Amudaryoda emlaş rejasiga kiritilgan aholining 21,4 foizi emlandi
Aholining joriy etilgan karantin qoidalariga rioya etmasliklari, örnatilgan tartib-intizomga bepisandlik bilan qaraşi natijasida COVID-19 kasalligiga çaliniş holatlari kundan-kunga kupaymoqda. Qasallik bilan zararlanganlarning aksariyati bemorlar bilan muloqotda bölib, yuqtirib olganliklari aniqlanmoqda.
Mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni tobora ortayotganligi tufayli kasallikka qarşi vaktsina bilan emlaş işlari yanada kuçaytirilmoqda. Aholini ommaviy emlaş koronavirus tarqalişi kuçayişining oldini olişi, aholi salomatligini tiklaşda asosiy vosita ekanligini insonlarga tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda. Amudaryo tumanida ham COVID-19ga qarşi aholini ommaviy vaktsinatsiya qiliş borasida samarali işlar qilinmoqda.
Xususan, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi va tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan Özbekistan Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining “Koronavirus infektsiyasiga qarşi ommaviy emlaşni ötkaziş töğrisida"gi buyrugiga asosan COVID-19 kasalligiga qarşi emlaşni taşkil qiliş va emlaş jarayonlarini nazoratga oliş ştabi tuzildi. Tumanimizda ommaviy emlaş jarayonlarini ötkazişga davolaş profilaktika muassasalarda jami 23 ta emlaş brigadalari, şundan 10 tasi statsionar va 13 tasi mobil brigadalar taşkil qilindi. Taşkil qilingan brigadalarga aholini COVID-19 kasalligiga qarşi sifatli va xavfsiz emlaş jarayonini amalga oşiriş böyiça tajribali mutaxassislar biriktirildi.
Vaktsinatsiyani ommaviy tarzda amalga oşirişni jadallaştiriş maqsadida taşkil etilgan mobil brigadalar korxona-taşkilotlar xodimlarini iş joyining özida emlaş jarayonlarini taşkil etib kelişmoqda. Xususan, tuman IIB xodimlarini emlaş işlari bölimning özida olib borildi. Tuman IIBda 90 nafarga yaqin xodimlar faoliyat yuritayotgan bölib, xodimlarning barçasi vaktsina bilan emlaş jarayonlarida faol iştirok etdilar. Xodimlarni koronavirusga qarşi emlaşdan oldin ularning qon bosimlari hamda tana haroratlari mutaxassis şifokorlar tomonidan tekşirildi. Körsatkiçlar meʼyoriy darajada ekanligiga işonç hosil qilingaç, bölim xodimlari COVID-19 ga qarşi emlandi.
Koronovirus infektsiyasiga qarşi emlaş maqsadida Respublikamizga olib kelingan Astra Zeneca, ZF-UZ-VAC 2001, Sputnik V vaktsinalari bilan tumanimiz aholisini kasallikka qarşi emlaş işlari olib borilmoqda.
Qayd etiş kerakki, tuman aholisining 18 yoşdan oşgan, emlaş rejasiga kiritilganlar soni 118 ming 545 nafarni taşkil etadi. Şu kunga qadar ulardan 25 ming 422 nafari, yaʼni 21,4 foizida emlaş ötkazildi.
Olimlarning taʼkidlaşiça, kasallik yuqişining epidemik jarayoni zanjirini uziş uçun axolining kamida 70 foizida immunitet mavjud bölişi kerak. Buning uçun axolini COVID-19 ga qarşi emlaş va immunitetni hosil qiliş eng muhim vazifa hisoblanadi. Emlaş-pandemiyani yengişdagi yagona çora ekanligini töğri anglab yetgan, özi va yaqinlari salomatligiga befarq bölmagan yurtdoşlarimiz belgilangan tartibda koronovirus infektsiyasiga qarşi vaktsinatsiya jarayonlarida faol qatnaşmoqdalar.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda, nikob taqişlarini, antiseptik vositalardan foydalanişlarini, şaxsiy gigiyenaga rioya etib, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlaşlarini hamda kasallikka qarşi vaktsina bilan emlanişlarini söraymiz.
Şuni unutmangki, öz salomatligingiz va yaqinlaringiz salomatligi uçun, eng avvalo, özingiz masʼulsiz!
T.Babaniyozov, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi bölimining oliy toifali sanitariya vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶