YoZ KUNLARIDA OVQATDAN ZAHARLANIŞDAN EHTIYoT BÖLING!
Ölkamizda yozning issiq pallasi davom etmoqda. Aynan şunday issiq kunlarda ovqatdan zaharlaniş holatlari köp uçraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3-oylikdan 2 yoşgaça bölgan bolalar köproq kasallanadi.
Ovqatdan zaharlaniş – mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat hollarda birdan köpçilik kasallanadi, lekin bemorlardan soğlom odamga yuqmaydi. Bunga köpinça stafilokokklar, enterokokklar, ayrim içak tayyoqçalari, proteyey, tsitobakteriya, klostridiya va boşqa mikroblar sabab bölişi mumkin. Mikrob tuşib köpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiliş oqibatida hamda bemor organizmiga mikrobning özi va uning toksini taʼsirida ovqatdan zaharlaniş holatlari kuzatiladi.
Zaharlaniş köpinça turib qolgan, sifati buzilgan göşt va göşt mahsulotlari, sut mahsulotlari, ayniqsa, tort va şirinliklar, baliq va tovuq göştini isteʼmol qilganda yuzaga keladi. Stafilokokklar sabab bölgan hollarda infektsiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli kasalliklar; saçratqi, çipqon, xasmol va boşqa yiringli yaralari bölgan kişilardan mikrob tayyor mahsulotga ötib, tez köpayadi. Uni bilmay isteʼmol qilgan kişi darhol zaharlanadi.
Kasallikning yaşirin davri 2-3 soatdan 3 kungaça. Kasallik tösatdan köngil aynişi va qusiş bilan boşlanadi, iç ketadi, qorinda tutaş oğriq böladi.
Yurak-tomir tizimi faoliyati buziladi. Ayniqsa, klostridiyalar sababli röy beradigan zaharlaniş oğir keçadi. Kasallikka taşhis qöyiş uçun bemorning qusuq massasi, meʼdani çayilgan suvi sterillangan bankaga yiğilib, laboratoriyaga yuboriladi. Zaharlanişga sababçi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham laboratoriyada tekşiriladi.
Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo bölganida tez yordam sifatida meʼdani 2 foizli soda yoki nimrang kaliy permanganat eritmasi bilan çayiş, tozalaşdan iborat. Regidron eritmasini içirib turiş, kasallik oğirlaşişining oldini oladi. Oğirroq hollarda disol, atsesol, trisol kabi suyuqliklar tomir orqali tomçilab qöyiladi. Zarurat bölganida yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxşilaydigan dorilar yuboriladi.
Oziq-ovqat sohasida işlaydigan barça xodimlar sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy körikdan ötib turişlari kerak hamda sanitariya minumimini topşirganliklari haqida guvohnomalari bölişi şart.
Kasallikning oldini olişda şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş muhim omil hisoblanadi. Ovqatga işlatiladigan idişlar avval yuvilib, söngra qaynatilişi, ustiga toza doka yopib qöyilişi lozim. Rözğorda işlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar sovutkiçda saqlanişiga alohida eʼtibor qaratiş muhim.
Ovqatdan zaharlaniş kasalligiga çalinmaslik uçun har bir inson nimalarga amal qilişi kerak?
- Uy şaroitida pomidor, bodring, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik;
- Bozorlarda, belgilanmagan köça-köylarda noqonuniy sotilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarini şu jumladan, konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik;
- savdo şoxobçalaridan konserva mahsulotlarini xarid qiliş jarayonida mahsulot yorliği va unda keltirib ötilgan işlab çiqaruvçi korxona nomi, işlab çiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida eʼtibor beriş;
- Har qanday konserva mahsulotlarini oçişdan oldin uni çayqamasdan yaxşilab közdan keçiriş, qopqoği kötarilmaganligiga, suyuqligining tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga eʼtiborli böliş;
Agarda özingizda ovqatdan zaharlanişning klinik belgilari paydo bölsa, tezda şifokorga murojaat qiling. Zero salomatlik har qanday boylikdan ustundir.
D.Bobojonov, tuman SEO va JSB sanitariya-gigiyena bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶