Tumanimizda parrandaçilik va asalariçilik tarmoqlari tobora rivojlanmoqda
Mamlakatimizda parrandaçilik sohasini rivojlantiriş va eksportga möljallangan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş hajmini oşiriş va turlarini kengaytiriş, şuningdek, aholini mahalliy işlab çiqarilgan sifatli va arzon parrandaçilik mahsulotlari bilan taʼminlaş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Parrandaçilikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori uşbu soha rivoji uçun muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanida parrandaçilik sohasi taraqqiyoti, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlaş yuzasidan keng qamrovli işlar qilinmoqda. Tumandagi Boğ mahallasida joylaşgan “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasining bugungi kundagi faoliyati fikrimizning yaqqol dalilidir.
Agrofirma rahbari Erkin Rasulov boşçilgidagi mehnatsevar işçilar tumanda parrandaçilikni yanada rivojlantirişga özlarining hissalarini qöşib kelmoqdalar. “Örta qalʼa çorvadori” agrafirmasi 2019-yilda 150 ming boş parrandaga möljallangan parrandaçilik xöjaligini taşkil etiş loyihasini ilgari surdi. Uşbu loyiha agrofirmaning 3 mlrd. söm öz mablaği hisobidan 2020-yil mart oyida işga tuşirildi. Parrandaçilk xöjaligini taşkil etiş loyihasining amalga oşirilişi orqali 30 ta yangi iş örinlari yaratildi. Loyihani qöllab-quvvatlaş maqsadida tuman hokimligi tomonidan Beş tom mahallasi hududidan yer maydoni ajratilişida amaliy yordam körsatildi. Bugungi kunda parrandaçilik kompleksida “broyler” zotli göştga ixtisoslaştirilgan parranda boqilmoqda. Şuningdek, korxona faoliyatini kengaytiriş maqsadida qiymati 400 mln.söm bölgan göşt saqlaş uçun muzlatkiçli siğimlar taşkil qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda.
Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Parrandaçilikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida parrandaçilikni sohasini yanda rivojlantiriş böyiça qator ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, raqobatbardoş parranda mahsulotlari işlab çiqariş orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda taʼminlaş, eksport salohiyatini oşiriş, ilğor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandaçilik klasterlarini taşkil qiliş, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etiş, sohaga faol investitsiya jalb etiş orqali parranda mahsulotlarini, şu jumladan, parranda çiqindilarini çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli parranda mahsulotlarini işlab çiqariş şular jumlasidandir. Uşbu vazifalarni amalga oşirişda barça imkoniyat hamda şaroitlar yaratilgan.
Şuningdek, mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohalaridan asalariçilikni rivojlantirişga ham keng eʼtibor qaratib kelinmoqda. Asalariçilik tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş, tarmoqda naslçilik işlarini ilmiy asosda taşkil etiş, asalariçilik xöjaliklari faoliyati samaradorligini oşiriş, asal mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi va turlarini yanada köpaytiriş, asalni qayta işlaş böyiça zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, sohaning eksport salohiyatini oşiriş, şuningdek, asalariçilik sohasidagi ilğor tajribalarni respublikamizning barça hududlarida tatbiq etiş borasida izçil işlar olib borilmoqda.
Tadbirkor Erkin Rasulov asalariçilik sohasida ham katta tajribaga ega. “Erkin Rasulov asalçi” fermer xöjaligi bugun asalariçilik tarmoğini rivojlantirişda eng közga köringan xöjaliklardan biriga aylanmoqda. Mazkur fermer xöjaligi 2014-yilda taşkil etilgan bölib, korxona rahbari Erkin Rasulov asalariçilik sohasini puxta egallagan tadbirkor hisoblanadi. U asalariçilik faoliyati bilan 40-yildan uzoqroq şuğullanib keladi hamda sohada köp yillik tajribaga ega.
Aytiş kerakki, 2019-yilda “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasi tomonidan jami 2,4 mlrd.söm, şundan 1,2 mlrd.söm kredit mablağlari hisobidan asalariçilikni rivojlantiriş loyihasi amalga oşirildi. Uşbu mablağlar 200 ta asalari oilalari xarid qilişga yönaltirildi hamda loyiha amalga oşişi orqali yangidan 10 ta doimiy iş örinlari yaratildi.
Qolaversa, 2021-yilda “Erkin Rasulov asalçi” fermer xöjaligining 1,5 mlrd.söm mablağlari hisobiga kasanaçilik usulida asalariçilikni rivojlantiriş loyihasi amalga oşirilib, 118 ta kasanaçilar işga qabul qilindi. Mazkur loyihalarni amalga oşiriş hamda fermer xöjaligi jamoasining samarali mehnati natijasida 2019-yilda 15 tonna, 2020-yilda 33 tonna, 2021-yil I mavsumida 12,5 tonna asal yetiştirişga erişildi.
Şuningdek, xöjalik oğir pandemiya şaroitida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaşga ham öz hissasini qöşdi. Xususan, xöjalik tomonidan pandemiya davrida extiyojland oilalarga jami 30 mln.sömlik xomiylik yordamlari körsatildi.
Kelajakda xöjalik tomonidan asalni qadoqlaş, zarur asbob-uskuna va boşqa anjomlarni işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶