14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 334

NAMUNALIKLAR SARBALAND “OQ OLTIN” XIRMONI KOʻTARILIShIGA HISSA QOʻShIShMOQDA

NAMUNALIKLAR SARBALAND “OQ OLTIN” XIRMONI KOʻTARILIShIGA HISSA QOʻShIShMOQDA

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida paxta yigʻim-terimi qizgʻin tusda davom etmoqda. Dalalarda yetishtirilgan moʻl hosil fermer xoʻjaliklar ishchilari va hasharchilar yordamida yigʻib-terib olinmoqda.

Amudaryolik dehqonlar ham erta bahordan yerga urugʻ qadab, unib chiqqan nihollarni oʻz vaqtida sifatli parvarish qilib, moʻl hosil toʻplashga erishdilar. Bu yilgi mavsumda tumandagi 350 ta fermer xoʻjaliklariga qarashli 15 ming 30 gektar maydonda 46 ming 550 tonna paxta xomashyosini yetishtirish rejalashtirilgan. Sarbaland “oq oltin” xirmonini bunyod etish maqsadida paxta terimi uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Fermer xoʻjaliklaridagi 290 ta terim otryadlarida 23 ming 266 nafar terimchilar dalalardagi oq oltinni nest-nobud qilmasdan yigʻib olishmoqda.

Paxta hosilini sifatli va tez fursatlarda yigʻishtirib olish maqsadida Namuna mahallasi hududidagi fermer xoʻjaligi ishchilari, uyushmagan aholidan tashkil qilingan terim otryadlari jonbozlik koʻrsatishmoqda. Terimchilar qulay ob-havo sharoitidan foydalanib, “oq oltin” xirmonining yanada baland boʻlishiga oʻzlarining hissalarini qoʻshishmoqda.

Hududdagi 7 ta fermer xoʻjaligida 362 gektar yerga chigit qadaldi. “Dostonbek-Zebo”, “Murodbek-Zebo”, “Sobir Eshchon” kabi ilgʻor fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarida oʻz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida gʻoʻza nihollari tekis unib chiqdi. Vegetatsiya davrida barcha agrotexnik tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirildi. Jumladan, gʻoʻza nihollarini yagonalash, qator oralariga ishlov berish, begona oʻtlardan tozalash, sugʻorish va oziqlantirish, defoliatsiya va chekanka qilish kabi tadbirlar malakali mutaxassislarning tavsiyalari va dehqonlarimizning koʻp yillik tajribalari asosida sifatli amalga oshirildi.

Olimboy Jumaniyozov boshchiligidagi “Dostonbek-Zebo” fermer xoʻjaligida 35 gektar yerga “Sulton” navli paxta ekilgan boʻlib, 35 nafar pudratchi tomonidan yetishtirilgan moʻl hosildan 107 tonna oʻrniga 125-130 tonna topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Mansur Eshchonov rahbarligidagi “Murodbek-Zebo” fermer xoʻjaligida esa 38 gektar yerda paxta parvarish qilindi. Xoʻjalik terimchilari yetishtirilgan hosilni uyushqoqlik bilan terib olib, 124 tonna oq oltin topshirishni moʻljallashgan.

Sobir Xudoyberganov boshqarayotgan “Sobir eshchon” fermer xoʻjaligida 80 gektar yerga ham “Sulton” navli paxta urugʻi ekilib, moʻl hosil toʻplashga erishildi. Ayni kunlarda xoʻjalik dalalarida terimchilar paxta yigʻim-terimida faollik koʻrsatishmoqda va rejalarni ortigʻi bilan uddalab, daromadga ega boʻlishni koʻzlashmoqda.

Bu yilgi yigʻim-terim mavsumida karantin talablariga rioya qilinishi, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, bolalar mehnatidan foydalanmaslik hamda oʻz vaqtida terim pullarini tarqatilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Namunaliklar tumanimizda sarbaland “oq oltin” xirmoni yaratilishiga munosib hissa qoʻshishmoqda. Oʻz navbatida terimchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratilib, dala boshida issiq ovqatlar tashkil qilinmoqda. Ularning madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratilgani, terim pullarining oʻz vaqtida, dala boshida berib borilayotgani  terim surʼatini oshirishda muhim omil boʻlmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019