SPORTGA XAMDAM KIZLAR
Bugungi kunda yurtimizda yoşlarning sport bilan şuğullanib, öz qobiliyatlarini namoyon etişlari uçun juda köplab şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratilgan.
Ana şu imkoniyatlardan unumli foydalanib, tengdoşlariga namuna bölayotgan yoşlardan biri Diyora sportning badiiy gimnastika turi bilan şuğullanadi. U 3-sinfdalik paytidan tuman BÖSMning badiiy gimnastika sport turi murabbiyi M.Matyoqubovaning maşğulotlarida muntazam qatnaşa boşladi. Özining tirişqoqligi bilan jamoada ajralib turadigan Diyora gimnastika sporti sir-asrorlarini qunt bilan özlaştirdi va murabbiyining tavsiyalari bilan 9-sinfdan boşlab, Nukus şahridagi ixtisoslaştirilgan Olimpiya zahiralari maktab-internatida öqişni davom ettirdi.
D.Yodgorova öqiş jarayonida badiiy gimnastika sporti musobaqalarida iştirok etdi. U 2018-yilda sportning badiiy gimnastika turi böyiça ötkazilgan Nukus Olimpiya zahiralari kollejining oçiq birinçiligida 3-örinni qölga kiritdi. Kollejni muvaffaqiyatli tugatib, Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport Universitetining Nukus filialiga öqişga kirdi. Ayni paytda BÖSMning badiiy gimnastika sport turi murabbiyi.
Uning öquvçilari ham musobaqa va turnirlarda iştirok etib, yaxşi natijalarni qayd etişmoqda va tumanimiz şarafini himoya qilişmoqda. 2020-yil 4-5-dekabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi tomonidan sportning badiiy gimnastika turi böyiça ösmir qizlar örtasida ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogida E.Baxtiyorova 3-örinni, Beruniy tumani yoşlar işlari Agentligi tomonidan ötkazilgan “Qor malikasi” nomli oçiq turnirda Ş.Nurimbetova ham 3-örinni egalladi.
Hozirda Diyora öquvçi-şogirdlari bilan navbatdagi musobaqaga tayyorgarlik körmoqda. Qizlardagi şijoat, sportga bölgan iştiyoq va qiziqişni körib, havasingiz keladi.
Iroda YeRDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶