21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 287

TOMORQAChILIK VA DEHQON XOʻJALIKLARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

TOMORQAChILIK VA DEHQON XOʻJALIKLARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Yurtimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanishi holati oʻrganilib, natijalarga koʻra ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmoqda.

20-sentyabr kuni tuman hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilish ham aynan shu masalalarga bagʻishlandi. Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari qoʻllab-quvatlash jamgʻarmasi bosh mutaxassisi Elmurod Bozorov, Qoraqalpogʻiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi oʻrinbosari Dusinboy Oʻtarboyev hamda boshqa tumanlardagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raislari, Agro bank, Xalq banki, Mikrokreditbank boshqarmalari mutaxassislari va tuman boʻlimlari boshliqlari ishtirok qildilar.

Yigʻilishda hududlardagi dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, yerlarga ishlov berilishi, urugʻlar, koʻchatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi kabilar holati, bu borada amalga oshirilgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Soʻzga chiqqan masʼullar tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish borasidagi samarali chora-tadbirlar, tajribalar xususida fikr almashishdi.

Taʼkidlash joizki, Amudaryo tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan bugungi kunda aholining tomorqalardan samarali foydalanishlariga yaqindan koʻmak va tavsiyalar berib kelinmoqda. Tumanda jami 39 ming 406 nafar tomorqa yer egalari, 295 ta dehqon xoʻjaliklari mavjud boʻlib, ularda  6652,2 gektar ekin yerlari mavjud.  Mazkur yilda kelgusi yil hosili uchun 1141,2 gektar kuzgi piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarining ekilishi rejalashtirilgan.

Tumanda bugungi kunda aholi tomorqalarida 13,9 gektar tomorqa yer maydonida 1183 ta issiqxonalar tashkil qilindi. Mazkur yilda 49 ta ovul va mahallalarda  aholi tomorqalarida 1-1,5 sotixli 6,3 gektar yer maydonda 486 ta ixcham issiqxonalar barpo etildi. Undan tashqari, "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida 2020-yilda 21 ta mahalla, 2021-yilda tumandagi jami mahallalar ixtisoslashtirildi. Joriy yilda Amudaryo tuman hokimi qarori bilan “Meva-sabzavot ishlab chiqarish kooperatsiyalari” tashkil etish uchun umumiy yer maydoni 27 gektar  2 ta ishlab chiqarish kooperatsiya tashkil qilindi.

Yil davomida tumandagi 12 ta mahallada yengil konstruktsiyali “dala doʻkonlari” va kichik sigʻimli muzlatkich omborxonalar qurildi. Shuningdek, tumanda shu yilgi kuz va kelasi yilgi bahor oylarida 6000 xonadonda,  hovlilar oldiga masofasi 60 km. uzunlikdagi uzum koʻchatlarini ekish ishlari  rejalashtirilgan.

 Prezidentimizning 2020-yil 30-iyundagi Qaroriga muvofiq tumanda “Amudaryo tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati negizida tomorqa klasteri tashkil etildi. Loyiha qiymati 5 mlrd. 27 million soʻmni tashkil etib, ushbu mablagʻlar maxsus jamgʻarmadan imtiyozli kredit sifatida ajratildi. Mazkur tomorqa klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida endilikda 35 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi, yarim gektar koʻchat issiqxonasi barpo etiladi. Shuningdek, 3 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash va quritish quvvati tashkil etiladi. Tuman hududida 820 xonadonga ixcham issiqxona qurib berish imkoniyati paydo buladi. Undan tashqari, 40 ming bosh joʻja ochirish imkoniyatiga ega boʻlgan inkubatoriya tashkil etiladi. Yiliga 1800  tonna yem tayyorlanib,  2021-yilda 13,8 ming xonadon, 2022-yilda 31,1 ming xonadon qamrab olinadi.

Yigʻilishda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish aynan tomorqa egalarining saʼy-harakatlariga bogʻliq boʻlganligi sababli bu boradagi muammolarni tizimli hal etish lozimligi, aniq maqsadlarga qaratilgan va manzilli chora-tadbirlar koʻrilishi kerakligiga keng toʻxtalib oʻtildi. Mazkur masalalar boʻyicha mutasaddilar tomonidan zarur tavsiyalar, yoʻl-yoʻriqlar berilib, tomorqachilik va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida alohida eʼtibor qaratish kerakligi eʼtirof etildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026