Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uç yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Şu
kunlarda xalqimiz Vatanimizning şonli tarixidagi buyuk va öçmas sanani –
Özbekiston mustaqilligining 23 yilligini keng nişonlaş uçun katta
tayyorgarlik körmoqda. Ana şu uluğ ayyomni munosib kutib oliş va ötkaziş
maqsadida bugungi kunda olib borayotgan maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatimizning
asosiy maʼno-mazmunini avvalo biz tanlagan taraqqiyot yölining har
tomonlama töğri va hayotiy yöl ekanini, yangi demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati quriş borasida biz erişgan yutuq va marralarning
mohiyati va ahamiyatini yurtimiz aholisi va jahon jamoatçiligiga yetkaziş,
ularning qadr-qimmatini çuqur anglaş taşkil etişi darkor.
Şular
qatorida Özbekistonimiz barqaror surʼatlar bilan ösib borayotgani, qölga
kiritgan ulkan natijalarimizni butun dunyo tan olayotgani,
mamlakatimizning xalqaro maydonda obrö-eʼtibori ortib, öziga munosib
örin egallab olayotganini keng yoritiş, bu yutuqlarning asosiy omili va
mezonini birinçi navbatda xalqimizning dunyoqaraşi, odamlarimizning
siyosiy ongi va tafakkuri özgarib, fuqarolik faolligi tobora kuçayib
borayotganida köriş, uşbu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni har tomonlama
asoslab beriş va bir-biri bilan uzviy boğliq holda tahlil qiliş öta
muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlaş zarur.
Şu munosabat bilan:
1.
Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uç yillik
bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça Respublika
komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika
komissiyasi bir hafta muddatda "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va
sadoqatim senga baxşida, gözal Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida
mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda tarğibot-taşviqot
işlari dasturini işlab çiqsin.
2. Qoraqalpoğiston Respublikasi
Vazirlar Kengaşi, Toşkent şahar va viloyatlar hokimliklariga,
Xotin-qizlar qömitasi, "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, "Nuroniy” va
"Mahalla” jamğarmalariga Mustaqillik bayramining yigirma uç yilligini
yuksak saviyada nişonlaş uçun joylarda hududiy komissiyalar tuziş,
Respublika dasturidan örin oladigan tadbirlar rejasini işlab çiqiş
topşirilsin.
3. Mazkur dasturni tuzişda quyidagi ustuvor yönalişlarga alohida eʼtibor qaratilsin:
tarixan
qisqa davrda biz qanday ulkan rivojlaniş yölini bosib ötganimizni
baholaşda "Kim edigu kim böldik?” degan hayotiy haqiqatni asosiy va boş
ğoya sifatida belgilaş;
mamlakatimizning ötgan asr oxirida keskin
ijtimoiy muammolar girdobiga tuşib qolgan, aholining hayot darajasi
böyiça sobiq SSSRda eng oxirgi örinlardan birini egallagan, paxta
yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan,
qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez surʼatlar bilan
ösib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy
davlatga aylanganini oçib beriş. Buning tasdiğini mustaqillik yillarida
Özbekiston iqtisodiyoti 4,1 barobar, aholining yalpi real daromadlari jon
boşiga 8,2 karra oşgani, keyingi 9-yil davomida mamlakatimizda yalpi içki
mahsulotning ösiş surʼati 8 foizdan kam bölmasdan kelayotgani va boşqa
şu kabi raqam va körsatkiçlar misolida qiyosiy tahlillar orqali körsatiş;
yurtimiz, şahar va qişloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga oçilib,
tobora obod va gözal bölib borayotgani, jumladan, aholimizning asosiy
qismi yaşaydigan qişloq joylarda munosib turmuş şaroitini yaratiş,
namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo
etiş böyiça amalga oşirilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini
yoritiş;
heç şubhasiz, vaqt ötişi bilan tobora yorqin namoyon
bölayotgan, biz birinçilar qatorida amalga oşirgan va davom ettirayotgan,
dunyoda katta qiziqiş uyğotayotgan Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi va
Maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy dasturi, bir söz bilan
aytganda, taʼlim-tarbiya sohasiga eng ustuvor ahamiyat berganimiz
mamlakatimizning katta surʼatlar bilan barqaror rivoj topişida va
yurtimizning dadil qadamlar bilan ilgarilab borişida mustahkam fundament
yaratib berganiga alohida eʼtibor qaratiş;
biz uçun öta muhim
bölgan soğliqni saqlaş, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarida
qölga kiritgan yutuq va marralarimizning hayotiy omillarini oçib beriş;
mustaqillikning
birinçi yillaridan boşlab xotin-qizlarga doimiy eʼtibor va ğamxörlik
körsatiş, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, oila va jamiyat
hayotidagi nufuzini oşiriş, qobiliyat va isteʼdodini röyobga çiqariş,
onalik va bolalikni himoya qiliş, ayniqsa, qiz bolalarni zamonaviy bilim
va kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib örin olişi uçun amalga
oşirayotgan keng kölamli işlarimizni hayotiy va taʼsirçan misollarda ifoda
etiş;
bugun biz boşimizdan keçirayotgan öta tahlikali va qaltis
zamonda, yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuçayib borayotgan bir
şaroitda eng katta va bebaho boyligimiz bölgan tinçlik-osoyiştalikni köz
qoraçiğidek saqlaş, millatlar va fuqarolar örtasidagi döstlik va
hamjihatlik, özaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaş,
doimo huşyor va ogoh bölib, tinçlik uçun kuraşib yaşaş hal qiluvçi
ahamiyatga ega ekanini çuqur aks ettiriş;
Özbekistonning xalqaro
maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qöşnilarimiz bilan döstona
aloqalar, özaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirişga qaratilgan
taşqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan
qarama-qarşilik va töqnaşuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinçlik
yöli bilan hal etiş böyiça yondaşuv va qaraşlarining mazmun-mohiyatini
keng jamoatçilikka yetkaziş;
yuqorida bayon etilgan beqiyos
natijalar, Vatanimizning izçil va barqaror taraqqiyoti negizida turgan
asosiy omil va mezonlarni oçib beriş amalga oşiriladigan barça
axborot-informatsion işlarimizda, maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv va
muloqotlarda, jonli suhbatlarda katta örin tutişi lozim. Uşbu qarorning
kiriş qismida qayd etilgan fikr va ğoyalarni çuqur maʼnoli, şu bilan
birga, sodda tilda yoritiş, odamlarning qalbi va ongiga singdiriş bu
borada alohida ahamiyat kasb etişi tabiiydir.
Muxtasar aytganda,
biz mustaqillik yillarida qanday oğir va maşaqqatli sinovlardan ötib,
misli körilmagan yutuqlarga erişgan bölsak, ularning barçasi zamirida
faqatgina xalqimizning fidoyi mehnati, çidamliligi, olijanobligi va
bağrikengligi, matonati va jasorati, ertangi kunga mustahkam işonçi
mujassam ekanini teran aks ettiriş zarur.
4. Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi,
viloyatlar hamda Toşkent şahrida Mustaqillik bayramiga bağişlab aholining
keng qatlamlari örtasida maʼrifiy uçraşuvlar, jonli muloqot va
suhbatlar, adabiy-badiiy keçalar, madaniy tadbirlar ötkaziş maqsadida
taniqli olimlar, adiblar va sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy
tarğibot guruhlari taşkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida
faoliyat olib borişi taʼminlansin.
5. Respublika komissiyasi öz
yiğilişlarida belgilangan çora-tadbirlar markazda va joylarda qanday
amalga oşirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora
rahbarlari hisobotini muntazam ravişda eşitib borsin.
6. Toşkent
şahrida, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda ötkaziladigan
bayram dasturlarini tayyorlaşga ommaviy tomoşalar böyiça yuksak mahorat va
tajribaga ega bölgan mutaxassislar – stsenarist va rejissyorlar, yozuvçi
va şoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli
yoş sanʼatkorlar vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
7.
Madaniyat va sport işlari vazirligi "Özbeknavo” estrada birlaşmasi
Yozuvçilar va Bastakorlar uyuşmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini
tarannum etişga qaratilgan eng yaxşi qöşiqlar, musiqa asarlari uçun
"Yagonasan, muqaddas Vatan!” anʼanaviy respublika tanlovining yakuniy
bosqiçini ötkazsin. Tanlov ğoliblari va sovrindorlari Mustaqillik
bayrami arafasida eʼlon qilinsin.
8. Özbekiston Matbuot va
axborot agentligi, Madaniyat va sport işlari vazirligi Özbekiston
Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Badiiy
akademiya, "Tasviriy oyina” uyuşmasi va boşqa tegişli taşkilotlar bilan
birgalikda avgust oyining oxirida "Eng uluğ, eng aziz”, "Vatan uçun
yaşaylik”, "Seni kuylaymiz, zamondoş”, "Ranglar jilosida – ona diyor” kabi
körik-tanlovlarni yuqori darajada ötkazişni taʼminlasin.
9. Belgilab qöyilsinki, ötkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablağlari hisobidan;
Toşkent şahrida respublika byudjeti va Toşkent şahar mahalliy byudjeti mablağlari hisobidan teng uluşlarda qoplanadi.
10.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon”
axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning
yigirma uç yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça
amalga oşirilayotgan işlarni atrofliça yoritib boriş tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlaş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toşkent şahri,
2014-yil 1-iyul

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶