Amudaryo tumani hokimi va hokimlik xodimlari koronavirusga qarşi emlandi
Koronavirus pandemiyasi jahon miqyosida insonlar hayotiga, turmuş tarziga özining zararli taʼsirini körsatişda davom etmoqda. COVID-19 virusi dunyodagi barça davlatlarning har tomonlama iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy jihatdan rivojlanişi uçun tösiq bölayotgan asosiy omillardan biri bölib qolmoqda.
Pandemiyaning zararli oqibarlarini, uning yuqiş xavfini kamaytiriş, tarqalişining oldini oliş maqsadida butun dunyo mamlakatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham COVID-19 dan emlaş jarayonlari ötkazilmoqda. Hozirda yurdoşlarimiz orasida koronavirusdan zararlaniş holatlari tobora ortayotganligi sababli, vaktsinatsiya jarayonlari ham kuçaytirilmoqda. Tibbiyot sohasi masʼullari tomonidan aholi örtasida emlaşning inson salomatligi uçun afzalliklari haqida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilişi natijasida yurtdoşlarimiz orasida vaktsina olganlar soni tobora ortmoqda.
Joriy yilning 10-iyul sanasida Amudaryo tumani hokimligida koronavirusdan emlaş jarayoni ötkazildi. Emlaşda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokimlik masʼul xodimlari iştirok etdilar. Tuman tibbiyot birlaşmasi masʼul şifokorlari tomonidan dastlab jarayonda qatnaşayotganlarning qon bosimlari hamda tana haroratlari ölçandi. Ularning meʼyoriy körsatkiçda ekanligiga işonç hosil qilingaç, vaktsina bilan emlaş jarayoni ötkazildi.
Şu örinda aytiş kerakki, vaktsinaning inson salomatligini taʼminlaşda qator afzalliklari mavjud. Vaktsinalar tananing tabiiy immuniteti bilan birgalikda kasallik yuqişi xavfini kamaytiradi. Vaktsina inson organizmiga yuborilgandan keyin immunitet tizimi tanaga kirgan mikrobni aniqlaydi va bu mikrobga karşi kuraşiş uçun antitanaçalarni işlab çiqaradi hamda kasallikka qarşi kuraşişni taʼminlaydi. Vaktsina tanada kasallikka qarşi immunitetni işlab çiqişga kömak beruvçi xavfsiz va samarali vosita sanaladi. Kasallik paydo bölganidan keyin uni davolaşdan köra, emlaş orqali kasalliklarning oldini oliş maqsadga muvofiqdir.
Şuningdek, mutaxassislarning taʼkidlaşiça, insonlar vaktsina bilan emlanganlaridan söng ham, sinovlarda qatnaşmoqçi bölganlardan ham yoki sinovlar yakunlanib, ijobiy natija çiqqanlarda ham niqob taqib yurişlari talab qilinadi. Vaktsina bilan emlangan kişi organizmida immun tizim işlaşni boşlaydi, bu davrda boşqa kasalliklar yuqişini oldini oliş maqsadida imkon qadar boşqa insonlar bilan muloqotda bölmaslik va uyda böliş talab etiladi. Agar iş jarayonida odamlar bilan muloqotda bölişda davom etilsa, boşqa karantin talablariga doim rioya qiliş zarur. Qolaversa, soğlom turmuş tarzini yaratiş, soğlom va muqobil ovqatlaniş, köp suyuqlik içiş va yengil jismoniy faollik olib borişni ham davom ettiriş kerak.
Aytiş kerakki, samarador vaktsinaning ommaviy qöllanilişi virus tarqalişini keskin kamaytirişi va oxir-oqibat uni yengişda asosiy omil bölişi mumkin.
Yurtdoşlarimizning yurtimizda joriy qilinayotgan karantin qoidalariga qatʼiy roiya qilişlari koronavirus pandemiyasining çekinişida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson salomatligi uçun, eng avvolo, uning özi masʼuldir. Özimiz va yaqinlarimiz salomatligi har birimizning qölimizda ekanligini inobatga olib, karantin tartib-qoidalariga amal qilaylik va, albatta, emlaş jarayonlarida iştirok etaylik.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶