16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:28
Jamiyat 👁 505

SEKTORLAR TUMANNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJIGA MUNOSIB HISSA QOʻShMOQDA

SEKTORLAR TUMANNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJIGA MUNOSIB HISSA QOʻShMOQDA

Farovon hayot tarzi oʻz-oʻzidan yaratilmaydi. Turmush obod, yanada fayzli boʻlishi harakatga, intilishga va tashabbusga bogʻliq. Albatta, bu yoʻlda muammolar uchrashi, toʻsiqlar niyat amalga oshishiga monelik qilishi mumkin. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati davomida aholini qiynayotgan, tashabbuslariga toʻsiq boʻlayotgan muammolar bartaraf etilishiga koʻmaklashilib, eng chekka hududlarda ham hayot, yashash darajasi yaxshilanishiga erishilmoqda.

Bugungi kunda 1-sektor hududidagi 12 ta ovul va mahallalardagi aholi soni 49600 kishini tashkil qiladi. Hududda 8451 ta xonadonda 10945 ta oila yashaydi.

Sektor hududida yangidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish hamda mavjud sanoat korxonalarining aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmlarini 30 foizga oshirish, yangi kichik biznes subʼektlarini tashkil etish choralari koʻrildi. Undan tashqari, Olmazor mahallasida 7 ta koʻchadagi jami 890 metr boʻlgan  mavjud tabiiy gaz tarmogʻini yangisiga almashtirish,  Beshtom mahallasidagi 3 km., Nazarxon ovulidagi 1,7 km. gaz quvurlarini zichlikka sinash, Oybek nomli mahalladagi 10 ta GTP, Olmazor mahallasidagi 7 ta GTP, Gulzor mahallasidagi 14 ta GTPlarda taʼmirlash ishlari olib borildi.

Pandemiya davrida har bir oila uyma-uy kirib oʻrganildi va 597 ta kambagʻal oilada 3091 nafar fuqarolar yashashi aniqlandi. Ayni kunga qadar kambagʻal oilalarda aniqlangan  707 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning barchasi ishga joylashtirildi. Shuningdek, 630,5 mln.soʻmlik yordam koʻrsatildi.

 “Temir daftar”dagi mehnatga layoqatli 707 nafar ishsiz oila aʼzolarining ham bandligi taʼminlandi. Hozirgi kunda 575 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilib, 22 ta oila “Temir daftar”da qoldirildi. Ushbu oilalarga moddiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Sektor hududida 439 nafar  xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Shu kunga qadar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz ayollarning bandligi taʼminlandi. Daftar roʻyxatidagi barcha ayollarga zarur boʻlgan yordam koʻrsatilib, daftar roʻyxatidan chiqarildi. Yangi xatlov boʻyicha 464 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan iborat yangi “Ayollar daftari” shakllantirildi.

Sektorda oʻtkazilgan xatlov natijasida 1 798 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan edi.

Shu kunga qadar, ishlash istagini bildirgan 336 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. Roʻyxatda turgan 958 nafar yoshlarga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi yer maydonlari ajratib berildi. Yoshlardan 23 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablagʻlari ajratilib, 112 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilib, sertifikatlar berildi. Shuningdek, 6 nafariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun 5,88 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

***

Ayni paytda sektorlar faoliyati davomida karantin davrida oʻz daromadidan ayrilgan ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, kam taʼminlangan oilalarga har taraflama yordam berish va ularni kambagʻallikdan chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2-sektor tarkibidagi 17 ta ovul va mahallalarda 65200 nafarga yaqin aholi 11488 ta xonadonda yashaydi.

Xususan, ehtiyojmand oila sifatida roʻyxatga olingan 782 ta oiladan 748 tasining bandligi taʼminlanib, daromad manbai yaratilgani sababli ular “Temir daftar”dan chiqarildi hamda hozirgi kunda qolgan 34 ta oilalarga muntazam ijtimoiy va amaliy yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda.

Hududda ehtiyojmand, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz, kasb-hunarga ega boʻlmagan, tibbiy yordamga hamda huquqiy va psixologik maslahatlarga muhtoj boʻlgan jami 9 toifadagi 602 nafar xotin-qizlarning roʻyxati shakllantirilib, “Ayollar daftari”ga kiritildi. Bugungi kunga kelib, amalga oshirilgan ishlar natijalariga koʻra, roʻyxatdagi barcha xotin-qizlarga turli yoʻnalishlardagi yordamlar koʻrsatildi.

Buning natijasida 131 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarildi. Ayni paytda ishchi guruh tomonidan yangi “Ayollar daftari” shakllantirilgan boʻlib, daftarda roʻyxatda turgan ayollarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy  ishlar olib borilmoqda.

Sektorda oʻtkazilgan xatlov natijasida 2319 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan edi. Ushbu roʻyxatdagi yoshlarga ham manzilli yordam koʻrsatilib, muammolari bartaraf etildi. Undan tashqari, 11 ta fuqarolar yigʻinlarida “Street workout” sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Kelgusida Xolimbeg ovuli hududida “Yoshlar kichik sanoat zonasi”ni tashkil etib, yoshlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va 60 dan ortiq yangidan ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. Bu orqali hududdagi oilalar uchun daromad topishlariga va oʻz iqtisodini tiklab olishlariga imkoniyat yaratiladi.

***

3-sektor hududidagi 12 ta fuqarolar yigʻinlarida aholi soni 53 ming 865 kishini tashkil qiladi. Sektor hududida aholiga farovon turmush tarzini yaratish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda yangidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish hamda mavjud sanoat korxonalarining aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmlarini 30 foizga oshirish, 24 ta yangi kichik biznes subʼektlarini tashkil etish choralari koʻrildi. Aholining gaz taʼminotini yaxshilash borasida ham bir qancha ishlar bajarildi. Oq oltin ovulidagi 4 km.lik gaz quvurlarini zichlikka sinash, Durunki mahallasidagi 10 ta gaz taqsimlash punktlarini taftishdan oʻtkazish ishlari olib borildi.

Hududga joriy yilda chetdan naslli zotdor chorva mollari olib kelinishini taʼminlash maqsadida istiqbolli loyihalar roʻyxati shakllantirilib, kredit mablagʻlari ajratildi.

“Temir daftar”dagi mehnatga layoqatli 105 nafar ishsiz oila aʼzolarining bandligi taʼminlandi. Hozirgi kunda Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan 745 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilib, 34 ta oila “Temir daftar”da qoldi. Ushbu 34 ta oilalarga moddiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Sektor hududidan 479 nafar  xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Shu kunga qadar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollardan 341 nafarining bandligi taʼminlandi, boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand 46 nafar ayolga 490 ming soʻmdan moddiy yordam koʻrsatildi, I guruh nogironligi boʻlgan 1 nafar ayolning uy-joyi qayta taʼmirlanmoqda. Roʻyxatda turgan 341 nafar ayolning bandligi taʼminlandi. Yangi xatlov boʻyicha yana 466 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan iborat “Ayollar daftari” shakllantirildi.

Hududda 1563 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da boʻlib, roʻyxatdagi ishlash istagini bildirgan 1009 nafarining bandligi taʼminlandi va 632 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” dasturi asosida yer maydonlari ajratib berildi. Undan tashqari, 43 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablagʻlari ajratib berildi, 117 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilib, sertifikatlar topshirildi.

Sektor hududida yashovchi nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Ularni zarur dori-darmon vositalari, nogironlik aravachalari hamda reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashga eʼtibor qaratilib, turli xil sohalarda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratib berildi.

 

***

Tumanning 4-sektor hududidagi 8 ta fuqarolar yigʻinida 32200 nafar aholi yashaydi. Xonadonlar soni 5 064 ta boʻlsa, oilalar soni 6 750 tadan iborat.

Sektor hududidagi aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida Chordara mahallasida yer usti gaz tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi, Navoiy, Beruniy nomli va Boʻston mahallalarida GTPlarda taftish oʻtkazildi. Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash borasida sektor hududidagi Boʻston, Chordara, Namuna, Tosh yop, Qangli, Navoiy nomli mahallalarda transformator punktlarini rekonstruktsiya qilish, ularning quvvatini oshirish, yangidan transformator qoʻyish ishlari amalga oshirildi.

Sektor hududida yangidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish hamda mavjud sanoat korxonalarining aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmlarini 30 foizga oshirish, sektor hududida joriy yarim yillikda 30 ta yangi kichik biznes subʼektlarini tashkil etish choralari koʻrildi.

 Hozirgi kunda 423 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilib, 16 ta oila “Temir daftar”da qoldirildi. Shuningdek, 312 nafar  xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritildi. Turlicha muammolari mavjud boʻlgan yoshlardan 1073 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritildi.

Shu kunga qadar, ushbu daftarlar roʻyxatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan, uy-joyini taʼmirlashga, tibbiy himoyaga, huquqiy yordam olishga, psixologik maslahatga muhtoj insonlarga yetarlicha koʻmak berildi.

Ayni paytda yangi xatlov boʻyicha yana roʻyxat shakllantirilib, hudud aholisi muammolarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Yurtimiz aholisi sektorlar masʼullari tomonidan koʻrsatilayotgan bu kabi begʻaraz yordamdan  nihoyatda mamnun. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, insonlarning dard-u tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezoni, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi, xalqimiz oʻz hayotidagi ijobiy oʻzgarishlarni aynan bugun koʻrishi kerak.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019