Özbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Amudaryo tuman kengaşi tomonidan tarğibot-taşviqot tadbiri ötkazildi
10-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Özbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi tuman kengaşi tomonidan “Ona tabiat – barçamizniki” şiori ostida tarğibot-taşviqot tadbiri ötkazildi.
Tadbirda partiyaning Qoraqalpiğiston Respublikasi kengaşi raisi Oysanam Begimova, Amudaryo tuman kengaşi raisi Saʼdulla Sodiqov, partiya faxriy aʼzosi Tursinboy Ahmedov, partiya faollari, saylovçilar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, joriy yilning 24-oktyabrida ötkaziladigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlari mutlaqo yangiça körinişda, saylov qonunçiligiga asosan, demokratik printsiplarga xos bölgan oçiqlik va oşkoralik tamoyillariga muvofiq taşkil etilişi uçun munosib tayyorgarlik körilmoqda.
Saylov kodeksiga muvofiq saylovoldi tarğibot-taşviqot tadbirlari, partiya faollari iştirokidagi uçraşuvlar öta qizğin va kötarinki ruhda taşkil etilayotgani partiyalarning siyosiy maydondagi mavqeini oşirib, xayrixohlari safi kengayişiga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqan masʼullar ekologik xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan davlat siyosatini amalga oşiriş, atrof muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş, iqlim özgarişlariga moslaşiş, Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş va Orolböyi hududini yanada rivojlantiriş kabi ustuvor vazifalarni amalga oşiriş Özbekiston Respublikasi Ekologik partiyasining asosiy yönalişlaridan ekanligini qayd etdilar.
Şundan söng tarğibot tadbiri tuman Madaniyat bölimi xonandalarining ajoyib kuy-qöşiqlari bilan davom ettirildi. Vatan, döstlik, tinçlik, istiqlol, muhabbat mavzularida yangragan taronalar tadbirga kötarinki ruh bağişladi.
Aytiş joiyki, bugungi kunda mamlakatimizda tobora dolzarb bölib borayotgan ekologik muammolarni hal etiş, jamiyatda aholining eʼtiborini ekologik muammolar va ularning yeçimiga qaratiş, inson salomatligini asraş va soğlom turmuş tarzini taʼminlaş kabi işlar jamiyat oldida turgan öta muhim masalalardan hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi uşbu dolzarb masalalarni özida aks ettirgan dastur bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnaşadi.
Tarğibot tadbirini yanada fayzli va mazmunli ötkaziş maqsadida viktorina öyini taşkil etildi. Öyin yakunida eng köp javob bergan iştirokçilar ğolib deb topildilar hamda taqdirlandilar.
Tarğibot tadbirlarining taniqli xonandalar iştirokida, şou tadbirlari, viktorina savol-javoblari bilan ötkazilayotgani partiyaning aholi içiga yanada yaqinroq kirib borişida, xalq bilan hamnafas bölib iş yuritişida muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶