21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:22
Siyosat 👁 3,005

Oʻzbekiston gʻallakorlariga

Oʻzbekiston gʻallakorlariga
Qadrli doʻstlar!

Ona Oʻzbekistonimizning ravnaqiga ulkan hissa qoʻshadigan, har qaysi oilaning, el-yurtimizning rizq-roʻzini, dasturxonini toʻkin qiladigan, odamlarimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydigan, mirishkor dehqonlarimiz fidokorona mehnatining natijasi boʻlmish gʻalla xirmonining yildan-yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi va gʻurur-iftixor bagʻishlaydi, desam, siz, azizlarning, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan boʻlaman.

Bugun dehqon va fermerlarimiz, barcha dala mehnatkashlarining peshona teri, ogʻir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnati evaziga qoʻlga kiritilgan gʻalaba bilan – mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi tarixida ilk bor 8 million 50 ming tonnalik yuksak gʻalla xirmoni bunyod etganingiz bilan sizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etish – men uchun katta baxt.

Mana shu quvonchli ayyomda bu misli koʻrilmagan yutuqning mohiyati va qadr-qimmatini har tomonlama chuqur anglash uchun bir vaqtlar, yaʼni, endigina mustaqillikka erishgan birinchi kunlarda davlatimiz omborlarida xalqimizni boqish uchun faqatgina bir hafta-oʻn kunga yetadigan un qolganini, aytish mumkinki, yurtimiz ocharchilik ostonasida, jar yoqasida turganini oʻzimizga tasavvur qiladigan boʻlsak, biz qanday tahlikali va xatarli zamonni boshimizdan kechirganimiz va bugungi qoʻlga kiritgan, haqiqatan ham buyuk marralarning bahosi va ahamiyati yaqqol ayon boʻladi.

Bu haqda gapirganda, avvalo, mana shunday yorugʻ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga ming bora shukronalar aytishni ham qarz, ham farz, deb bilaman.

Shu oʻrinda bu tarixiy yutuqning tub mohiyatini ochib beradigan baʼzi bir raqamlarni esga olishimiz tabiiydir.

Bundan 23-yil oldin biz 21 milliondan ziyod aholimizning ehtiyoji uchun zarur boʻlgan 5 million tonna gʻallani chetdan, katta-katta mablagʻlar evaziga, kimlargadir muhtoj boʻlib, yalinib-yolvorib olib kelishga majbur edik.

Bugungi kunda esa biz 31 milliondan ortiq aholimizni oʻz donimiz, oʻz beminnat nonimiz bilan toʻla taʼminlabgina qolmasdan, balki chet elga gʻalla eksport qiladigan mamlakatga aylandik. Oʻtgan davr mobaynida oʻlkamizda gʻalla yetishtirishning umumiy hajmi 940 ming tonnadan 8 million tonnaga yetgani, oʻrtacha hosildorlik gektariga 17 tsentnerdan 55 tsentnerga oʻsgani bizning bu sohada ilgari faraz qilish ham qiyin boʻlgan, qanday ulkan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtganimizdan dalolat beradi.

Aynan mana shu holatlarni qiyoslaganda, yuragimizdan oʻtkazganda, oʻylaymanki, har qaysi odam "Kim edigu kim boʻldik?” degan hayotiy haqiqatning chuqur maʼnosini takror va takror anglaydi, mustaqil taraqqiyotning toʻgʻri yoʻlini tanlab olganimiz, xalqimizning fidokorona mehnati Oʻzbekistonimizni bugungi kunda oʻzgalar havas qiladigan bosqichga koʻtarish uchun har tomonlama asos boʻlayotganiga ishonch hosil qiladi.

Muhtaram yurtdoshlar!

Bu yilgi mavsum haqida gapirganda, qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan tub islohot va oʻzgarishlar, birinchi navbatda fermerlik harakatiga keng yoʻl ochib, uning rivoji uchun barcha sharoitlarni yaratib berganimiz, bu harakatning qishloqda chindan ham asosiy kuch boʻlib maydonga chiqayotgani, fermerlar, taʼbir joiz boʻlsa, jamiyatimizning tayanch ustuniga aylanib, dehqonlarimiz oʻzini yerning, mulkning haqiqiy egasi deb his qilayotgani, oʻz mehnatidan manfaatdorlik tuygʻusi ortib borayotgani biz qoʻlga kiritgan ulkan yutuqning hal qiluvchi omili boʻlganini taʼkidlash lozim.

Hammamiz shunga guvohmiz – joriy mavsum oʻtgan yillarga nisbatan oson boʻlmadi. Tabiat va iqlim qiyinchiliklari gʻallakorlarimizning irodasini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi. Qish faslida sovuq va ayozli kunlar meʼyoridan ortiq boʻlgani, mart-aprel oylarining birinchi yarmida haroratning odatdagidan koʻra pasayib ketgani, ayrim hududlarda kuchli jala va doʻl yoqqani, suv taqchilligi, shamol va boʻronlarning salbiy oqibatlari, turli kasallik va hasharotlarga qarshi kurashishga toʻgʻri kelgani – bularning barchasi dehqonlarimiz uchun jiddiy tashvish va muammolar tugʻdirmasdan qolmadi.

Ana shunday murakkab sharoitda dala mehnatkashlari avvalo ishni toʻgʻri tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, ota-bobolarimizning tajribasidan kelib chiqqan holda, gʻallazorlarni mahalliy oʻgʻit bilan oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratish hisobidan hosilni saqlab qolishga va belgilangan marralarni egallashga muvaffaq boʻlgani har qanday tahsinga sazovordir.

Mavsum davomida gʻallazorlarga jami 12 million 700 ming tonna, har gektar maydonga oʻrtacha 11 tonnadan ortiq mahalliy oʻgʻit berilgani, dehqonlarimizning har tup koʻchat ustida parvona boʻlib, oʻzini ayamasdan mehnat qilgani, hech shubhasiz, sara don yetishtirishda muhim rol oʻynadi.

Soʻnggi yillarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, selektsiya ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, gʻalla navlarini har bir hududning iqlim va tuproq sharoitini, suv bilan taʼminlanish darajasini inobatga olgan holda joylashtirish, zamonaviy texnika, yangi kombaynlar, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida yetkazib berish, fermer xoʻjaliklarini moliyaviy resurslar, avvalambor imtiyozli kreditlar bilan taʼminlash, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha shakllangan aniq tizim asosida samarali olib borilgan ishlar bugungi muvaffaqiyatga puxta zamin boʻlganini alohida qayd etish oʻrinlidir.

Ana shunday muhim chora-tadbirlar tufayli barcha viloyatlar, jumladan, nisbatan ogʻir iqlim sharoitida boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati dehqonlari ham gʻalla tayyorlash boʻyicha shartnoma majburiyatini muvaffaqiyatli bajarishga erishdilar. Fargʻona va Andijon viloyatlarida oʻrtacha hosildorlik 62 tsentnerni, Samarqand viloyatida 61 tsentner, Buxoro va Namangan viloyatlarida 60 tsentner, Qashqadaryo viloyatida 58 tsentner, Toshkent viloyatida 57 tsentner, Navoiy viloyatida 55 tsentner, Surxondaryo viloyatida 51 tsentnerni tashkil etganini bu yilgi mavsumning eng muhim natijasi sifatida baholash lozim.

Bu borada boshqalarga oʻrnak va namuna boʻlgan Toshloq, Oltiariq, Uchkoʻprik, Vobkent, Pop, Uchqoʻrgʻon, Ishtixon, Gʻijduvon, Uychi, Peshku, Narpay, Pastdargʻom, Paxtaobod, Qoʻrgʻontepa, Shahrisabz, Xatirchi, Oltinkoʻl, Doʻstlik, Karmana, Mirzachoʻl, Yakkabogʻ, Paxtakor, Navbahor, Yuqorichirchiq, Kitob, Oʻrtachirchiq, Chinoz, Boyovut, Sirdaryo, Denov tumanlarida hosildorlik 60-70 tsentnerdan oshganini taʼkidlash joiz.

Yurtimizdagi oʻnlab fermer xoʻjaliklarida gektaridan 90-100 tsentnerdan hosil olingani dehqonlarimizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanini koʻrsatadi. Shular qatorida biz bugun Kattaqoʻrgʻon tumanidagi "Hosil”, Furqat tumanidagi "Ortiqali Gʻaniyev”, Uchkoʻprik tumanidagi "Farovon hayot sari”, Oltiariq tumanidagi "Xayrulla Bahrom Boymatov”, Ishtixon tumanidagi "Asalchi Eldor”, Quva tumanidagi "Oltin diyor”, Buvayda tumanidagi "Yoqubjon ota”, "Oʻzbekiston”, Navbahor tumanidagi "Ochilova Inobat”, Paxtaobod tumanidagi "Abdulaziz”, Karmana tumanidagi "Amir Gʻolib kelajak”, "Savoltepa ravnaqi”, Yangiyoʻl tumanidagi "Sitoraxon”, Oltinkoʻl tumanidagi "Gulgun diyor imkoni”, Jondor tumanidagi "Murod Rustam”, Qoʻshtepa tumanidagi "Abdulhofiz Xalilov”, Gʻijduvon tumanidagi "Fayz” kabi fermer xoʻjaliklarining nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Hech ikkilanmasdan aytish mumkin, mana shunday jonbozlik va qahramonlik namunalarini koʻrganda, eshitganda, ilgari ham aytgan bir fikrimni yana takrorlashni joiz deb bilaman: dunyoda mehnatkash insonlar juda koʻp, lekin ogʻir sinovlarda toblangan, oʻz fidoyiligi va matonati, chidamligi va olijanobligi bilan ajralib turadigan oʻzbek dehqonlariga yetadigan, ularga teng keladigan odamlar kam, desam, ayni haqiqatni aytgan boʻlaman.

Ana shunday insonlar mehnatini har qancha qadrlab, ularning dardu tashvishlari va ehtiyojlariga yaqin boʻlib, ularni doimo ragʻbatlantirib, xursand qilib, rozi qilib yursak, ochiq aytaman, shaxsan men oʻzimni bearmon, baxtli odam deb his qilaman, desam, bu ham haqiqat boʻladi.

Shular haqida gapirganda, bu yil yetishtirilgan moʻl gʻalla hosilining 5 million 117 ming tonnasi, yaʼni 60 foizi dehqon va fermerlarimiz, aholimiz ixtiyorida qoldirilganini alohida taʼkidlash lozim. Xonadonlarimizga qut-baraka, farovonlik olib kiradigan bunday quvonchli holatni barchamiz dala mehnatchilarining oʻz ishidan manfaatdorligi ortib, mashaqqatli mehnati munosib qadr topayotganining yana bir tasdigʻi sifatida qabul qilamiz.

Aziz doʻstlar!

Bugungi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi tobora oʻtkir muammoga aylanib borayotgani, maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda yer yuzida 840 milliondan ortiq kishi toʻyib ovqatlanmayotgani tashvish uygʻotmasdan qolmaydi. Mana shunday murakkab bir vaziyatda mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan, chuqur oʻylangan islohotlar hamda siz, hurmatli dehqon va fermerlarimizning samarali mehnati hisobidan biz xalqimizni asosiy oziq-ovqat, avvalo, don mahsulotlari bilan toʻla va ishonchli tarzda taʼminlashga erishganimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.

Bu haqiqatning amaliy ifodasini yaqinda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Oʻzbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada dunyoning koʻplab mamlakatlari, jumladan, eng rivojlangan davlatlardan kelgan koʻzga koʻringan olim va mutaxassislar, nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari joylarda boʻlib, sizlarning faoliyatingiz bilan yaqindan tanishib bildirgan fikrlari misolida yaqqol koʻrish mumkin. Konferentsiya ishtirokchilarining fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish uchun ularga davlat tomonidan imtiyoz va preferentsiyalar berish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini keng oʻrganishga tavsiya etgani albatta hammamizga katta mamnuniyat yetkazadi.

Ayni vaqtda barchamiz yaxshi tushunamizki, zamon talabi tobora oʻsib borayotgan hozirgi sharoitda faqatgina erishgan yutuqlar bilan cheklanib, kifoyalanib qolishimiz mumkin emas. Yurtimizda gʻallachilik bilan birga butun qishloq xoʻjaligi tarmogʻini barqaror va izchil rivojlantirish, bu boradagi ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga koʻtarish boʻyicha hayotning oʻzi oldimizga yangi-yangi vazifalar qoʻymoqda. Shular qatorida agrar soha samaradorligini yanada oshirish, bugungi fermerlarimiz boshlagan ijobiy ishlarni munosib davom ettira oladigan yangi fermerlar avlodini, fermer xoʻjaliklarini zamonaviy asosda boshqarishga qodir boʻlgan fermer-menejerlarni shakllantirish kabi dolzarb masalalar doimiy eʼtiborimiz markazida turishi darkor.

Qadrli va muhtaram doʻstlarim!

Bugungi shodiyona kunda siz, aziz gʻallakorlarimiz, dehqon va fermerlarimizni chin yurakdan qutlar ekanmiz, ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning olam ahlining toʻqligi ham, xursandchiligi ham avvalo yerga urugʻ sochib, bebaho noz-neʼmat yetishtiradigan fidoyi insonlarning mehnatidandir, degan hikmatli soʻzlarini yana bir bor eslaymiz.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, siz, lafzi halol bobodehqonlar bunyod etgan yuksak gʻalla xirmoni – bu avvalo tinch hayotimiz, musaffo osmonimiz, ezgu orzu-intilishlarimizning mustahkam poydevori, desak, yanglishmagan boʻlamiz.

Fursatdan foydalanib, omilkor dehqon va fermerlarni, mexanizator va kombaynchilarni, qishloq xoʻjaligi mutaxassislarini, bugungi ulkan hosilga munosib hissa qoʻshgan barcha yurtdoshlarimizni bagʻrimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman.

Sizlarga oʻz nomimdan, butun xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, barcha-barchangizga taʼzim qilaman.

El-yurtimizni, oila va xonadonlarimizni turli balo-qazolardan Yaratganimizning oʻzi asrasin!

Halol mehnatingizning rohatini koʻring, doimo nondek aziz boʻling, qadrdonlarim!

Islom Karimov,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026