30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarşi kuraşiş kuni
Insoniyatga xavf solayotgan muammolardan biri bölgan odam savdosi bilan boğliq jinoyatlardan jabr çekayotganlar, uning qurboni bölayotganlar soni ortib bormoqda. Jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga ham jiddiy xavf tuğdirib kelayotgan uşbu oğir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, erki, taqdiri va kelajagini barbod etadi.
Odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va çegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarşi kuraşiş kuni, deb eʼlon qilingan. Ayni davrdagi dolzarb masalalardan biri bölgan odam savdosining oldini oliş va unga qarşi kuraşiş borasida yurtimizda ham qator qonun hujjatlari qabul qilinib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda.
27-iyul kuni tuman Içki işlar bölimi masʼullari tomonidan Tibbiyot birlaşmasida turli körinişda sodir etilayotgan odam savdosiga qarşi kuraş çoralarini hamjihatlikda amalga oşiriş kabi masalalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi. Yiğilişni tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlik-maslahat komissiyasi raisi, şifokor-psixiatr Şukurillo Boltaboyev oçib berdi.
Yiğilişda ayni davrda dunyodagi barça mamlakatlar odam savdosidan jabrlanib kelayotganligi, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar taşkil etişi, 21 million kişi majburiy mehnatning jabrlanuvçilari hisoblanişi va boşqa şu kabilar töğrisida maʼlumot berildi.
Yiğilişda taʼkidlanganidek, odam savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhlar odamlarni nafaqat har xil körinişdagi ekspluatatsiya uçun, balki ularning içki organlarini transplantatsiya qiliş, narkotik moddalarni tarqatiş, boşqa turdagi jinoyatlarni ham sodir etişga majburlamoqdalar. Xalqaro ekspertlarning maʼlumot berişiça, har yili dunyo miqyosida 2 mln. 700 ming inson odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanadi. Uşbu jinoyatçilikdan tuşayotgan noqonuniy daromad esa 7 mlrd. AQŞ dollaridan ortiqroqni taşkil etadi.
Xorijiy davlatlar bilan uyuşgan jinoyatçilik, şu jumladan odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça öttizdan ortiq ikki tomonlama şartnoma va bitimlar imzolangan. 2008-yilda esa “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Ammo bu xotirjam bölişimiz uçun yetarli emas. Şu bois, Özbekistonda odam savdosi, xususan, uning transmilliy körinişlariga qarşi qatʼiy çoralar qabul qilinmoqda.
Sözga çiqqan masʼullar bugungi kunda odam savdosi insonning şaʼni, qadr-qimmati, şaxsiy daxlsizligi, osoyişta turmuşi hamda kelajagiga tahdid solayotgan jinoyatçilikning xavfli körinişlaridan biriga aylanayotganligini aytib ötişdi. Bunday jinoyatlarga qarşi kuraşiş nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi davlat organlarining, balki keng jamoatçilikning ham vazifasi ekanligi, agarda kundalik turmuşda şunday jinoiy hodisalarga duç kelib qolgan taqdirda içki işlarga zudlik bilan xabar beriş kerakligi maʼlum qilindi.
Yiğiliş sönggida iştirokçilar odam savdosi bilan bilan boğliq jinoyatçilik yuzasidan özlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
U.Pölatov, tuman IIB xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶