GIYoHVANDLAR QÖLGA OLINIB, JAZOGA TORTILDI
Giyohvandlik inson umrini yemiruvçi, halokatga yetaklovçi illat bölib, oğir oqibatlarni keltirib çiqaradi. Afsus, şundayligini bila turib ham uning botqoğiga botayotganlar hayotda köp uçraydi va ular nafaqat özini, balki yaqinlari, oilasi, farzandlarini kasriga qoldirib, zulmat girdobiga tortadi.
Yoşgina bölişiga qaramasdan köşni tumanlik Şermat (ismlar özgartirilgan) ham şu baloi ofatning komiga tuşdi. Kasalligini, kimdir giyohvandlik vositasini isteʼmol qilsang tuzalasan deganini bahona qildi. Faqat şuni izlab topişdan boşqa narsani öylamaydigan, heç kim köziga körinmaydigan bölib qoldi. Özi ruju qöygani yetmagandek, boşqalarga sotib, jinoiy yöl bilan mömay pulga ega bölişga ham harakat qildi.
Ammo bu ğarazli niyatiga yetolmadi. U özidagi ikki dona gugurt qutisiga solingan 4, 67 grammni taşkil qiluvçi «marixuana» giyohvandlik vositasini 1 mln. 200 ming söm pulga sotayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olindi.
Şu tumanda yaşovçi Komil (özgartirilgan) ham şu zahri qotilga ançagina örgandi. Hatto uruğini topib, noqonuniy tarzda tomorqasining çetida 3 tup taʼqiqlangan kannabis giyohvandlik ösimligini yetiştirdi. Olgan hosilini esa idişlarga solib yaşirib qöydi. Ammo uning ham köngilxuşligi uzoqqa bormadi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida uning özi isteʼmol qiliş uçun sof oğirligi 129,98 grammni taşkil qiluvçi köp miqdordagi «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Har ikkala giyohvand qilmişiga yaraşa qonunda körsatilgan tartibda jazoga tortildi.
A.Koşanov, Jinoyat işlari böyiça Taxiatoş tumani sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶