarida inson aʼzolari va töqimalari bilan boğliq nozik va murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Bunda sohaning moddiy-texnik bazasi va tibbiy kadrlar salohiyati davr bilan mutanosib ravişda takomillaştirib borilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Soğliqni saqlaş masalalari qömitasi deputatlarining taʼkidlaşiça, Özbekiston Respublikasi “Inson aʼzolari va töqimalarining transplatatsiyasi töğrisida”gi qonuni loyihasiga köra inson aʼzolari, töqimalari va hujayralarining olinişi, tayyorlanişi, saqlanişi, yuborilişi va transplantatsiyasi faqat soğliqni saqlaş vazirligining tegişli ruxsatnomasiga ega davlat soğliqni saqlaş muassasalari tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.
Şuningdek, mazkur hujjat bilan tana aʼzolari, töqima va hujayralari boşqalar uçun xavfli kasalliklar röyxatiga kiritilgan xastalikka çalingan donorga tegişli aʼzolarning köçirilişi taqiqlanişi kabi tana aʼzolari köçirilişi bilan boğliq boşqa köplab holatlarning ham tartibga solinişi xususida maʼlumotlar keltirdilar.
Yiğilişda kun tartibidagi masala yuzasidan yiğilganlarning savollariga javoblar berildi hamda takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği Fahriddin Abdullayev hamda qator tajribali şifokorlar mamlakatimiz tibbiyot sohasi rivojini yangi bosqiçga kötarişda muhim ahamiyat kasb etişi kutilayotgan mazkur qonun loyihasi yuzasidan özlarining takliflarini hamda fikrlarini bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶