QIPÇOQ ŞAHARÇASIDA “HOJI EŞON BOBO” JOMEʼ MASJIDI BINOSI QURILIŞIGA TAMAL TOŞI QÖYILDI
Yurtimizdagi tinçlik, osoyiştalik hamda muqaddas dinimiz, bebaho qadriyatlarimizni asrab-avaylaşga bölgan davlat darajasidagi eʼtibor sabab, muqaddas qadamjolar, masjidlarimiz körkam qiyofa kasb etmoqda. Aziz avliyolar, olim-u ulamolar qönim topgan ziyoratgoh maskanlar obodonlaştirilib, ziyoratçilarga şaroitlar yaratilmoqda.
24-iyul kuni Qipçoq şaharçasidagi “Hoji eşon bobo” jomeʼ masjidi binosi qurilişini boşlaş uçun tamal toşi qöyiş marosimi ötkazildi. Marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Baxtjon Habibullayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoziyati qozisi Şamsuddin Bahouddinov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, “Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsafoyev va boşqa mutasaddilar, masjid jamoati iştirok etdilar.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlaştiriş işlarini samarali taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq hududlarda faoliyat yuritayotgan masjidlarning eski binolarini rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlangan bölib, unga köra hududlarda yangi masjidlar qurilmoqda. Eskilari qayta taʼmirlanib, yangidan rekonstruktsiya qilinmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida yana 15 ta masjid iş boşlaşi arafasida bölib, yangidan qurilayotgan masjidlar soni köpaymoqda.
Qipçoq şaharçasida joylaşgan uşbu “Hoji eşon bobo” jomeʼ masjidi ham katta yöli yoqasida joylaşgan bölib, mahalliy yölovçilarning ibodatlarini ado etib olişlari uçun qulay joy hisoblanadi. Masjidning loy paxsadan tiklangan eski binosi 1989-yilda qurilgan bölib, 1-2 bölmadan iborat bu inşoot hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Şu bois, olti sotixdan ortiq maydonda haşar yöli bilan tadbirkorlar va xayriya qiluvçilarning homiylik yordami hisobiga qurilayotgan yangi masjid 1000 kişini siğdira oladigan katta xonaqoh, namozxona, tahoratxona, qöşimça maʼmuriy xonalardan iborat bölişi rejalaştirilgan. Qöşimça 80 sotix yer maydonida esa obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida ignabargli, manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekilişi, yaşil maysalar bilan qoplanişi közda tutilgan. Şuningdek, taxminiy qiymati 3,5 mlrd. sömga yaqin bölgan loyihaga köra qurilayotgan uşbu yangi binoni tabiiy gaz va elektr, aloqa tarmoqlariga ulaş, ibodatçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş ham közda tutilgan.
Tadbirda qatnaşçilar bugungi kunda masjidlar kundan-kunga obod bölayotgani, şarqona uslubda qayta qurilib, çiroyli körinişga keltirilayotgani, namozxonlar uçun qulay şaroitlar yaratilayotgani, xalqimiz qulayliklarga ega, şinam masjidlarda emin-erkin ibodatlar qilayotganini mamnuniyat bilan eʼtirof etişdi.
Marosimda Qurʼon tilovat qilindi va yangidan qurilişi boşlanayotgan masjid tez orada bunyod bölişi, ularda mömin-musulmonlar ibodatlar qilişini sörab duolar qilindi. Duoga qöl oçganlar uşbu masjidning to qiyomatgaça Alloh taologa ibodat qilinadigan, tarovehlar, xatmi Qurʼonlar, zikr-u tasbehlar qilinadigan sajdagoh, moddiy va maʼnaviy obod maskanga aylanişini tiladilar. Şundan söng, yiğilganlar duo va ezgu niyatlar bilan ramziy qoziqni qoqib, masjid qurilişiga oq fotiha berdilar.
Qipçoq şaharçasidagi Amudaryo daryosi ustida bunyod etilayotgan yangi va zamonaviy köprik yaqinida joylaşgan uşbu masjid tumanda ziyorat turizmi rivojlanişini taʼminlaydigan maskanga aylanib, hudud aholisining ibodatlari, diniy-maʼrifiy bilimlari, dunyoqaraşi kengayişi uçun xizmat qilişi şubhasiz.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶